“Gullagan daraxt” (Ruxshona, 7 yosh,
Namangan viloyati)
“Aylanadan yasalgan daraxt” // https://mishka-knizhka.
ru/poznavajka-dlja-detej-4-6let/podelki-dlja-detej-4-6let/applikacii-dlja-detej-4-6-let/
“Shovullayotgan oltin boshoqlar” //https://www.maam.
ru/detskijsad/konspekt-nod-
master-klas-po-aplikaci-shumjatkolosja-zolotye.html
Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri qo’g’irchoq teatridir. Qo‟g‟irchoq teatri dunyoning ko‟plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma‟lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo‟g‟irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o‟ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo‟g‟irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, ob‟ektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Zero, qo‟g‟irchoq teatri vositasida bolaning atrofmuhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu hodisalarni tushunish, go‟zallikni ko‟ra bilish va his etishga ma‟suliyat xissi oshadi.
Qo‟g‟irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nihoyatda kuchli ta‟sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo‟shqinligi va qo‟g‟irchoqligi, shuningdek, badiiy so‟z, musiqa, qo‟shiq, raqs, tasviriy san‟at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko‟z o‟ngida yaqqol namoyon bo‟lishidir.