mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

Ivan Ivanovich Shishkin
Javdarzor” (1878 yil)
// https:// ru.wikipedia.org/wiki/ Рожь_(картина_Шишкина)

Ivan Ivanovich Shishkin
Qayinzordagi jilg’a” (1883 yil)
// https://school-ethiopia.ru/baza-sochinenij/mojlyubimyj-hudozhnik-shishkin.html

Mashg‟ulotlarda, shuningdek, bolalarni o‟zbek rassomlari tomonidan ishlangan tabiat mavzusidagi tasviriy san‟at asarlari bilan ham tanishtirish ularda estetik didni tarbiyalash bilan birga rassomlik san‟atiga bo‟lgan qiziqishni ham uyg‟otadi.

Ortiqali Qozoqov Ortiqali Qozoqov
“Gullayotgan daraxt” (2OO6 yil) “Kuz” (1985 yil)
// http://ortikali-kozokov.narod.ru/pey.html // http://ortikali-kozokov.narod.ru/pey.html
Mashg‟ulotlarda tabiat haqida she‟r va qo‟shiqlarni tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda o‟rganish ham ularning tabiatga bo‟lgan muhabbatini oshiradi.
Masalan: Abdulla Pulatovyning “Quyosh” she‟rida ana shu jihat yorqin aks etgan:
Quyosh buncha shoshasan, Bulutlardan oshasan.
Botmay tursang bo‟lmasmi?
Yoki onang ko‟nmasmi? Shoshma, bir oz, botmay tur, “Yotog‟inga‟ ketmay tur! Botmay tursang, juda soz, O‟ynab olaman biroz. So‟ngra mayli botsang ham,
Yotog‟inga ketsang ham!
Yoki Abdulla Po‟latovning yana bir “Qish zavqi” deb nomlangan she‟rida ha m bolalarning o‟yinlari orqali ularni tabiat hodisalari bilan tanishtirish orqali esteti k didini o‟stirishga erishish mumkin. Tiniq suv shildir-shildir, Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir, Qish fasli qor yoqqanda. Qor ustidan chanalar,
G‟iz-g‟iz uchar o‟q kabi.
Chunki o‟ynab bolalar,
Qizib ketar cho‟g‟ kabi.
Ba‟zan qor bo‟ron o‟ynab, Quvlashib qor otamiz. Qorqiz, qorbobo yasab, Qish zavqini totamiz! Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‟lib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go‟zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg‟ular va xayollarda saqlangan go‟zalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rangbarangligiga, uning o‟zgarishi va uyg‟unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‟otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrabavaylashga o‟rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‟rib, atrofdagi go‟zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir vositasi sifatida mehnat yuzaga chiqadi.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari yer maydonchasi va tabiat burchagidagi o‟simlik va hayvonlarni kuzatish hamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to‟g‟ri munosabatni, go‟zallik yaratish xohishini shakllantiradi hamda qizg‟in faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o‟z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik huzur bag‟ishlaydi. Dala va bog‟larga sayrga borganda tabiatning go‟zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benihoya zavqlanishadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at (musiqa: qo‟shiqchilik, raqs; tasviriy san‟at: chizish, yasash, applikatsiya) muhim o‟rin egallaydi. San‟at – ijtimoiy ong va faoliyatning o‟ziga xos shakli bo‟lib, tevarak-atrof va borliqni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir.
Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida sanat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o‟z ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat a‟zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did-farosat va talab-ehtiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag‟batlantirishga olib keladi.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san‟atning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan, musiqa: qo‟shiqchilik, raqs; tasviriy san‟at: chizish, yasash, applikatsiyadan foydalaniladi.



Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin