Mavzu: fantastik adabiyot tabiati mundarija kirish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI ....

II BOB INGLIZ VA O`ZBEK ADABIYOTIDA ILMIY FANTASTIKA JANRINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

2.1. Ayzek Azimov ingliz adabiyotida ilmiy fantastika janrining yirik vakili.
Ilm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida

ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustivor qismi bo‘lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma’lumotlar, ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa ommobop-ma’rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziqtirish, iste’dodli yoshlarni tegishli ilm yo‘nalishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq

1www.slovo.nx.uz
30
tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko‘plab misollar orqali keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida eng mashhuri va ta’bir joiz bo‘lsa, janr Shekspiri – atoqli amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori – Ayzek Azimov sanaladi.
XX asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920 yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi shahrida, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun, bobosining ismini qo‘yishgan ekan.1
1923 yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi.U o‘zi haqida xazil aralash «ota-onam meni chamadonda olib kelishgan» der edi. Ular Bruklinda joylashib, qandolatchilik do‘koni ochishadi.
Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o‘qishga boradi.1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o‘qishga kiradi.Lekin u o‘qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o‘qishni boshqa ta’lim muassasida - Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror qiladi.1939 yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 1941 yilda esa magistr diplomini qo‘lga kiritgan. Kimyo bo‘yicha ilmiy ishlarni davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942 yilda Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi bo‘yicha ishga jalb qilinadi. 1945 yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946 yilning iyuligacha armiya safida bo‘lgan Azimov, shu yili xizmatni o‘tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948 yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) darajasiga erishgan. 1979 yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti professori maqomigacha ko‘tarilgan.2

1 Goldman, Stephen H., "Isaac Asimov", in Dictionary of Literary Biography, Vol. 8, P.: Cowart and Wymer eds, 1981.-P. 15–29.

2www.orbita.uz/ayzekazimov/
31
Ayzek Azimov ijod olamiga juda erta kirib kelgan. Uning ilk asari kichik bir shaharchada yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida bo‘lib, bu vaqtda atiga 11 yoshda bo‘lgan bo‘lajak yozuvchi, kitobning 8-bobgacha yozib, so‘ngra tashlab yuboradi. Lekin undagi voqealarni o‘z o‘rtog‘iga gapirib berganida, o‘rtog‘i bunga qattiq qiziqib qolib, davomini yozib berishini talab qila boshlaydi. Ayzek Azimov, keyinchalik ham, o‘sha daqiqa uning uchun o‘zida yozuvchilik iste’dodi borligini anglashga turtki berganligini ko‘p eslagan.
Azimovning matbuotda qilgan ilk chiqishi «Amazing Stories» oynomasining 1939 yil yanvar sonida nashr etilgan «Vestaning changalida» nomli hikoyasi bo‘lgan edi. Yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirgan ijod mahsuli esa, «Tun kirishi» nomi ostida 1941 yil e’lon qilingan fantastik hikoya bo‘lib, unda oltita yulduzga ega sayyoralar tizimida aylanuvchi va faqat har 2049 yildagaina tun og‘ushiga kiradigan sayyora haqida yozilgan edi. Ushbu hikoya okean ortida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, turli antalogiyalarda 20 marotaba qayta-qayta chop etilgan va ikki bora ekranlashtirilgan. Azimov mazkur hikoyasini, o‘zining ijodga kirib kelishidagi «muqaddima bo‘limi» sifatida baholagan edi.Umuman olganda Azyek Azimovning deyarli barcha ilk ishlari ilmiy-fantastika janriga taalluqli bo‘lgan. Xususan u, o‘zga sayyoralardagi hayot, yoki, fikrlay oladigan robotlar haqida ko‘plab fantastik hikoyalar yozgan edi. Aytilganidek, uning fantastikasi ishonarsiz oldi-qochdi syujetlardan holi ekanligi bilan va zamona ilm-fanining real holatiga tayanib bayon qilinishi ajralib turar edi. 1939 yilda u o‘zining robotlarga bag‘ishlangan ilk hikoyalarini yoza boshlaydi. Chunonchi, «Robbi» (1939), «Yolg‘onchi» (1941) asarlari bilan, amalda robot-texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos solgan. Uning mazkur asarlardan boshlab shakllantirib borgan fikrlari, robot texnikasi uchun o‘ziga xos qonuniyatlar sifatida yoyila boshlagan. Xususan, «Yolg‘onchi» hikoyasi, odam fikrini o‘qiy oladigan robot haqida bo‘lib, u zamonaviy yolg‘on detektorlari va sun’iy intellekt sohalari paydo bo‘lmasidan ancha avval, ushbu sohalar taraqqiyotidan insoniyat uchun kutilayotgan naf va zarar haqida ma’lumotlar bergan edi.

32
Ayzek Azimovni o‘z mamlakati chegaralaridan ham tashqarida, butun dunyoda katta shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan asari ham aynan robotlar haqida bo‘lgan. «Men-Robot» deb nomlangan ushbu asar, undan avvalgi, boshqa yozuvchilar qalamiga mansub bo‘lgan robotlar haqidagi asarlardan tubdan tafovut qilib, asosan odamzotga qarshi kurashuvchi mexanik maxluqlar haqida hikoya qiluvchi boshqa mualliflardan farqli o‘laroq, Azimov robotlarni odamzotning yaqin yordamchilari, og‘irini yengil qiluvchi ko‘makchilari sifatida tasvirlaydi va robot-texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘plab amaliy g‘oyalar ulashadi. Azimov asarlaridagi robotlar, aytish mumkinki, ba’zi o‘rinlarda o‘z xo‘jayilaridan ko‘ra insonparvar va odamiyroq bo‘lishadi. Barchamiz sevib tomosha qilgan «Ikki yuz yoshli odam» filmi ham, Azimovning shu nomli asari asosida suratga olingan.1
Ilmiy-fantastika janrida anchayin barakali ijod qilgan Ayzek Azimov, 1958 yildan boshlab asosiy e’tiborini ilmiy-ommabop yo‘nalishga qaratadi. U o‘z professional sohasi bo‘lmish kimyoga oid «Uglerod dunyosi», «Azot dunyosi», «Kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi» kabi ilmiy-ommabop asarlarni, shuningdek, astronomiya, dinshunoslik, tarix, geografiya, atamashunoslik, genetika, biologiya va shunga o‘xshash, xullas ilm-fanning juda turli tuman yo‘nalishlariga oid bir necha kitoblarni yozib nashr ettiradi.
Azyek Azimov jami bo‘lib 500 dan ziyod turli nomdagi asarlarning muallifidir. U ilmiy-fantastika va ilmiy-ommabop adabiyotlar vositasida, zamonaviy dunyodagi insonparvarlik va bag‘rikenglik masalalariga urg‘u berib, odamlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar orasida adovatni yo‘qotish, o‘zaro ishonch va do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga chorlaydi. Yozuvchi jumladan shunday degan edi:
«Insoniyat tarixi shunday nuqtaga yetib keldiki, bundan buyog‘iga odamlarning o‘zaro adovat qilishlariga mutlaqo haqqi yo‘q. Yer yuzidagi barcha insonlar o‘zaro do‘stona yashashlari lozim. Men doimo o‘z asarlarimda shunga urg‘u berishga intilaman... Albatta, men barcha odamlarni bir-birlarini yaxshi
1Fiedler, Jean; Mele, Jim. Isaac Asimov. – P.: New York. 2006.- P. 57-59.

33
ko‘rishga majburlash mumkin deb o‘ylamayman, lekin men odamlar orasidagi hasad va adovatning butunlay yo‘qolishini istar edim. Va men o‘ta jiddiy asos bilan shunday hisoblaymanki, shubhasiz ilmiy-fantastika bu – odamlarning o‘zaro birlashishi yo‘lida yordam beradigan muhim vositalardan biridir. Biz ilmiy-fantastik asarlarda ko‘tarib chiqadigan muammolar, aslida butun insoniyatning muammolaridir. Shu tarzda, fantast-yozuvchi, fantastika mutolaachisi va fantastikaning o‘zi ham insoniyatga xizmat qiladi.»1


Ayzek Azimov Amerika va jahon ilmiy-fantastik va ilmiy-ommabop adabiyotiga qo‘shgan xissasi uchun ko‘plab mukofotlar va sovrinlar bilan taqdirlangan. Xususan u 6 bora «Xyugo» mukofotiga, 2 bora «Nebyull» mukofotiga va 3 bora «Lokus» jurnali mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Uning ko‘plab asarlari asosida mashhur kinofilmlar ishlangan. Yozuvchining asarlari jahonning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va millonlab adadda qayta-qayta nashr etilgan. Jumladan, jahonga mashhur ushbu fantast-yozuvchining asarlari orasida o‘zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bor. Uning «Koinot oqimlari» romani hamda, qator hikoyalari o‘zbek fantast yozuvchisi Ozod Mo‘min tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Bundan tashqari, o‘znet tarmog‘ida Azimov ijodidan yana ko‘plab havaskor tarjimalarni uchratish mumkin.2
Ajoyib fantast va imliy ommabop asarlar yozuvchisi Azyek Azimov 1992 yil 6-fevralda Nyu Yorkda vafot etgan. Uning sharafiga 1981 yilda kashf etilgan kichik sayyora (asteroid)ga (5020)Asimov nomi berilgan.
Quyida Ayzek Azimovning ilmiy farazlari berilgan bolib, ularning ko`pchiligi hozirda ilmiy tasdig`ini va isbotini topgan. Kelajak texnologiyalari qandaybo`lishi haqida o`zining tasavvurlarini yozgan va ularning deyarli barchasi olimlar tomonidan yaratilgan, hozirda har bir xonadonda bu texnologiyalarni ko`rishimiz mumkin. Qiziqarli ilmiy farazlari hozirgi kungacha o`zining ilmiy ahamiyatini yo`qotgan emas.

1Isaac Asimov: The Foundations of Science Fiction. –P.: 1982. –P.201.

2White, Michael (2005). Isaac Asimov: A Life of the Grand Master of Science Fiction. –P.: Carroll & Graf Publishers. –P .78-79.

34
«…BUTUN DUNYO, HATTO ANTARKTIDAGA HAM QO’NG’IROQ QILISH MUMKIN…»


«Elektronika odamlarni zerikarli ishlardan xalos etadi. Oshxonadagi maxsus qulayliklar ovqatni avtomatik tarzda tayyorlay oladi: qahva, qoqnon, quymoq yoki qovurilgan go’shtni ham. Nonushta kechqurun buyurtma qilinadi va ertalab aytilgan vaqtda tayyor turadi».
Aytilganidek bo’ldi.To’g’ri, sobiq sho’ro mamlakatlari aholisi iste’molida qahva tayyorlovchi mashina, quymoq pishirgich, mikroto’lqinli pech va boshqa elektron ro’zg’or anjomlari shaklidagi tamaddunmahsullari G’arbdan ko’ra kechroq paydo bo’ldi.Ammo endilikda har bir mamlakatdagi hatto o’rtamiyona ro’zg’or ham ulardan foydalana oladi.
«Masofaviy muloqot nafaqat tovushda amalga oshiriladi, balki siz suhbatdoshingizni xuddi qarshingizda o’tirganday ko’ra olishingiz mumkin.Buning uchun aloqa uskunalari gaplashishdan tashqariko’rish imkonini ham beradigan maxsus ekran bilan to’ldiriladi.Shu bilan birga, yo’ldosh aloqa sharofati bilan butun dunyo bo’ylab, hatto Antarktidaga ham telefonda bog’lanish imkoni tug’iladi»
Bu ham to’ppa-to’g’ri. Bugun har bir maktab o’quvchisi skayp, videokonferentsiya nimaligini yaxshi biladi.Bolalar hatto bu borada ota-onalariga saboq berishayapti.Bobo-buvilarni-ku, gapirmasa hambo’ladi.
Mobil telefonlar haqida ham Azimov to’g’ri aytgan. «Robotlar hali takomilning yetarlicha yuksak bosqichiga yetmagan bo’lsa-da, faol qo’llana boshlaydi».
Ha, endi teleyangiliklarning har bir sonida albatta jahon robot texnologiyasiga oid xabarlar tilga olinayapti. Robotlar amalda fan va texnikaning barcha sohalariga kirib bordi. Ehtimol, kun kelib, “Terminator. Mashinalar isyoni» fil`mi stsenariysi haqiqatga aylansa, ajab emas…”
2014 yilda moslamalar o’zaro simsiz bog’lanadi.Bunga erishish uchun qurilmalar uzoq muddatli radioizotop asosida yaratilgan quvvatlagichlar yordamida ishlaydi”.Mobil aloqa uskunalari, noutbuk, ratsiyalar — bu ro’yxatni istagancha davom ettirish mumkin — bugun ko’plab ishlab chiqarilayotgan,

35
o’zaro simsiz bog’lana oladigan o’sha moslamalardir. Hali yana bundan yaxshiroqlari ham kashf etilishi tayin.


«ROBOT-MIYAGA EGA AVTOMOBILLAR PAYDO BO’LADI…» «Avtomobil yo’llari 2014 yilda dunyoning ko’plab rivojlangan hududlarida
o’zining taraqqiyot nuqtasiga erishadi. Odam va yuk tashish asosan havoda amalga oshiriladi. Bu faqat samolyotlar emas, yerda yuradigan transport vositalari ham taxminan yerdan bir metrcha yuqorida harakatlana oladi».
Rivojlangan mamlakatlarda yo’l qurilishining rivojlanishi havas qilgulik. Megapolislardagi avtobanlar ba’zan shu qadar yuqoriga ko’tariladiki, piyodalar avtomobillar oqimini kuzatishni istashsa, do’ppilari tushib ketadi.
«Robot-miyali avtomobillar paydo bo’ladi va odamsiz istalgan yo’nalishda harakatlana oladi».
Odamning mutlaq ishtirokisiz harakatlanadigan avtomobil haligacha yo’q.Balki biror joyda tajriba namunasi yaratilgandir, biroq bunday mashinalar hozircha iste’molga chiqarilmagan. Shunday bo’lsa-da, avtonavigator haqida hamma eshitgan.
“Uch o’lchamli tasvirni haqqoniylikka maksimal darajada yaqinlashtirgan holda uzata oladigan shaffof kub shaklidagi ekranlar paydo bo’ladi”.
Azimov shaklda biroz yanglishadi — bizning ayfon-planshetga xos asrimizning texnika rivojida ekranlar yassi va tekis — xuddi daftar varag’i kabi. 3D-tasvir haqida esa aniq bashorat qilingan.
“Yer sharidagi odamlar soni 6,5 milliardga yetadi. AQShda 350 million aholi yashaydi. Insoniyat tug’ilish ko’rsatkichini nazoratga olish ustida jiddiy bosh qotirishiga to’g’ri keladi. Jahonda bu savolga alohida e’tibor bera boshlaydilar». Yer aholisi nemis fondi (DSW) ning ma’lumotlariga ko’ra, 2014 yilning 1 yanvarida sayyoramizda 7,2 milliard odam yashayapti. Bu hatto Azimov bashorat qilganidan ham ko’p.AQSH bo’yicha u deyarli adashmagan — hozir Amerikada 320 milliondan ziyod odam istiqomat qiladi. Tug’ilish ko’rsatkichi bo’yicha nazorat ham to’g’ri aytilgan, masalan, Xitoyda bu borada yuritiladigan siyosatni hamma biladi. Bu mamlakatda bolalar tug’ilishi allaqachon qonunan

36
rejalashtiriladi. Bugungi kunda Osmonosti yurti aholisining soni 1,34 milliard kishiga yetgan.


Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda G’arbda odatiy holga aylanayotgan «jinsiy inqilob»chilarning ozodligi va huquqlari ustida ham bosh qotirishayapti. Bu oila institutini parchalashga qaratilgan harakatdan boshqa narsa emas.
Ha, Isaak Yudovich (fantastning asl ismi-sharifi) haq, rostdan ham bu savolga butun dunyoda «alohida e’tibor» qaratishayapti…
«INSONIYAT ZERIKISHDAN QATTIQ AZOB CHEKYAPTI…» «Modomiki, 2014 yilda odamzot turli mashinalarga tobe bo’lar ekan, ta’lim
ham shu yo’nalishga qaratilishi kerak. Shunday ekan, o’rta ta’lim maktablarida albatta ikkilik sanoq tizimi o’rgatiladi, oliy o’quv yurti talabalari esa albatta zamonaviy Fortran tizimiga o’xshash komp`yuterlar tilini o’rganadilar». O, ha, Fortran izidan Si, Prolog, ML va boshqa tizimlar yuzaga keldi…
Ayzek Azimov yoshi to’rtdan endi oshganidayoq o’qishni o’rgangan. Maktabda o’qituvchilarini layoqati va noyob xotirasi bilan hayratga solardi. A’lo o’zlashtirishi maqtalar, biroq unga faqat bir e’tiroz ham bor edi — u darslarda ko’p gapirardi.
Bugun dasturlashning minglab tillari mavjud.Ayni paytda komp`yuter alifbosini bilmasdan turib, hech nima qilib bo’lmaydi, dasturchilik esa bugunning eng nufuzli kasblaridan biriga aylandi.
«Odamzot zerikish va turli depressiyalardan qattiq azob cheka boshlaydi. Bu jiddiy aqliy, hissiy va ijtimoiy zo’riqish natijasida kelib chiqadi. Oqibatda psixiatriya tibbiyotning eng muhim qismiga aylanadi».
Ko’rinib turibdiki, o’sha olis 1960-yillarda ham Ayzek Azimovga shunga o’xshash qandaydir holatlar ma’lum bo’lgan, aks holda bu qadar aniq bashoratni qanday izohlab bo’ladi? Zamonaviy dunyo haqiqatan ham aqldan ozayapti-ku, bugungi kunda «stress» tez-tez qo’llanadigan so’zga aylandi. Psixiatriya — tibbiyotning eng muhim qismi. Ha, shunday. Faqat bir farqi: ayrim davlatlarda odamlar arzimagan muammo bilan ham o’z psixoanalitigi yoniga yugursa, yana ayrim joylarda odamlar faqat sud qaroriga ta’sir o’tkazish uchungina ularga

37
murojaat qilishadi, chunki aqliy nosog’lik haqidagi hukm muqarrar jazodan qutqarib qolishi mumkin…


Azimovning ushbu fikrlarida aytilgan kashfiyotlar bugun juda sodda, yana ba’zilari kulgili ham ko`rinadi. Biroq yozuvchining karomatgo`yligiga shubhayo`q. uning aytgan farazlari hayotda o`z aksini topmoqda.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin