Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Tayyorlov guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə28/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Tayyorlov guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari:
Katta guruhda bolalar egallangan ko‘nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o‘rgatish vazifalarini murakkablashtirishi imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.

  • Mazmunda harakat natijasida predmetning formasini o‘zgartirishga o‘rgatish (masalan, engashishni, yugurishni)

  • Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog‘ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (bichimlarini o‘zgartirmaslik).

  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda mazmunga mos rangni berishga o‘rgatish.

Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi bolalarga berilgan mavzu yuzasidan mustaqil holda tanlashga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi bo‘lsa, bolalar o‘zlari qanaqa uy, kim quryapti, qaerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning formasi o‘zgarishini bilishadi shu o‘zgartirishlarni tasvirlay oladilar.


Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari:
Dekorativ rasm solish, tasviriy san’atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go‘zallik hissini rivojlantiradi. Halk dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi, hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Tarbiyachi bolalarni respublikamizning turli viloyat va halqlarning dekorativ san’at asarlari bilan tanishtirish bilan birga, vatanga bo‘lgan muhabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo‘lgan xurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:







  • Ranglar hissini rivojlantirish;




  • Dekorativ san’atdagi usullarni farqlay olishni va alohida elementlarni o‘z ijodida qo‘llay olishni rivojlantirish;




  • Mo‘yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko‘nikmalarini hosil qilish;

Bolalarni dekorativ rasm solishga o‘rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmetni shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan bezagi, naqshi o‘zgarishini xis qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqgan holda u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o‘rgatish zarur. Chunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo‘la olmaydi. Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri – rangni his qilishni rivojlantirishdir.


Rang – naqsh bezagida kompozitsiya bilan chambarchas bog‘langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg‘unlashishini albatta, barchasini o‘zlashtira olmaydilar. Lekin, rang hissi ularda bog‘chagacha bo‘lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi: yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok)ning turli uyg‘unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o‘rganib bo‘lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga konsentratsiyalash ya’ni, qaratish lozimdir: bu – oddiy va sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir.
Boshlang‘ich tasviriy ko‘nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruhda ega bo‘ladilar. Ikkinchi kichik guruhda ayrim vazifalar dekorativ harakterga ega. Masalan: «Ro‘molchaning chetini chiziqlar bilan beza». Lekin bunday mashg‘ulotning asosiy maqsadi – naqsh hosil qilish emas, to‘g‘ri chiziqlarni turli yo‘nalishda o‘tkazish malakasini mustahkamlashdir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin