Mavzu 13: Ikkilamchi zaxm. Yashirin zaxm. Zaxmga duchor bo'lgan be'morlarni davolash asoslari, dispanserizatsiyasi. Kasallarni faol aniqlash va serologik nazorat



Yüklə 372,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix19.06.2023
ölçüsü372,64 Kb.
#132395
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ikkilamchi zaxm (1)

Atipik shankrlar. 
Atipik shankrlar keyingi vaktda kam uchraydi, lekin uziga xos kechishi bilan 
kasallikni aniklashda ancha kiyinchiliklar tugdiradi. Shuning uchun kattik 
shankrning bu formalarini bilish xamma vrachlar uchun zarurdir. 


23 
Atipik shankrlarga: a) indurativ shish, b) shankr panaritsiy, v) bodomcha 
bezlaridagi shankr (shankr amigdalit) va K.R.Astvatsaturov turtinchi kilib, g) 
fungozli shankrni kushadi. 
Indurativ shish – kupincha ayollarda katta-kichik jinsiy lablarda, erkaklarda esa 
preautsial xoltacha va mashonkada kattik shankr joylashganda buladi. Bunda 
shikastlangan organ kattik, zich bulib, razmeri 2-4 marta kattalashadi. 
Jaroxatlangan joyda teri rangi tuk-kizil, kukimtir buladi. Boshka shishlardan farkli 
indurativ shishda jaroxatlangan joy barmok bilan bosilsa, chukurcha kolmaydi. 
Jaroxat uzok vakt davom etishi mumkin, ba'zan indurativ shish kattik shankrsiz 
bulishi mumkin. 
Shankr amigdalit – asosan buzuk ayol va erkaklarda norasmiy jinsiy aloka kilganda 
uchraydi. Bunda spiroxeta tugridan –tugri bodomcha bezlarini jaroxatlaydi. 
Shankr amigdalit uch xil formada uchrashi mumkin – eroziyasimon, yarasimon va 
anginasimon. Eroziya va yarasimon formalarida bodomcha bezida oval shaklidagi 
kichkina chimchalok tirnogicha keladigan eroziya yoki yara xosil buladi. Ularning 
chekkalari tekis, tubi esasi sillik buladi: xullas terida uchraydigan eroziyali yoki 
yarasimon kattik shankrni eslatadi. Anginasimon formasida diagnoz kuyish kiyin 
bulib, vrachlarni kupincha adashishga olib keladi. Bunga oddiy anginadan fark 
kilib, kasalda istima uncha yukori chikmaydi, ogrik kuchli bulmaydi. 
Asosan bodom bezi bir tomonlama jaroxatlanib, kattik buladi. Jag osti va buyin 
limfa tugunlari kattalashadi. Oddiy anginadan fark kilib, shankr amigdalitda 
yiringli probka bulmaydi. 
Xasmol – shankr. Kattik shankrning bu formasi kuprok vrachlarda (xirurg, lor, 
stomatolog, laborant, patonatom) uchraydi, xamda kul barmoklarning tirnok 
atroflarida joylashadi. 
(Bizning praktikada uchragan kasallardan misollar) 


24 
Panaritsiyasimon – shankrda xam uch xil forma eroziyali, yarasimon va 
xalkasimon bulishi mumkin. Kasallik boshlanishida jaroxatlangan joyda eroziya 
yoki yazva xosil bulib, shu vaktning uzida jaroxatlangan joy zichlashib – 
kattiklashadi. Panja shishib, kattalashadi va kattik buladi. Jaroxatlangan joy terisi 
kukimtir – tuk kizil rangda buladi. 
Shu vaktda kultik osti va tirsak bezlari kattalashadi. Xasmol shankr asosan ogrik 
bilan kechadi, shuning uchun oddiy xasmoldan fark kilish kiyinrok. 
Oddiy xasmoldan bemorda istima chikadi, ogrik kuchli buladi, limfa bezlari 
kupincha kattalashmaydi va yara yuzasida ulgan tukimalar buladi. Xasmol – 
shankr kuprok vrachlarda uchragani uchun, kasallik boshlanishida, oddiy xasmol 
kabi davolanadi va kupincha kasallik ikkilamchi zaxm davrida aniklanadi 
(misollar). 
Fungozli shankr – bu boshlanishda xuddi xasmol-shankr kabi bulib, keyinchalik 
yara yoki eroziya yuzasida gushtsimon usimtalar paydo bulib, shankr karamni 
eslatadi. Astvatsaturov bu turni ajratib, aloxida fungozli shankr deb atadi. 
Kattik shankrning asoratlari 
Kattik shankr asoratlariga kuyidagilar kiradi: balonit, aostit, balanopastit, fimoz, 
parafimoz, kattik shankr gangrenasi va fagadenizatsiyasi. 
Birlamchi sifiloma jinsiy olatning (zakar) bosh kismida joylashsa, ikkilamchi 
infektsiya tasirida shankr atrofi kizarib, shish va eroziya paydo buladi. Bu xolat 
bolonit buladi. Keyin yalliglanish kertmakning – preputsional xaltachaning ichki 
kavatiga utish natijasida – pastit xosil buladi. Kup vakt bolonit bilan pastit bir 
vaktda uchragani uchun – balapopastit deyiladi. 
Kertmagi uzun va tor buladigan kasallarda kattik shankrning fimoz yoki parafimoz 
kurinishidagi asorati kuzatiladi. 


25 
Fimozda – kertmak shishib ketganligi uchun zakar boshchasini ochib bulmaydi, 
yara zakar boshchasida yoki preputsial xaltachaning ikki varagida joylashgan 
bulsa, uni xam kurib bulmaydi. 
Shishib turgan preputsial xaltacha paypaslab kurilganda, shishgan tukima 
ichkarisida bezillab turadigan kichkina infiltratni topish mumkin. 
Parafimozda – zakar boshchasi ochik turgan xolda preputsial xaltacha yalliglanib, 
shishib ketadi va kertmak boshchani sikib koladi. Parafimoz ba'zan zakar 
boshchasining irib ketishiga olib kelish mumkin. Parafimoz boshlangudek bulsa
zakar boshchasini darxol urniga kiritib uyish kerak. 
Kattik shankr gangrenasi kuprok xar xil surunkali infektsion kasallar bilan ogrigan 
bemorlarda, alkogoliklarda, diabet va kariyalarda uchraydi. Birlamchi sifiloma 
yuzida kora-sargish rangli chirik xosil buladi, bu chirik irigan tukimalardan iborat 
bulib, atrofidagi sog teridan anik ajralib turadi. Pustlog tushib ketgandan keyin 
chukur yara xosil buladi va juda sekin bitadi. Gangrenali shankr odatda kasalning 
umumiy xolatidagi uzgarishlar bosh ogrigi, istima chikish bilan birga uchraydi. 
Fagadenizmda – gangrena kabi tukimalarda irish bulib, bu protsess tuxtamaydi, 
aksincha, ichkariga va sirtga karab tarkalib boradi. Tukimalar dorsimon 
tepalargacha anchagina yemirilishi mumkin. 
Kattik shankrning dif. diagnostikasi. 
Birlamchi zaxm diagnozi kuyish uchun kattik shankrni unga uxshagan bir kancha 
kasalliklardan ajrata bilish kerak:
Bular: pufakchali gerpes, yumshok shankr, kutir ektimasi, eroziv balanopostit, rak 
yarasi, tuberkulez yarasi, Chapina – Lipщittsaning vulvaning utkir yarasi, 
shankrsimon piodermiya, gonoreya, trixomoniaz eroziya va yarasi, Borovskiy 
yarasi, mondor kasalligi va boshkalar. 


26 
Pufakchali temiratkida – jinsiy olatda tup-tup pufakchalar paydo bulib, ular 
politsiknik shaklidagi eroziyalar xosil kiladi. Eroziyalar chegarasi sillik bulmaydi, 
ushlab kurganda kattik infiltrat yuk, chov bezlari kattalashmagan. 
Kutir ektimasi – kutir kasalligida kashlash natijasida yiring bulib, utkir yalliglanish 
bilan kechadigan yara paydo buladi. 
Kattik shankrda fark kilib utkir belgilari buladi. Yara atrofida zichlanish bulmaydi, 
limfadenit yuk. 
Yumshok shankr – yaralar kup, juda katta-kichik buladi. Yumshok shankr yaralari 
ogriydi, shakli notugri, chetlari yulingan, tubi notekis, yiringli suyuklik bilan 
koplangan, tubining asosi yumshok buladi. Regionar limfa tugunlari bezillab 
turadi, bir-biri va atrofdagi tukimalar bilan kushilib ketgan buladi. Ularning 
ustidagi teri kizil, issik bulib, shishib ketadi. Limfa tugunlari kupincha yiringlaydi. 
Yashirin davri 3-4 kun. Chakiruvchisi Dyukrey Unna – Petersonning 
streptobatsillasi 
Eroziya balantopastik – zakar boshi va kertmakda notugri shaklli, katta-kichik bir 
toloy eroziyalar bulish bilan xarakterlanadi. Ularning asosida infiltrat va atrofida 
utkir yalliglanish xodisalari bulmaydi. Regionar limfa tugunlari kattalashmaydi. 
Rak yarasi – asosan 50 yoshdan keyin uchrab, sekinlik bilan rivojlanadi. Kattik 
shankrdan fark kilib yara chekkalari kattik, kingir-kiyshik, sog teridan yukorida 
buladi. Tubi esa notekis bulib, konab turadi, ushlab kurganda ogriydi.
Regionar limfa bezlar vakt utganda kattalashadi (bir necha oydan keyin), 
yogochsimon kattik, ogrik buladi, xamda bir-biri va teri bilan birlashadi. 
Tuberkulez yarasi – yumshok bulib, chekkalar kingir-kiyshik, notekis, tubi xam 
notekis bulib, osongina konaydi, xamda suyuk yiring bilan koplangan buladi. Yara 
ogrishi xamda juda sekin kechishi bilan ajralib turadi. Yara atrofida tuberkulez 


27 
belgilarga xos dumbokchalar buladi. Laboratoriyada tekshirishgandan yazvadan 
olingan materialda Kox batsillasi topiladi. 
Chapina-Lyupshitsani vulvaning utkir yarasi – asosan kizlarda va tugmadan 
ayollarda uchraydi. Chakiruvchisi jinsiy organlarda kup mikdordagi, mayda, ogrik 
bilan kechadigan, chekkalari yemirilgan, notugri shakldagi yaralar paydo buladi. 
Yara yumshok buladi. Kasallik asosan bemorning umumiy xolatini buzilishi, 
istima chikishi, sovkotish, darmon kurish bilan birga buladi. 
Shankrsimon piodermiya – klinikasi tomonidan kattik shankrdan ajratish kiyin. 
Shuning uchun kasalni bolnitsaga yotkizb, kun ora yaradan ok spiroxetaga analiz, 
xar bosh kunda vasserman reaktsiyasiga kon olinadi.
Kasal 6 oygacha dispanserda uchyotda turadi.
Gonoreya va trixomoniaz eroziya va yarasi. Kupincha gonoreya va trixomoniaz 
bilan ogrigan kasallarda kup yiring chikish va yalliglanish natijasida eroziya va 
xosil bulib, u katik shankrga uxshaydi. Lekin yumshokligi, chekkalarining 
politsikliligi, bir-biri bilan kushilib ketishi, ogrishi bilan fark kiladi. Erlziya va yara 
atrofida yalliglanish va shish buladi.
Teri leyshmaniozi – bunda xosil bulgan yara chekalari notekis, yemirilgan, tubi 
xam umirilgan bulib, yirin bulib. Yara ogriydi, atrofida kizarish, yigish buladi. 
Argamchisimon limfangoit buladi. Laboratoriyada borovskiy tanachalari topiladi.

Yüklə 372,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin