organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o’zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri -
tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to’lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat. Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko’rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr zarb.
Elektr jarohatlanishi -
insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko’rinishlariga ega.
Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko’ra kontakt yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi.
Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani 3 darajali elektr kuyishi Teri yuzasidagi kul yoki oq - sariq rangli dog’lar elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar tanani elektr o’tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo’ladi. Ular ko’pincha og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi bilan o’tib ketadi.
Yashin shakldagi elektr belgili ko’rinishi
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo’g’lanib, teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi g’adir - budir bo’lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko’zni metallanishi xavfli bo’ladi.
Tok ta’sirida ter yuzasini elektr metallanishi
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to’qimalarni to’lqinlatib mushaklarni keskin qisqartirishiga olib keladigan holat elektr zarb deb ataladi.
Odamni tok urish xolati to’rt darajada baholanadi:
I – darajada odam hushidan ketmagan holda yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib keladi;
II – darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish;
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish;
IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to’xtab, klinik o’limyuz beradi.
Tok kuchi insonga turli ta’sir ko’rsatadi. Ko’rsatgan ta’siriga qarab quyidagi tok qiymatlariga ajratiladi:
- Tokni sezish chegarasi.O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1-1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va issiqlikni sezadi;
- Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi.
- Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi.
- Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.