Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja


Uyg‘onish davri falsafasi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix31.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#54544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
2-мавзу маъруза материали

Uyg‘onish davri falsafasi. Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta 

hissa  qo‘shganlardan  biri  nemis  Nikolay  Kuzanskiy  (1401—1464)dir.  Kuzanskiy  ta’limoticha, 

Xudo  hamma  narsalarda  mavjud,  shuningdek,  hamma  narsalar  Xudoda  mavjud.  Eng  oliy 

haqiqatlarni  bilish,  sxolastik  fikrlash  bilan  emas,  balki,  tajriba  asosida  amalga  oshadi.  U  Xudoni 

borliqning  oliy  va  yagona  asosi,  deb  hisoblaydi.  Bu  masalada  Kuzanskiy  shunday  muhim 

kosmologik  fikrlarni  bayon  qiladiki,  hatto  ma’lum  darajada  uni  Kopernik  va  Brunolarning 

o‘tmishdoshi  deb  hisoblash  mumkin.  Ikkinchi  masala  esa  bilish  nazariyasiga  nisbatan  uning 

butunlay yangicha yondashishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan 

g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis faylasuflari tomonidan bayon 

qilingan fikrlarning debochasi edi. 

Falsafa  va  fan  rivojlanishiga  eng  katta  hissa  qushgan  Uig‘onish  davrining 

mutafakkirlaridan  biri  polyak  olimi  Nikolay  Kopernik  (1473—1543)dir.  Ma’lumki,  fan  tarixida 

Kopernik  o‘zining  fanda  tub  o‘zgarish  yasagan  geliotsentrik  ta’limoti  bilan  mashhur  bo‘lgan. 

Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan Kuyosh va yulduzlarning harakatlari aslida 

Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida  kundalik  aylanishidan  va  Quyosh  atrofida  yillik  aylanishidan  iborat. 

Bizning  planetamizning  markazi  Yer  emas  Quyoshdir.  Kopernikning  buyuk  kashfiyoti  dunyoga 

teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning dunyo 

tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanilgan ta’limotiga zarba berdi. Agar Yer olamning markazi 

emas,  balki  Kuyosh  atrofida  aylanuvchi  planetalarning  biri  bo‘lsa,  unda  dunyoni,  koinotni 

maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi ta’limot asossiz bo‘lib 

qolardi. 

Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin