Mavzu: fantastik adabiyot tabiati mundarija kirish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI ....

1.2. Ingliz adabiyotida ilmiy fantastika janriningb o`ziga xos xususiyatlari.

Biz bilamizki ilmiy fantastika tasavvurdagi zamon yoki makonda sodir bo`ladi. 1920-yillarda ingliz adabiyotiga nazar tashlasak, o`sha paytda yaratilgan ilmiy fantastik hikoyalar arzon jurnallarda chop etilgan bo`lib, ko`ngilochar mutolaa turi sanalgan. Lekin hozirda medianing barcha turlarida tarqalgan bo`lib, bu janrni nafaqat adabiy hikoya yoki romanlarda, balki kinofilmlarda, sahnalashtirilayotgan pyesalarda, televizion dasturlarda, video o`yinlarda ham ko`rishimiz mumkin.


Britaniyalik romannavis Kingsley Amisning yozishicha, ilmiy fantastika dunyoda sodir bo`lmaydigan voqealar bilan bo`lishadi, lekin ular yangi ilm fan va texnologiyaning rivojlanishiga asoslangan bo`ladi. Bunday asarlar odatda

1Erich Schneider. “Cyberpunk as a Science Fiction Genre” P.: 2008. – P. 50-57.

16
innovatsiyalarning ta’siri bilan aloqadorbo`ladi yoki butun insoniyatni o`zgartirgan shaklda ifodalaydi.


Ko`pchilik yozuvchi va kitobxonlar ilmiy fantastik asarlar ilm fanga ma’lum bo`lgan qoidalarni buzmasligi kerak deb hisoblaydilar. Bu janr o`ziga xos yo`nalishlarni olib kirdi va ilm fanda va xususan adabiyotga yangicha oqimlar paydo boldi. Endilikda adabiyotda yozilgan adabiy qoidalar bo`yicha emas, balki har bir yozuvchi o`z tasavvur olamini bemalol yozaverdi. Bunday uslub tanqidga uchragan bo`lsada, yozuvchilar orasida juda ommalashdi.
Jahon adabiyotiga nazar soladigan bo`lsak, ilmiy fantastika barcha xalqlar adabiyotida kundan kunga ommalashib, o`z kitobxonlarini topmoqda. Biroq AQShda va Britaniyada bu jarayon ancha erta boshlangan bo`lib, dunyoga mashxur fantastik yozuvchilar aynan ingliz adabiyotiga mansub bo`lishgan.
Ingliz yozuvchilari orasida buy o`nalishda ijod qiluvchilari ko`p bo`lsada, ular orasida Herbert George Uells, Artur Klark va Brian Aldisslar juda samarali va unumli ijod qilishgan.
Gerbert Jorj Uells ingliz yozuvchisi, siyosatchisi va faylasufi hisoblanadi. Uning romanlarida texnologiyaning dunyo ustidan qozongan g`alabasidagi ohanrabo tasvirlarni, shu bilan birga XX asrning daxshatli urushlarining yaqqol tasvirini ko`ramiz.
Gerbert Jorj Uells 1866-yil 21-sentabr Kentdagi Bromloyd shaharchasida tug`ilgan va Londondagi ilmiy pedagogika kollejida imtiyoz asosida tahsil olgan. U 1895-yilgacha sotuvchiga shogird, kutubxonachi, o`qituvchi va journalist bo`lib ishladi. Shundan so`ng u o`zini butunlay yozuvchilikka bag`ishladi. Rebecca ismli ayol bilan turmush qurishdi va oilada Antoni Vest ismli farzandi dunyoga keldi. Biroq yozuvchinin oilaviy hayoti yaxshi bo`lmadi, o`n yillik turmushdan so`ng Rebecca bilan ajrashdi. Uning shaxsiy hayotidagi tushkun kayfiyatni romanlaridagi ba’zi xususiyatlarda ko`rishimiz mumkin.1
Keyingi 50 yil davomida 80dan ortiq romanlar yaratdi. Uning ‘’Vaqt mashinasi” asari 1897-yilda yaratilgan bo`lib, unda ilmiy g`oyalar, vaqt mashinasi bilan uyushtirilgan sayohat orqali jamiyatning siyosiy hayoti

1Юрий Фролов. Предвидения Герберта Уэллса. — Журнал «Наука и жизнь» № 10, 2008 17
mohirona tasvirlangan. Keyinroq ilmiy fantastika yo`nalishidagi asarlarini boyitib, “Ko`rinmas odam”, ‘Dunyo urushi”, “Buyumlar kelishining tasviri” kabi romanlarni yaratdi. Uning ko`plab asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan bo`lib, ular jahon kinomotografiyasiga munosib hissa qo`shdi. Uellsning asarlari faqat bir tabaqa kishilari uchun mo`ljallab yozilgan.Asarlari orasida “Kips” va “Janob Polly” kabilarida kambag`al insonlar hayoti, ularning turmush tarzi va orzu istaklari tasvirlanadi. Uning asarlarini tahlil qiladigan bo`lsak, har bir asarida hayotining ma’lum bir davri tasvirlanadi. Uning asarlarini uch davrga bo`lishimiz mumkin, ya’ni yoshlik davrida yaratilgan asarlarda o`zining hayotidagi lavhalardan, xarakteriga xos bo`lgan xususiyatlardan keng foydalangan., aynan shu davrda uning yoshlik olamini tasvirlovchi hikoyalar, jonkuyar o`qituvchiligi hikoyasi va keyingisi uning sotuvchiga shogirdlik qilgan davrlarini tasvirlagan. Uellsning qolgan ko`pgina romanlarini tezis romanlar turkumiga kiritish mumkin. Ular orasida “Anna Veronika” ayollar huquqlarini himoya qilishga bag`ishlangan, “Tono Bungay” nomli romani esa ma’suliyatsiz kapitalistlarning kambag’al aholiga uyushtirgan hujumiga bag`ishlangan. Uning ko`pgina romanlarida ilmiy fantastika orqali ijtimoiy muammolarni juda mohirona tasvirlaganini ko`rishimiz mumkin. Uellsning so`nggi romanlari asosan urush mavzusida bo`lib, aholining urushga munosabati, urush tufayli qanday aziyat chekkani haqida yozilgan.
Birinchi jahon urshidan so`ng Uells o`zining mashxur tarixiy romanini yozdi. Bu asar “Tarixdan tashqari” deb nomlangan bo`lib, ikki tomdan iborat. Bu asarni 1920-yilda yaratgan bo`lib, o`shanda u “Fabian jamiyati” a’zosi hisoblangan.
12Uellsning asarlarida utopiyaga asoslangan jamiyat obrazini ko`rishimiz mumkin. U butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan asarlarida insonlarni aqlga tayanib ish ko`rishga chorlaydi, jamiyatda ayollar va erkaklar teng huquqga egaligini ta’kidlaydi. Uells umrining so`nggi yillarida yaratgan asarlarida psemistik kayfiyat hukmronligini ko`ramiz. “42 dan 44gacha” nomli asarida o`sha davrda dunyoda yetakchi bo`lgan hukmron shaxslarning faoliyati qattiq

1M.Bakoeva, E.Muratova, M.Ochilova. English Literature – T .: Tashkent, 2006. – B. 140-145. 2Юрий Фролов. Предвидения Герберта Уэллса. — Журнал «Наука и жизнь» № 10, 2008
18
tanqid ostiga olinadi. “Aqlning so`nggi nuqtasi” nomli asarida insoniyatning tirik imkoniyatiga o`z shubhalarini bildirgan.1934-yilda “Tajriba” nomli avtobiografik roman yaratgan.Gerbert Uells 1946-yil 13-avgustda Londonda vafot etgan.
Ingliz adabiyotida yana bir mashxur ilmiy fantastik yozuvchi Brian Uillson Aldiss hisoblanadi. U 1925-yilda tug`ilgan bo`lib, u nafaqat o`zining ilmiy fantastika janridagi asarlari bilan, balki mazku janrni jahon adabiyotiga tanitgani bilan ham mashxurdir. Brian Angliyaning sharqiy tomonida joylashgan Norfolk shaharchasida dunyoga keladi, keyinchalik ularning oilasi janubi sharqiy Devonga ko`chib o`tishadi, bu yozuvchi o`n ikki yoshli bola edi. U Britaniyadagi turli davlat maktablarida tahsil olgan.1943-1946-yillar mobaynida Sharqiy Osiyodagi Britaniya armiyasi tarkibida xizmat qiladi.Harbiy xizmatdan so`ng 1947-yildan 1956-yilgacha Oksfordda kitob sotuvchi sifatida faoliyat yuritadi. Aynan kitob sotuvchik qilayotgan davrida uning adabiyotga mehri oshadi va shu yillarda o`zining birinchi asari “Omadli kalitlar kundaligi”ni yaratadi. Uning birinchi ilmiy fantastik asari “Non Stop” deb nomlanadi. 1960-yillardagi ijodiy faoliyati yana bir ingliz adabiyotidagi ilmiy fantastika yozuvchisi Mishel Morkok bilan bog`liqdir, shuningdek Brian shu yillarda Mishelning “New Worlds” nomli jurnalida jurnalist sifatida faoliyat yuritadi. Aldisning shu davrda yaratgan asarlari yangi innovatsion adabiy texnika va uslublardan keng foydalanganiva hissiy kechinmalar mavzusiga oshkora yodashgani bilan ajralib turadi. Aldiss 1962-yilda “Jo`shqin uy” nomli romani uchun Jahon ilmiy fantastika jamiyati tomonidan “Hyugo” mukofoti bilan taqdirlangan.1
1970-yillarda yozuvchi Birmadagi yosh harbiylar safida xizmat qilib, harbiy sarguzashtlar va taassurotlari asosida “Goratsio Sagasi” nomi ostida qissalar to`plamini yaratdi. Ingliz yozuvchisi Mary Wollstonecraft tomonidan yaratilgan “Franeynshteyn” asarini tadqiq qilib, muallifning ilmiy fantastika yo`nalishiga qo`shgan hissasini bilib oldi. Aldiss o`zining “Doktor Morening
1Brian, Aldiss and Wingrove, David. Trillion Year Spree: The History of Science Fiction, - Revised and updated

edition, 1986. – P.:78-80.


19
boshqa orollari” asarida Uellsning aynan shu nom va mazmundagi asariga murojaat qiladi. “Gelikona” deb nomlangan asarlari to`plami trilogiya bo`lib, u sayyoralar sistemasi tarixiga bag`ishlanadi.
Aldiss kichik antologiyalarga va “Ilmiy Fantastika Gorizoni ” deb nomlanuvchi adabiy tanqidiy jurnalga muharrirlik qilgan. Uning kitoblariga yozgan adabiy taqrizlari “Times Literary Supplement”, “Washington Post” jurnallarida chop etilgan. Uning ilmiy fanatstika tarixiga bag`ishlab yozilgan romani “Milliard yillik Baxt” 1973-yilda nashr qilingan va keyinchalik bu asarning yangilangan nashri “Trillion yillik Baxt” nomi bilan o`zgartirilib, chiqarildi. Stiven Spilberg tomonidan yozilgan va sahnalashtirilgan “Sun’iy Intellekt” filmi aslida Aldissning “Ajoyib o`yinchoqlarning so`nggi yozi” nomli hikoyasi asosida yaratilgan hisoblanadi.
Aldiss 1990-yillarning so`ngida ikkita avtobiografik roman yaratdi. U 2000-yilda “Kritning yuragi” nomli romani bilan yana romannavislikka qaytdi. Bu roman zamonaviy jamiyatdagi korrupsiya illatini qoralaydi.Uning umrining oxirida yozgan “Super shtat” qissasi Yevropaning 50 yildan keyingi kelajakdagi hayotiga bag`ishlanadi.
Ingliz adabiyotida sevimli adiblardan biri Artur Klark hamilmiy fantastika janrida ijo qilgan. Artur Klark 1917-yilda tug`ilgan bo`lib, Britaniyalik ilmiy fantast yozuvchi sanaladi. 1968-yilda yaratilgan “Odissey sayyorasi” nomli kinofilm aynan Arturning asari asosida yaratilgan, va shu film orqali yozuvchini butun dunyoga tanitgan. Uning romanlari asosan sayyoralarga uyushtirilgan sayohatlar va1 texnologiyaning kelajakni yarata olishi mavzulariga bag`ishlangan. Uning ishlari ilmiy jihatdan aniq va izchilligi bilan ajralib turadi.
Artur Klark Somersetda, Angliyada dunyoga kelgan. Uning ilmga bo`lgan qiziqishi bolalikdan shakllangan. U bolaligidan aniq fanlarga, astronomiyaga, fizikaga qiziqishi baland edi, shu tufayli uyda yasalgan teleskop orqali oyni kuzatishni yaxshi ko`rgan. 1936-yilda Artur Britaniya Interplanetar Jamiyatiga ishchi xodim bo`lib ishga kiradi. 1941-1946-yillarda Qirollik Havo Kuchlarida radar instruktor bo`lib xizmat qilganidan keyin, Londonda Qirollik kollejida

1Del Rey, Lester (1980).The World of Science Fiction. – P.: Garland Publishing. 1926—1976. – P. 91-93. 20
fizika va matematikadan tahsil oladi. Kollejni 1948-yilda birinchi klassli diplom bilan tugatadi.Artur 1945-yilda yozgan maqolasida sun’iy yo`ldosh bilan bog’lanish g’oyasini tanishtiradi.
Artur Klarkning birinchi ilmiy fantastik hikoyasi “Qutqaruvchi bazm” 1946-yilda “Hayratlanarli fan” jurnalida ketma ket chop etilgan. Quyidagi romanlari ketma ket nash qilingan: “Bolalikning nihoyasi”, “Shahar va Yulduzlar”, “Jannatning Favvoralari” va boshqalar. Bu kitoblarda texnologiyaning taraqqiyotiga optimistik yondashuvlarni ko`rishimiz mumkin.Klarkning kichik hikoyalar to`plami “Yerga uyushtirilgan ekspeditsiya”film qilib ishlangan bo`lib, “Odissey Sayyorasi” filmining rejissyori amerikalik Stanli Kubrik qayta ishlagan. Klarkning ssenariysi asosida yaratilgan filmlar eng zo`r kino mahsuloti nominatsiyasida ko`plab mukofotlarni qo`lga kiritgan. U “Odissey 2”, “Odissey 3” va “So`nggi Odissey” romanlari trilogiyasini yozgan.
Klark shuningdek galaktikaga sayohat, dengiz ostida tadqiqot va kelajak mavzularida ishlar yaratdi. 1962-yilda yozgan “Kelajak Ko`rinishlari” nomli asarida ilmiy qonuniyatlarni bag`oyat izchillik bilan hayotimizga tadbiq etilishini tasvirlaydi. Klarkning dengiz ostini tadqiq etishga bo`lgan qiziqishi tufayli 1950-yilda ShriLankaga ko`chib o`tdi. U yerda Britaniya Imperiyasining Bosh Komandiri bo`lib xizmat qiladi. Uning bu xizmatlari tufayli Klerkka 1989-yilda Britaniya Ritsarlik unvoni bilan taqdirlanadi.
Ingliz adabiyotidagi bu yozuvchilar ilmiy fantastika janrini gullab yashnashiga o`z hissalarini qo`shishdi.ularning asarlari kitobxonlar tomonidan haliyam sevib mutolaa qilinadi. Biroq ingliz adabiyotida mazkur janrdagi eng yirik yozuvchi sifatida Gerbert Uells tan olingan. U fan sohasida yozishni 1894-yildan boshlagan bo`lib, ilk asarlarida uning biologiyaga va insoniyat evolyutsiyasiga ko`p qiziqqanini ko`rishimiz mumkin. Uells ilmiy fantastika janrini ilmiy romans deb atagan.U “Vaqt Mashinasi” asarini chop etganidan so`ng katta shuhrat qozondi.Uning ”Doktor More oroli”, “Ko`rinmas odam”, “Dunyolar urushi”, “Oydagi birinchi odam” kabi hikoyalar to`plami bu

21
muvaffaqiyatni davom ettirdi. Ijodiy faoliyatining qolgan yillarida yozuvchi adabiyotning boshqa yo’nalishlarida ham unumli ijod qildi.


Britaniyalik boshqa yozuvchilar ham XX asrning boshlarida ilmiy romanslar yaratgan bo`lishsada, lekin ular hozirda ilmiy fantastika asarlariqatoriga kirishadi.
Ingliz adabiyotida ilmiy fantastik hikoyalar avval jurnallarda chop etilgan. Shunday jurnallar sirasiga “Amazing stories” jurnalini kiritish mumkin. Bu jurnalning muharriri Gernsbek mushtariylarni ko`proq jalb etish uchun Edgar Allan Poe, Jyul Vern, Gerbert Uells, Servis, Richard Lok va Ellis Parker Butler kabi ijodkorlarning hikoyalarini chop etdi. Bunday yo`l bilan u adabiyotda yangi janr olib kirdi va dunyoda ommalashgan adabiy an’analarni yaratilishiga sabab bo`ldi.1
Ingliz adabiyotida ilmiy fantastika oqimi paydo bo`lishi bilan ilm fanga qiziquvchi yoshlarni o`ziga jalb eta boshladi. Bu yoshlar orasida dunyoni o`zgartirishga qodir bo`lgan olimlar yetishib chiqdi. Bunday mashxur olimlar sirasiga Verner Fon Braun, astronom Karl Sagan va astrofizik Friman Daysonlar bo`lishgan va ular o`z ilmiy faoliyatlarini ilmiy fantastik asarlar muxlisi sifatida boshlashgan. Muharrir Gernsbek yosh yozuvchilarni ruhlantirdi va bu jurnal mushtariylari uchun turli fan klublar tashkil etdi. Bu janrga yoshlarning qiziqishi juda ortdi, butun Amerika shtatlarida va keyinchalik Britaniyada ham “Amazing stories”ning muxlislari fan klublar tashkil etdilar. 1930-yillarda tarqalgan bunday klublar bir biri bilan bog`lanib turishardi va keyinchalik havaskor jurnallar ham paydo bo`la boshladi. Bunday havaskor jurnallar o`sha paytda “fanzine” deb atalgan bo`lib, fantastik adabiyotda komik xarakter “Superman” aynan shunday jurnallarda paydo bo`ldi. Bu obrazni Filip Novlan yaratgan va keyinchalik film va multfilmlarnimashxur qildi. Bu yo`nalish adabiyotni ham, kinomotografiyani ham egalladi. Ommaviy oqimga aylangan ilmiy fantastika ko`pchilik kitobxonlarning qiziqishlarini ruhlantirdi va bunday muxlislardan injenerlar va olimlar yetishib chiqdi.

1Sterling, Bruce. «Science fiction» in Encyclopedia Britannica, 2008 22
O`zining ommaviyligiga qaramay, bu janr 1960-yillargacha jurnallarga xos bo`lgan janr bo`lib qolaverdi. 1926-1962 yillar orasida chop etilgan asarlar zamonaviy ilmiy fantastika deb nomlangan. Bu asarlar fantastik jurnallarda serial tarzda chop etilgan bo`lib, ko`plab jurnallarning xaridorgir bo`lishiga olib kelgan. 1930-yillarga kelib Britaniyada va Amerikada 20tagacha ilmiy fantastik jurnallar faoliyat yuritgan.
“Amazing stories” 1926-yilda paydo bo`lganidan keyin, 1937-yilda ilmiy fantastikani yangi evolyutsuyasi shakllandi. O`sha yili Jon Vud Kembell “Astounding stories” jurnalida bosh muharrir bo`ldi va uning muharrirligida ilmiy fantastik asarlar yangicha xususiyat kasp eta boshladi. Kembellning o`zi ham Don A. taxallusi ostida ijod qila boshladi va yozuvchi sifatida bu janrdagi yozish texnikasiga o`zgacha kayfiyat va uslubni qo`shdi. Muharrir sifatida Kembell boshqa yozuvchilarni adabiy afzallikka ega bo`lgan asarlar yaratishga undadi va uning qo`llab quvvatlashlari va mehnatlari tufayli 1939-1949-yillar ilmiy fantastikaning “oltin davri” deb ataldi. Kembellning jurnali ko`plab mashxur yozuvchilarni yetishtirdi, bularga L. Sprag, Di Kemp, Lester de Ray, Teodor Sturgon, Artur Klark va Robert Haylaynlar misol bo`ladi. Haylayn va Klark bu janr tarixidagi eng mashxur va tan olingan yozuvchilarga aylanishgan. Oltin davrda ijod qilgan boshqa yozuvchilarga Isaak Azimov va Rey Bredberini misol qilsak bo`ladi.
Ikkinchi Jahon urushi nafaqat Yevropada ilmiy fantastikani taraqqiyotini to`xtatdi, balki Britaniyada qog`oz tanqisligiga olib keldi va Amerikada ham ko`plab ilmiy fantastik nashriyotlarning yopilishiga olib keldi. Urushdan keyingidavrda Amerikadagibunday jurnallar yangicha kuch bilan ishga qaytdi, faqat yangi avlod muharrirlari bilan birgalikda ishlay boshladi. 1950-yillarda 40dan ortiq ilmiy fantastik asarlar nashr qilindi, kichik nashriyotlar rivojlanib, katta hajmdagi nashrlarga aylandi.
1949-yilda “Fantasy and Science Fiction” deb nomlangan jurnal amerikalik muallif va muharrir Antoni Boucher tomonidan va 1950-yilda “Galaxy Science fiction” jurnali esa amerikalik Leonard Gold tomonidan tashkil qilindi. Bu yetakchi jurnallarda nashr etilgan hikoyalarda asosan adabiy,

23
psixologik va ijyimoiy jihatlariga e’tibor qaratilgan bo`lib, ilmiylikdan biroz chetlashganini ko`rishimiz mumkin. Bu davr – 1950-1962 –yillar hozirda ilmiy fantastikaning kumush davri deb izohlanadi.


1950-yillarning boshlanishi bilan mazkur janrga yangicha qarashlarni olib keldi. Endilikda inson qadr qimmati yanada oshganini bu davrdagi asarlar misolida ko`rishimiz mumkin. Bunday yangi xususiyatni Teodor Sturgeon va Alfred Besterlarning asarlarida ham ko`rish mumkin.
Buyuk Britaniyada ilmiy fantastikaning yangicha to`lqinda kirib kelishi Mishel Markok muharrirlik qilayotgan “New Worlds” tufayli bo`ldi. Bu yangi to`lqindagi oqim modernizmga xos bo`lgan adabiy uslublarni ilmiy fantastikaga olib kirdi. Morkokning o`ziyam bundan oldin mavjud bo`lgan ilmiy fantastik an’analarni eskirgan deb e’tirof etdi va ulardan butunlay voz kechdi. Britaniyalik yozuvchilar Brian Aldiss va Jeyms Graham Ballard yangi usulda ijod qiluvchi ilmiy fantast ijodkorlar edilar.
1970-yillarda ilmiy fantastik yo`nalishda bundan oldingi adabiy an’analarni o`zlashtirib rivojlantirgan holda, yangi uslublarni olib kirishdi. Bu o`n yillik mobaynida feministik g`oyalar fantastika janriga olib kirildi va ilmiy fantastika yo`nalishi butun media mahsulotlari uchun asosiy yetaklovchi kuch bo`lib qoldi. Lekin bu o`n yillikning o`ziga xos xususiyatlari shunda ediki, aynan shu yillar mobaynida ilmiy fantastikaning eng bestseller asarlari nashr etildi va mazkur janr nashriyot sanoatida gullab yashnayotgan asosiy sohaga aylandi. Bu davrda dunyoning mashxur aynan shu yo`nalishda ijod qiluvchi ayol yozuvchilari yetishib chiqdi. Bunday tan olingan feminist yozuvchilar orasidagi eng taniqlisi, ham yozuvchi, ham adabiyotshunos Joanna Russ edi. Uning asarlari ilmiy fantastikada yangilik bo`lib kirdi. Adabiyot tarixiga nazar tashlasak doim erkak yozuvchilar yetakchilik qilib kelishgan, biroq bu davrda ko`plab ayol yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi ilmiy fantastika janrining madaniyatini o`zgartirib yubordi. Adabiy standartlar o`zgardi, endilikda asarlarda ayol va erkak qahramonlar obrazi birdek tan olina boshlandi.
1980-yillarda ilmiy fantastika nufuzli janr darajasiga yetdi, va uzoq vaqt davom etgan jurnallar uchun yoziladigan asarlardan nashriyotlarda chop etishga

24
arzirli katta qissa, romanlar yozish davriga butunlay o`tdi. Biroq bunday asarlarni chop etuvchi ko`plab jurnallar inqirozga uchradi. Hozirda faqat kitob nashr etuvchi katta bosmaxonalar katta daromad olayotgan tashkilotlarga aylanishdi.


Bu o`n yillikda ilmiy fantastika janrida kiberpank yo`nalishi ko`pchilik kitobxonlarning e’tiborini tortdi. Bu yo`nalish yaqin kelajakda butun dunyoga xavf solayotgan texnologiyalarning insoniyatga salbiy ta’siri va ularning dunyo ustidan hukmronlik qilishi tasvirlanadi. Birinchi kiberpank yo`nalishidagi roman 1984-yilda Uilliyam Gibson tomonidan yaratilgan bo`lib, keyinchalik muallifning boshqa “Count Zero“, “Mona Lisa Overdrive”, “Virtual Light” singari asarlariyam nashr etilgan. Bryus Sterling kiberpank yo`nalishining asosiy yozuvchisi bo`lgan. Mishel Svenvik yaratgan “A User’s Guide to Postmoderns ” nomli ijodiy bayoni dekadaning yakunlovchi asariga aylandi.
1990-yillarda ilmiy fantastikaning subjanrlariga qiziqish juda ortdi. Bu davrda murakkab ilmiy fantastik yo`nalish kirib keldi, buning mohiyati shundaki, endilikda fantastik asarlarda muammolarni hal etish uchun ilm fan bilimidan yoki texnologiyaning kuchidan foydalaniladi, keyingi yo`nalish galaktika operasi deb nomlanadi, bunday asarlarda bizning sayyoramizdan tashqarida bo`lgan planetalar hayoti tasvirlanadi. Yana bir yo`nalish tarixiy ilmiy fantastika deb nomlanib, bunda o`tmishdagi sodir bo`lgan voqealar aslida qanday yuz bergani va qanday oqibatlarga olib kelishi tasvirlanadi. Fillip Dik va atoqli yozuvchi Rey Bredberri yo`nalishning eng birinchi va muhim adiblari deb tan olingan. Ularning chop etishga ulgurmagan asarlari ham o`limidan so`ng yirik nashrlarda chop etilgan.
1990-yillarda televideniya va kinofilmlar uchun yaratilayotgan maxsus effektlar juda yorqin kuchga aylandi. Avvallari ilmiy fantastikaga oid kitoblar uchun rassomlar maxsus illyustratsiyalar yaratgan bo`lishsa, endilikda barcha ommaviy axborot vositalari keng qamrovli, turli rang barang effektlardan foydalanishdi, ilmiy fantastika yo`nalishi faqatgina adabiyotning bir tarmog`i bo`libgina qolmay, mediyaning barcha sohalarini egallab, global mashxurlikka ega bo`ldi. Video o`yinlar, multfimlar, filmlar, radio va televizyon dasturlarning

25
barchasida ilmiy fantastika yo`nalishi yetakchilik qildi. Biroq adabiyot innovatsion va keng tarmoqli sohaga aylandi. Bu yangi eraning yozuvchilari Vernor Vinge, Dan Simmons, Orson Scott Kard, Connie Uvillslar bo`lishgan. XXI asrga kelib adabiyot yanada jonli, real hayotni borligicha ifodalaydigan bo`ldi.1


Ilmiy fantastika garchand adabiy janr bo`lsada, uning mavzulari va qonuniyatlari radio, televizyon shou, kinofilmlarga ham moslashtirildi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin