Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati. Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati ham katta ta’sir ko’rsatadi, qanchali tok vaqti ko’p bo’lsa, shunchalik havfi oshaveradi. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
Tok fazasi yurakning eng xavfli fazasi hisoblanadi. Tok yurakdan o’tayotgan vaqtda yurakning fibrilyasiyasi kuzatilinadi, unung davomiyligi 0,2 sek teng.
Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li. Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li ham katta aha miyatga ega. Agar elektr tok muhim organlaridan yurak, o’pka, miyalaridan o’tgan bo’lsa o’ta xavfli, boshqa yo’llardan o’tgan bo’lsa, hatari kamroq bo’ladi.
Inson tanasidan o’tayotgan tok eng ko’p uchraydigan yo’llari aniqlangan. Tez uchrab turadigan yo’l o’n qo’l-oyoqlar, undan keyin, qo’lqo’l va chap qo’l-oyoqlar.
Inson tanasidan o’tgan tokning chastotasi. O’zgaruvchan tok xatarligi tokni chastotasiga bog’liq. Tadqiqotlar bilan aniqlanganki, tokni chastotasi 10 gs dan- 500 gs gacha birdek xavfli. 500 gs dan oshgan sari fibrilyasion tok miqdori oshib boradi, va chastotasi 1000 gs dan oshgandan keyin yahshigina havsizligi kamayadi.
Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo’g’liqligi. Elektr jarohatni og’irligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo’g’liq. Misol uchun “ushlab qoladigan” tokni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo’yib yuboradigan” chegarasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini o’g’irligiga va uning baqvatligiga ham bo’g’liq.
Elektr qurilmalarini himoya vositalari Umumiy tushuncha va tavsifi. Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.
Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha:
- izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish;
- havfsizlik blokirovkalarni qo’llash;
- orentasiyani ta’minlash;
- elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash;
- yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash;
- himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish;
- kichik kuchlanishni qo’llash;
- izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash;
- potensiallarni tenglashtirish.