Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119006
1   2
Dars ishlanma

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

1- sinfda o'rganilgan materiallarni takrorlash, ya'ni 100 soni ichidagi misol va masalalar yechish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

2-sinf «Matematika» darsligi bilan tanishtirish.
1,2- misol, masalalarni lushuntirib yechish.
3- masala. Rasm asosida masala tuzib, uni yechish.
Dam olish daqiqasini o'tkazish.
4-misolni yechish.

Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich. Yangi mav- zuni mustahkamlash

«O'yla, izla, top!» o'yinini o'tka­zish.
5-misol. Geometrik shakllar haqida topshiriq.

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uyga vazifa

Darslikdagi 6,7-misollar uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut



Darsning borishi:
1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi. 3-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
1-sinfda nimalar o'rganilganligi, endi 2-sinfda nimalar o'tilishi, 2-sinf «Matematika» darsligi bilan (muqovasi, mualliflari, undagi shartli belgilar, 3-betdagi rasm) va u bilan qanday ishlash kerakligi yuzasidan o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi.
1-misolni yechish (og'zaki).
1) 10, 12, 14, 16, 18, 20 sonlaridan bitta oldin kelagan sonlar quyidagilar: 9, 11. 13. 15. 17, 19;
2) 11, 13, 15, 17, 19 sonlaridan bitta keyin kelgan qo'shni sonlar quyidagilar: 10. 12, 14, 16, 18,20.
2-masalani yechish (yozma). Masulaning qisqachu yozuvi: Bizning mahallada — 60 nafar kishi Qo'shni mahallada — ?, 30 nafar ortiq. Yechish: 60+30=90 nafar kishi
Javob: Qo'shni mahallada 90 nafar kishi bor.
3-masalani yechish (yozma).
Rasm asosida berilgan masulaning qisqacha yozuvi:
Qiz bolalar do'ppisi — 6 ta
O'g'il bolalar do'ppisi - ?, 4 ta ortiq.

Yechish: 6+4=10 ta Javob: O'g'il bolalar do'ppisi 10 ta. Dam olish daqiqasi o 'tkaziladi. 4-misolni yechish (yozma):


20+20=40 80-0=40 50+10=60 60+40=100 40-10=30 30+20=50 70-20=50 90-50=40
4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash:
« O'yla, izla, top!» o'yini o'tkaziladi (sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linadi).

Yechilishi: 60 bilan 40 ning yig'indisi 100, 100 bilan 50 ning ayirmasi 50. 50 bilan 27 ning yig'inidsi 77, 77 bilan 70 ning ayirmasi 7 ga teng.


5-misol (og'zaki). Hamma shakllar bir so'z bilan qanday nomlanadi?

Yechilishi: 1-shakl - kvadrat. 2-shakl - to'g'ri to'rtburchak, 3-shakl uchburchak, 4-shakl - to'rtburchak. Bu shakllar bir so'z bilan geometrik shakllar deb nomlanadi.


5-bosqich. Baholash.
O'quvchilar darsdagi faolligiga qarab, 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
6-bosqich. Uyga vazifa: 6, 7- misol.
U larni yechish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi. 6-misol. Har qaysi berilgan sonlardan oldin kelgan va keyin kelgan sonlarni topib yozish.

Yechilishi:


1) 29 sonining oldi qo'shnisi 28, orqa qo'shnisi 30 bo'ladi.
2) 60 sonining oldi qo'shnisi 59, orqa qo'shnisi 61 bo'ladi.
3) 99 sonining oldi qo'shnisi 98. orqa qo'shnisi 100 bo'ladi.
Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin