Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish. 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masa­lalarni yechish,yog`indi va qoldiqni topishga doir soda misollar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/43
tarix30.11.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#71372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
2 sinf matematika konspekt

Dam olish daqiqasini o'tkazish. (Matematika darsligining o'quvchilarga bergan maslahatini yodga olinadi):
Mening ishim hisob-kitob,
Hamda berish nur-u, oftob.
Bolmay qolsam agar bir kun,
Dunyo bo 'lar zim-ziyo tun.
4-misol. 1-kesma ikkinchi kesmadan qancha qisqa? 2-kesma 1- kesmadan qancha uzun ekanligini chizg'ich yordamida aniqlash o'rgatiladi.
5-masala rasm asosida tuzilib,yechiladi.
Bor edi – 18 kg anjir Yechish : 18 – 10 = 8 kg
Sotildi - 10 kg anjir Javob : 18 kg anjir sotilmay qoldi.
Qoldi - ? kg
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Kartochkalar yordamida og'zaki savol-javob o'tkazish

50+40=? 80-50=? 26+4=? 28-20=?


V.Baholash. O'quvchilarning reyting ballari izohlanib, e'lon qilinadi.


VI.Uyga vazifa: 6-7-misol.


MRO`TIBO`____________________
Sana
Mavzu: 57+32, 57-32 ko'rinishdagi misollarni yechish. Qiymati bir xil bo'lgan misollarni topish
Maqsad
Ta`limiy: a) o'quvchilarni o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini qiziqzarli o'yinlar, yordamida boyitib borish;57+32, 57-32 ko'rinishidagi misollarni yechish usullari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yana borish; b) matematika fani orqali hayotni to'g'ri tasavvur eta olish malakasini o'stirish.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivoilantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob, didaktik o'yinlar.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida testlar yozilgan kartochka.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasini tekshirish: 6-7-misol.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi testdan foydalanish.
1) Qaysi sonlar tushib qolgan?
20, 30, 40, 50, 70, 80, 90, 100.
a) 20 b) 60 d) 70

  1. 60 bilan 40 sonlarining yig'indisini toping, a) 100 b)90 d)80

  2. 90 bilan 50 sonlarining ayirmasini toping, a) 60 b) 40 d) 30

III.Yangi mavzu bayoni. 1-misol. 57+32= ko'rinishidagi misollarning yechilishi bilan tanishtirish.
57+32= 57-32 =
50+30=80 50-30=20
7+2=9 7- 2= 5
80+9=89 20+ 5=25
2-masala
Qiz bola-37 nafar Yechish :37+22=59 nafar Javob: Qo’shiqlar
O`g`il bola - 22 nafar tanlovida 59 nafar bolalar qatnashgan
Qo’shiqlar tanlovida necha nafar bolalar qatnashgan ?
3-misol. Rasmda tasvirlangan har bir shaklning nomini ayttirish, nechta tomoni borligini topishga o'rgatish.

1-kvadrat; 2 -uchburchak; 3 -to'g'ri to'rtburchak; 4 -oltiburchak; 5-beshburchak.
4-masala . Yechish.
Bor edi -47 l benzin.
Sarflandi - 32 l benzin. Yechish: 47-32=15 l benzin.
Qoldi - ? l b enzin. Javob: Mashinida 5 litr benzin qolgan.
5- misol. Jadvaldan javobi bir xil bo'lgan misollarni bir xil belgilar bilan belgilashgao'rgatish.



47-22

20+20

44+15

60+40

83+17

38-30

68-43

58-50

90-50

67+3

37+22

38+32

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: «Qaysi sonlar tushib qolgan?» o'yinidan foydalanish.


V.Baholash.O'quvchilarning bilimini baholash va darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa: 6,7-misol. Uni qanday bajarish kerakli tushuntirib berish.


MRO`TIBO`____________________
Sana.
Mavzu: 96-44 ko'rinishidagi misollarni yechish. Misollarning yechilishini taqqoslab, qulay usulini toptirish Maqsad
Ta'limiy: a) o'quvchilarning o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini didaktik o'yinlar yordamida boyitib borish;b) ayirishning qulay usullarini tanlashga o'rgatish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihallik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Metod: intefaol metodidan foydalanish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, gullar maketi.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

10

14

15

5

1

I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasini tekshirish. 6,7- misol. «Topgan topaloq» o' y i nidan foydalanish. O'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Magnit doskaga bir necha gul va uning barglari tasvirlangan rasmlar yopishtirilgan bo'ladi.
Gullardagi misollarning javobini barglardan izlab topib, olib kelib qo'yishlari kerak bo'ladi. Bu o'yinda o'quvchilar misollarning javobii topish bilan birga, qaysi barg qaysi gulga tegishli ekanligini ham bilib oladilar. Gullardan tashqari mevalar, sabzavotlar tasviri bilan ham xuddi shunday o'yin o'tkazish mumkin.
Dam olish daqiqasini o'tkazish (qo'shiq kuylanadi).
Chittiy gul
Chittiy gul-o, chittiy gul, Etagingga gul bosay.
Qo'ling qo'lbog'da bo'lsin, Beling belbog'da bo'lsin.
Hay-yu chittiy gul, Hay-yu chittiy gul,
Hay-yu chittiy gul. Hay-yu chittiy gul.
III.Yangi mavzu bayoni:1 -misol. 96 - 44 = misolning yechilishini ikki usuli bilan tanishtirisli
96-44 = yoki 96-44 =
90-40 = 50 96-40=56
6-4 = 2 56- 4 = 52
50+ 2 = 52 96-44 = 52
96-44 = 52
Misolni yechishda o'nliklardan o'nliklar, birliklardan birlildarni ayirib yechiladi. Qaysi usul qulay ekanligini bilish uchun o'quvchilar fikrini aniqlaslash.
2-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarib yechish
Anorli yashik - 12 kg. Yechish:12-2=10 kg
Uzumli yashik - ?, 2 kg yengil. Javob:Uzumli yashik 10 kg.
3-misolni yechish.
87-34 = 53 90-50 = 40 98 - 64 = 34 29-13 = 16
58-32 = 26 46-24 = 22 38-12 = 26 70-30 = 40
4 – misol .Berilgan sonlardan oidin va keyin kelgan sonlarni yozing.
28 , 29 , 30 59 , 60 , 61 98 , 99 , 100
5-masalani og'zaki yechish.
Qo’g’irchoqlar- 9ta O’yinchoq nechta kam? mashinalar necht ortiq ?
Mashinala - 10 ta Y: 10-9=1 ta 1)qo’g’irchoqlar mashinadan1ta kam
2) mashinalar qo’girchoqdan 1ta ortiq
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Guruhlarda ishlash.
V. Baholash.O`quvchilarning bilimini baholab, rag'batlantirish.
VI.Uygavazifa: 6, 7-misol. MRO`TIBO`____________________

Sana
Mavzu: Qo'shishni tekshirish. O'rganilgan turdagi misol va masalalar


Maqsad
Ta`limiy:a) o'quvchilaming o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini o`yinlar yordamida boyitib borish; Qo`shishni tekshirish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: matematika faniga bo'lgan qiziqishini yana oshirib borish; matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilan mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Metodlar:Jamoa va kichik guruhlar bilan va har bir o'quvchi bilan ishlash.
Jihoz:Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, gullar rasmi, jadval.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash: O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Chaqqon bilimdonlar» didaktik o'yinidan foydalanish.
O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. Doskaning ikki tomoniga ikki ustun misol yozilgan bo'ladi. Ikki o'quvchi doskaga chiqarilib,o`ng tomondagi misollarning javobini bir o'quvchi, chap tomonda yozib qo`yilgan misollarning javobini ikkinchi o'quvchi topib, yozishi kerak.
Kim birinchi bo'lib misollarning javobini yechib bo'lsa, o'sha o'quvchi g`olib deb hisoblanadi. Misollarning javobini topishga qiynalgan o`quvchilarga sinfdagi o'rtoqlari yordam berishi murnkin. Agar sinfda o`tirgan o'quvchilardan misolni birinchi bo'lib bajarsa, o'sha o`quvchini baholab rag'batlantiriladi. Bunday o'yinlar o'quvchilarni chaqqonlikka, hozirjavoblikka, topqir bo'lishga chorlaydi.
III. Yangi mavzu bayoni.1-misol I ushuntirib, yechiladi

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin