Elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy qoidalari hamda talablari.
Paxta, yigirish, to’quvchilik, tikuvchilik, trikotaj, pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarida elektr qurilmalarini xavfsiz o’rnatish, ishlatish qoidalari va talablari hamda elektr qurilmalarini ishlatishda iste'molchilar rioya qilishlari kerak bo’lgan xavfsizlik qoidalari sobiq Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 1989-yil 12-apreldatasdiqlanganva 1990-yil 1-iyundan kuchga kirgan.
Elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalariga muvofiq barcha xonalar elektr xavflilik darajasiga ko’ra uch toifaga ajratiladi.
Yuqori darajada xavfli xonalar (I toifa). Bunday xonalarda katta xavfni yuzaga keltiruvchi quyidagi sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: zaxlik-nisbiy namligi 75 %dan ziyod bo’ladi, tok o’tkazuvchi chang ish vaqtida ko’p miqdorda simlarga o’tiradi, mashinalar, apparatlar va shu kabilar ichiga kirib qoladi; tok o’tkazuvchi metall, tuproq, temir-beton pollari; harorati +30 °C va +35 °C dan ziyod bo’ladigan xonalar; odamning bir vaqtning o’zida, yerga ulangan metall konstruksiyalar, texnologik uskunalar, mexa-nizmlarga va uskunalarning metall korpuslariga tegib ketish ehtimoli.
O’ta xavfli xonalar (II toifa). Bunday xonalarda ushbu sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: o’ta zax xona, nisbiy namligi 100 %ga yaqin; kimyoviy faol muhit; yuqori darajada xavfli xonalarga xos bo’lgan ikki yoki bundan ortiq sharoitlarning bir vaqtda mavjud bo’lishi.
Yuqori darajada xavfli bolmagan xonalar (III toifa). Bunday xonalarda yuqori darajadagi yoki o’ta yuqori darajadagi xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar bo’lmaydi.
Xonalarning ana shu toifalariga va elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalariga muvofiq elektr uskunalari tanlanadi hamda elektr qurilmalariga xavfsiz xizmat ko’rsatish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish sharoitida ko’pincha ko’chma eiektr asboblari ishlatiladi. Ulardan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarur: