Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
-ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
-qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi;
-ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
-puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi;
Elektr tokidan himoyalanish. Bino va inshootlarni yashindan himoyalash.
Paxta, ipakchilik va yengil sanoat korxonalari barcha sexlari xavfiiligi yuqori yoki o’ta xavfli xonalar guruhiga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalar, yoritkichlar, signal beruvchi usimnalarning qismlari yuqori harorat va namlik sharoitlarida ishlaydi. Natijada simlar ihotasi buziladi, qarshiligi kamayadi, qobiqlariga tok o’tish xavfi ortadi, natijada mashinalarni boshqaruvchi va sexdagi boshqa ishchilarning shikastlanish ehtimoli ortadi.
Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yaqin kelmaslik, qo’l tegizmaslik, bexosdan tegib ketmaslik kerak. Qobiq va boshqa metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfning oldini olishga, past kuchlanishda ishlash, ikki qayta ihotalash, yerga ulash (zazemleniye), nol simiga ulash (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib qo’ygichlarni qo’llash bilan erishiladi.
Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ihotalash, qo’l yetmaydigan balandlikka o’rnatish, to’siqlar bilan ta'minlash va boshqa tadbirlarni qo’llash kerak. Bundan tashqari, o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda qo’l asboblari uchun past kuchlanish (12 V) qabul qilinadi.