XULOSA.
Amu va Sir daryolari oralig‘ida istiqomat qilgan bizning ota-bobolarimiz orasidan Muhammad Xorazmiy, Axmad Farobiy,
Abu Nasr Farobiy, Abu Nasr Ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek,
Ali Qushchi, Axmad Donish, S. X. Sirojiddinov, T. A. Sarimsoqov kabi buyuk matematiklar; A. Temur, Zahiriddin Muhammad
Bobur kabi buyuk sarkardalar, Alisher Navoiy, Nodirabegim kabi buyuk shoir va shoiralar yetishib chiqqan. Ular merosini o‘rganish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni ular bilan g‘ururlanish ruhida tarbiyalash har bir O‘zbekiston fuqarosining ayniqsa, o‘qituvchilarning ishidir. Bundan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham mustasno emas. “Go‘daklikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqshdir” degan arab maqolini eslaydigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ham imkoniyat darajasida olimlarimiz haqida tushunchalar berib borishimiz kerak. Shuning uchun ham “Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish” mavzu kurs ishi uchun mavzu qilib olinishi bejiz emas. Bu sohada hali ilmiy izlanishlarning kamligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu masalaning g‘oyatda zarbdor masala ekani ko‘rinadi.
Bobolarimizning matematikaga oid asarlari haqida boshlang‘ich ma’lumotlar mustaqilligimiz tufayligina darsliklarimizdan o‘rin ola boshladi. Bundan tashqari sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarda ham bu ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari katta. Ayniqsa, to‘garak mashg‘ulotlarida
matematiklarimiz haqida, ularning asarlari haqida ma’lumotlar kiritilsa, ular qo‘llagan usullarda misol va masalalar yechilishini tavsiya qilib o’tamiz.
Bu sohada Muhammad Xorazmiy bobomizning arifmetik
asaridan, Abu Nasr Farobiyning geometrik yasashlarga doir asarlaridan, Abu Rayhon Beruniyning savol - javob tarzida yozilgan —Tafxim” asaridan, Abu Ali Ibn Sinoning —Donishnoma” asaridan va G’iyosiddin Jamshid Koshiyning “Arifmetika kaliti” kitobidan foydalanilsa samarali natija beradi.
II bobda esa ularning asarlaridan boshlang‘ich sinflarda qanday foydalanish haqida fikr yuritiladi. Ajdodlarimizdan qolgan meros juda ham katta bo’lib, ularni o‘rganish endi boshlanmoqda. Mustaqillikdan avval ularning jahon ilm-faniga hissalari kamsitilgan, ularning nomlarini ro‘yi-rost aytish ham qiyin edi. Mustaqilligimiz tufayli buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileylari keng nishonlandi, shundan so‘ng ularning tug‘ilgan kunlari har yili nishonlanmoqda. Ahmad Farg‘oniyning yubileyi o‘tkazildi. Unga xatto Mirsda ham haykal o’rgatildi. Endi buyuk allomalarimizning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini to‘la ko‘rsatib berish kelajak avlodlar uchun buyuk vazifa bo‘lib kelmoqda. Bu sohada yoziladigan magistlik dissertatsiyalarining ahamiyati katta.