mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

Muammoli vaziyat metodi – mashg‟ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat metod bo‟lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‟li shu bilan birga o‟quv yo‟li hamdir. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida muammoli vaziyat metodidan foydalanish bolalarni fikrlashga, muammoga nisbatan o‟z fikrini bildirishga o‟rgatadi. Albatta bu jarayon tarbiyachi tomonidan unga yo‟naltiruvchi savollarni berish, uning javoblarini ma‟qullash, zarur o‟rinlarda javoblarni bola bilan birgalikda to‟g‟rilash asosida amalga oshiriladi. Bu metoddan estetik tarbiyani tashkil qilish chog‟ida faol, maqsadli foydalanish tarbiyalanuvchilarni nafaqat fikrlashga o‟rgatadi, balki ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, dunyoqarashini boyitadi.
Mazkur metodlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda go‟zallikni sevish, uni asrash, inson mehnatini qadrlash, mehnat qilishga rag‟batli bo‟lish, badiiy-estetik faoliyatni tashkil qilish ko‟nikmalari shakllanadi.
IV. Estetik tarbiya vositalari. Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko‟p jihatdan estetik kamolotiga ta‟sir o‟tkazishda foydalaniladigan vositalarga ham bog‟liq.
Estetik tarbiya vositalari – maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik ta’lim va tarbiya “jarayonining ta’sirchanligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan moddiy buyumlar, narsalar, ma’naviy omillar, faoliyat (o’yin, o’qish, mehnat, muloqot), hissiy yondashuv ko’rinishidir”.
Binobarin, estetik tarbiya aynan estetik tarbiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan vositalar yordami va ta‟sirida tashkil etiladi. Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash jarayoniga bevosita samarali ta‟sir ko‟rsatadigan vositalar quyidagilardan iborat (5-rasm):

Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma‟lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o‟rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim vositadir. Turmush estetikasi o‟zida ko‟plab detallarni qamrab oladi.
Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go‟zalligini tahlil etib borishga o‟rgatish lozim: “Seni ko‟ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o‟ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko‟proq qaysi rangdagi parda to‟g‟ri tushadi: ko‟kmi yoki yashil?”. Mazkur holatda bolaning aynan javobining o‟zi muhim emas, asosiysi uning e‟tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go‟zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani hosil qilishga erishishdir.
Mashg‟ulotlar jarayonida bolalarning e‟tiboriga estetik jihatdan ko‟rimli, chiroyli uy-ro‟zg‟or buyumlarini havola qilish mumkin:


Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin