Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish. 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masa­lalarni yechish,yog`indi va qoldiqni topishga doir soda misollar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə5/43
tarix30.11.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#71372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
2 sinf matematika konspekt

Xoh yerda, xoh osmonda,
Xizmatga shay biz chiziq.
Qo'llang faqat keragin,
To 'g 'ri, egri yo siniq.
V. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab, rag'batlantirish.
VI.Uyga vazifa: 6- masala ,7-misol.
MRO`TIBO`____________________

Sana :
Mavzu: Nazorat ishi . № 1


Darsning maqsadlari
Ta'limiy: O`quvchilat bilimini tekshirish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yana orttirib borish;
Rivojlantiruvchi: mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Metod: Evristik, muammoli izlanish metodlaridan foydalanish.



Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

Tashkiliy qism.
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilarning yozma ish daftarlari tarqatiladi . Bugungi mavzu 2- nazorat ishi ekanligi o`quvchilarga e`lon qilinadi .
Nazorat ishi testning bayoni.
1. 17 sonining oldi qo'shni sonini belgilang.
A) 16; B) 18; D) 15.
2. 18 sonining orqa qo'shni sonini belgilang.
A) 19; B) 17; D) 16.
3. 17 va 19 sonlar o'rtasidajoylashgan sonni belgilang.
A) 16; B)20; D) 18.
4. 99 dan keyin keladigan qo'shni sonni belgilang.
A) 100; B) 98; D) 97.
5. 60 bilan 40 ning yig'indisini belgilang.
A) 100; B)90; D) 64.
6. 90 bilan 50 ning ayirmasini belgilang.
A) 30; B) 40; D) 20.
7. 67 bilan 3 ning yig'indisini belgilang.
A) 7; B) 76; D) 60.
8. 38 bilan 30 ning ayirmasini belgilang.
A) 68; B) 8; D) 9.
9. 57 bilan 32 ning ayirmasini belgilang.
A) 89; B) 79; D) 25.
10. Javobi 89 ga teng bo'lgan misolni belgilang.
A) 57+32 B) 48+21 D)79-20.
11. To'g'ri yechilgan misolni belgilang.
A) 69-44=23 B) 96-44=42 D) 28+20=58 12. To'rtta tomoni bir-biriga teng bo'lgan shakl nima deb ataladi?
A) kvadtrat B) uchburchak D) kesma
Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilatni baholab, rag'batlantirish. O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi.
Uyga vazifa:Turli matematik figuralardan ( shakllardan ) narsalar yasash .
MRO’TIBO’ ____________________________
Sana
Mavzu: O'tilganlarni mustahkamlash
Maqsad
Ta'limiy: o'quvchilarning to'g'ri va to'g'rimas burchaklar yuzasidan egallagan bilimlarini boyitib borish;
Tarbiyaviy: muammolarni ahillik, birodarlik, hamkorlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni bilimdon, ziyrak bo'lishga, hayotdagi har bir narsani qadrlashga, unga mehr bilan yondashishga o'rgatish, muammoli vaziyatdan chiqish uchun ko'proq o'z ustida izlanish qobiliyatini rivojlantirish
Metod: aqliy hujum, kommunikatsion metoddan foydalanish..
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, geometrik shakllar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V




Davomiyligi

3

15

15

7

5




I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash:«Darchani to'ldir» o'yinini o'tkazish.
□ □ + 7 = 70 57 + □ □= 89 □ □-44 = 50
□ □-9 = 30 57-□ □= 25 □ □-40 = 50
1-masala. Jadval asosida masala tuzib, uni yechish.

ertalab-12kg ? kg
30 kg tushda-14kg
Yechish: 1) 12+14= 26 kg ishlatilgan un
2) 30-26=4 kg qolgan un Javob: Qopda 4 kg un qolgan.
2-misolni namuna bo'yicha bajarish. 53 = 50 + 3
76 = 70 + 6 44 = 40 + 4 39 = 30 + 9
96 = 90 + 6 28=20 + 8 67 = 60 + 7
3-misol. Siniq chiziqning har bir bo'g'inining uzunligini aniqlab, ularning uzunliklari yig'indisini topishga o'rgatish
O`quvchilar daftarlariga darslikda berilgan siniq chiziqni chizadilar.
Siniq chiziqda necgta bog`in borligini aniqlaydilar.
Barcha bo`g`in uzunliklarini yig`indisini topadilar.
4-misol) 4,5,9raqamlari yordamida 9ta sonni yozish mumkin:44,45,49,54,55,59,94,95,99
2) 3,7,8 raqamlari yordamida hosil qilish nunkin bo`lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.
37,38,33,73,83,77,88,78,87.
III.Yangi mavzuni mustahkamlash: O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi, har bir o'quvchiga quyidagi tartibda tayyorlangan kartochka tarqatiladi. Kim birinchi bo'lib topsa, o'sha o'quvchi g'olib deb rag' batlantiriladi.
Bo'sh darchalarga son topib qo'yilganda eniga 18, 24, 22, 20 hosil bo'lishi kerak, bo'yiga hisoblab chiqilganda esa26, 23, 19, 16 hosil bo'lishi kerak.
5-misolni ham o`yin tariqasida bajarsa bo`ladi.Buning uchun chizmalarni kattalashtirilgan nushasini doskaga ilib qo`yiladi.sinf ikki guruhga bo`linadi chizmadagi misollar doskaga yozilib ,
yechiladi .Birinchi bajarib bo`lgan guruh g`olib deb topiladi.


VI.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash va rag'batlantirish
V.Uyga vazifa: 8-masala,9-misol. MRO`TIBO`____________________

Sana
Mavzu: 18 ichida bir xonali sonlarni o'nlik orqali o'tib qo'shish. Sodda va tarkibli misol va masalalar yechish


Maqsad
Ta'limiy: 18 ichida bir xonali sonlarni o'nlik orqali o'tib qo'shish haqida bilim berish, bo'laklab qo'shish usuli.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga boigan qiziqishini yanada orttirib borish;
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni bilimdon, zukko bo'lishga, hayotdagi har bir narsani qadrlashga, unga mehr bilan yondashishga o'rgatish.
Metod: Evristik, muammoli izlanish metodidan foydalanish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash:testdan foydalanish.

  1. 57 bilan 3 ning yig'indisini belgilang. a) 59 b) 60 d) 61

  2. 47 bilan 7 ning ayirmasini belgilang. a) 40 b)54 d)

III.Yangi mavzu bayoni. 1-misol. 10 sonini hosil qilish uchun darchalar ichiga qaysi sonlarni qo'yish kerak.

9 + 2= Agar 9 ga 2 ni qo'shish kerak bo'lsa, sonni bo'laklab qo'shiladi. Bu quyidagicha bajariladi:



  1. Avval 10 sonini hosil qilish uchun qancha kerak boisa, shuncha qo'shiladi: 9+1=10

  2. 2 — bu 1 + 1 ekanligi eslatiladi. 9 ga 1 qo'shildi, 10 hosil bo'ldi, yana 1 ni qo'shish kerak. 10+1=11 bo'ladi.

Demak:
9 + 2 = 11 yoki 9 + 2 =
9+1 + 1 = 11
2-masalani yechish (yozma).
Bor edi - 9 ta yong' oq \ Yechish: 9+2=11 ta Javob: Dilshodda 11 ta yong'oq bo'ldi.
Berdi-2tayong'oq
Yong’oqlar nechta bo’ldi - ?
3-misoIni yechish (yozma).
34+20=54 40-20=20 54+30=84
28+12=40 60-40=20 60-20=40
42+25=67 30-10=20 46+14=60
4-masala. Qisqa yozuv bo'yicha masala tuzib, uni yechish.
l) Ertak kitoblar-9ta 2) Ertak kitoblar - 9 ta
She'riy kitoblar - 2 ta She'riy kitoblar - ?, 2 ta ortiq
Yechish: 9+2=11 ta kitob Yechish:1) 9+2=11 ta 2) 9+11=20 ta
Javob: Hamma kitoblar 11 ta. Javob: Hamma kitoblar 20 ta.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Boshqotirma.O 'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. Buning uchun hamma o'quvchilarga quyidagi ko'rinishdagi kartochka tarqatiladi. Uni qan-day bajarish kerakligi tushuntiriladi. Uning bir tomonidagi cho'ntak-cliaga (konvertga) yozilgan misolning javobi yon tomonidagi doirachada yozilgan bo'ladi. Masalan: 60 ilan 30 ning yig'indisi o'zining qatoridagi to'rtinchi doirachada berilgan bo'ladi. Shuning uchun o'quvchi kartochkaning birinchi qatordagi to'rtinchi katakni bo'yaydi.
V.Baholash. O'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyga vazifa: 7-masala, 8-misol MRO`TIBO`____________________
Sana.
Mavzu: 9+2,9+3, 8+3 ko'rinishidagi misollarni yechish. O'rganilgan turdagi misol va masalalarni yechish
Maqsad
Ta'limiy: 9+2,9+3, 8+3 ko'rinishidagi misollarni yechish usuli bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish;
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Metod: Evristik, muammoli izlanish metodlardan foydalanish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.Uy vazifasini tekshirish. 7-masala, 8-misol. Matematik diktant.

  1. 74 bilan 26 ning yig'indisini toping. Javob: 100;

  2. 36 bilan 30 ning ayirmasini toping. Javob: 6;

  3. 96 bilan 44 ning ayirmasini toping. Javob: 52;


  4. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin