Mavzu: Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. Reja



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə2/11
tarix05.04.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#93661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj

Kurs ishining maqsadi: matematikani o’qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usullari va metodlarini o’rganish.
Kurs ishining obyekti: matematika darslarida o’quvchilar tanqidiy tafakkurini rivojlantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: matematika fanini o’qitishda algebraik masalalar orqali o’quvchilar tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyasining metodik asoslari va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:

  • Ta’lim jarayonida tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning ahamiyati;

  • Ta’lim jarayonida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usul va metodlarini o’rganish;

  • Masalalar yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullardan foydalanishning ahamiyatini tahlil qilish.



  1. bob. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy mеtodologik asoslari.

1.1 Tanqidiy fikrlash borasida olimlarning fikrlari.
Tanqidiy fikrlashni o‘stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta’lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o‘qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Konsorsiumning a’zolari: Xalqaro o‘qish assotsiasiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtati universiteti. Bu loyihani Nyu — York Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to‘g‘risidagi Markaziy va Sharqiy yevropadagi Soros fondi mablag’ bilan ta’minlaydi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima? Fikrlash — o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda u o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko‘nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o‘quv ko‘nikmalari ta’lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko‘nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar. Rixer ta’biri bo‘yicha o'rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1.Samarali va muttasil o‘rganish asosida o’quvchilarning axborotlarni o‘zlashtirish, sintezlash va ularni to‘la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
2.O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Bunday strategiya o'rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O’rganish va tanqidiy fikrlash o’quvchilarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo'lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
4. O'rganish o’quvchilarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular o’quvchilarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog'lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o'rganish g'oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to'gri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.
Tanqidiy fikrlash – o‘rganish predmeti emas, balki o‘rgatish natijasidir. O‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishni o‘quv tajribasiga muntazam tarzda kiritish kerak.
Tanqidiy fikrlash odamning fikrlash uchun tayanch nuqtasidir. Bu fikrlar bilan axborot hamkorlik qilishning tabiiy vositasi, o‘quvchilar axborotni inkor qilishlari, o‘zgartirishlari, qaytadan tuzishlari, moslashtirishlari yoki e’tiborga olmasliklari mumkin.
“Tanqidiy fikrlash” atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, yangi, tushunib bo‘lingan g‘oyalar tekshirilayotganda, baholanayotganda, rivojlantirilayotganda va qo‘llanayotganda sodir bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi o‘zbek olimi S.S. G‘ulomov.
Bir qator pedagog-psixolog olimlar (I.S.Kon, L.S.Rubinshteyn, S.S.G‘ulomov, E.G‘oziev) tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni bildiradi (Benjamin Blum tizimiga ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasi), degan g‘oyani ilgari surishsa, faylasuf olimlar (Z. G‘ofurov, J.Tulenov, Q.Nazarov) fikrlaricha – “tanqidiy fikrlash” deganda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‘nikmalari tushuniladi, uning yordamida o‘quvchilar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini oladilar”. Yoki amerikalik olim J.Dyuining fikricha: “O‘quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o’quvchi haqiqatan ham fikrlaydi”.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini aniqlash zaruriyati mavjud. Chunki, tanqidiy fikrlash mustaqil fikrlashning tarkibiy qismidir. O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari bir qator pedagogik metodlar orqali aniqlanadi. Masalan, Ya.Yirasek, A.Kernlar tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarning tanqidiy fikrlashga moyilliklarini aniqlovchi testlari, D.B.Elkoninning “Grafik diktant”lari, A.L.Vengerning “Nuqtalar bo‘ylab chizish”, I.Shvansarning “Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish” kabi metodikalari shular jumlasidandir.
Bir qator olimlarlar har qanday fikrlash uchun xotira muhim ekanligini ta’kidlaydilar. O‘quvchining tanqidiy fikrlash jarayonini tadqiq etgan mutaxassislar tanqidiy fikrlashning vujudga kelishi uchun aqliy faoliyatning murakkab turlarini hosil qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tadilar.
Nemis olimi M.Mauermanning ta’kidlashicha: “Tanqidiy fikrlash – bu inson uchun fikrlashning tayanch nuqtasi, g‘oyalar va axborotlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishning tabiiy usulidir. U dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladigan faoliyat bo‘lib, o‘quvchiga axborotlarni qat’iy nazorat qilish imkonini beradi”. Demak, bu jarayonda o‘quvchi idrok etilayotgan ma’lumotni qayta ko‘rib chiqishi, uni o‘ziga moslashtirishiga imkoniyat yaratiladi.
Barcha fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosaga kelindi: tanqidiy fikrlash-bilimni o‘zlashtirish va mustaqil fikrlashning yuqori darajadagi tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning voqea, hodisa, borliqni obyektiv idrok etish imkoniyatini kengaytiruvchi aqliy hodisadir. Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘pfikrlilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Unda tahlil, taqqoslash, izohlash, yangilik kiritish, muammolarni hal qilishga alohida e’tibor beriladi hamda o‘quvchilarda bunyodkor g‘oyalarning yovuz g‘oyalar ustidan g‘alaba qozonishiga ishonch paydo qilinadi.
Amalga oshirilgan tahlillar natijasi ushbu aqliy faoliyatda g‘oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg‘unlashtirish, konsentratsiyalash hamda axborotlarni qayta tahlil etishga zamin yaratilishini ko‘rsatdi.
Bunda:
1) o‘quvchilarni tanqidiy firklash ko‘nikmalarini egallashga ruhan tayyorlash;
2) o‘quvchilarning o‘z fikrlari qat’iyligiga bo‘lgan ishonchini barqarorlashtirish;
3) muayyan sinf o‘quvchilarida jamoaviy tarzda tanqidiy fikr yuritishga yo‘naltirilgan pedagogik vaziyatni vujudga keltirish amaliyotini tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi o‘quvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– fikrlash jarayoni jadallashadi;
– o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘ya boshlaydilar hamda ushbu maqsadga erishish yo‘llarini izlaydilar;
– o‘zaro bir-birlari bilan faol muloqotga kirishish ko‘nikmasini egallay boshlaydilar;
– bilim olish, yangi axborotlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi;
– o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarda faollik ta’minlanadi;
– ular orasida vujudga kelgan rang-barang fikrlarni tinglash va mushohada qilish ishtiyoqi kuchayadi;
– o‘z fikrlarini dadil bayon qilish ehtiyoji vujudga keladi;
– egallagan bilim va tushunchalarini qayta ishlash, ular yordamida fikr ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuning uchun ham o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonini tizimli tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
DTS va o‘quv dasturlarining tahlillari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash uchun talablar belgilab berilgan bo‘lsada, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga oid muayyan ko‘nikmalarni tarkib toptirish nazarda tutilmagan. Amaldagi darsliklarda ham o‘quvchining tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan o‘quv materiallari kam uchraydi. O‘quvchilar turli o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish jarayonida bir tomondan muayyan bilimlarga ega bo‘lsalar, ikkinchi tomondan O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti va turli sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishadi.


    1. Yüklə 194,24 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin