Mavzu: fantastik adabiyot tabiati mundarija kirish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI ....

Kurs ishing maqsadi: Ingliz tili— ilm-fan, adabiyot va zamonaviy texnologiyaning turli tarmoqlariga keng yo`l ochib beruvchi xalqaro tillardan biridir. Ingliz tilini puxta egallash bizga dunyo taraqqiyoti bilan bir qatorda bo`lishga, yutuqlarimizni global miqyosda namoyish qilishga imkoniyatlar yaratib beradi.
Kurs ishining vazifalari: Xorijiy tillarni o`rganish nafaqat shu tilda so`zlashish imkoniyatini balki, mazkur mamlakatlarning madaniyatidan, tarixidan, urf-odatlaridan, adabiyotidan haqida bilim egallash imkonini ham beradi. Jumladan, “Adabiyot— millat ko’zgusi” bo`lib, shu millatning turmush tarzini, ularning kechinmalarini, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritib beruvchi ko`zgudir. Ingliz adabiyoti xazinasi mashhur yozuvchilar va ularning jahonga mashhur shoh asarlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek o`zbek adabiyoti ham uzoq tarixga, boy ma’naviy merosga ega bo`lib, dunyoga mashxur shoirlar va adiblarni yetishtirgn. Quyida biz adabiyotga mustaqil janr sifatida yangi kirib kelgan – ilmiy fantastika janrining ingliz va o`zbek adabiyotiga qanday kirib kelgani va uning mashxur namoyondalari haqida so`z yuritamiz. Ilmiy fantastika janrini ingliz va o`zbek adabiyotidagi o`rnini tahlil qilish uchun ingliz yozuvchisi Ayzek Azimov va o`zbek adibi Hojiakbar Shayxov hayoti va ijodiy faoliyatini o`rganish zarurligini angladik.

1 Karimov I.A “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-1875-sonli qarori. –T., 2012. “Ma’rifat” gazetasi № 99. –B.1-2.

3
I BOB. JAHON ADABIYOTIDA ILMIY FANTASTIKA JANRINING PAYDO BO`LISHI VA RIVOJLANISHI


1.1. Ilmiy fantastika janrining jahon adabiyotidagi o`rni


Fantastika janri xayoliy g’oyalarga asoslanadi, lekin bunday g’oyalar ilm fan doirasida aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlarga asoslansa, o’z izohini topa bilsa buni bemalol ilmiy fantastika deb atay olamiz. Ko’plab adabiyotshunoslar, ilmiy tanqidchilar o’rtasida bu janrni ilmiy fantastika deb atash kerakmi yoki bu yo’nalishni fantastika tarkibiga kiritish to’g’risida turli bahslar necha yillar mobaynida davom etib kelmoqda. Lekin o’zbek adabiyotshunoslari bu janrni “ilmiy taxayyulot” deb atashgan. Shunga qaramay, ko’plab adabiy tanqidchilarning fikricha, ilmiy fantastika – ilm fan sohasidagi izlanishlarga asosanib, yirik kashfiyotlarning paydo bo’lishi, tabiatning yangi qonuniyatlarini ochish va hattoki jamiyatning yangi modellarini yaratish kabi yangiliklarni qamrab olishi mumkin.
Tor ma’noda olib qaraydigan bo’lsak, ilmiy fantastika ilm fan sohasidagi yangiliklar, yangi texnologiyalarning kashf etilishi, ularning g’aroyib imkoniyatlari, insoniyatga ijobiy va salbiy tomonlama ta’siri, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan paradokslarni o’rganadi. Shuningdek, bu janr ilmiy tasavvurlarimini uyg’otib, kelajak haqida, ilm fanning naqadar kuchli imkoniyatlari haqida o’rganishga majbur etadi.
Bu masalaga yanada kengroq qaraydigan bo’lsak, bu yo’nalish ilmiylikka asoslanadi, ertakona, afsonaviy g’oyalardan yiroq turgan holda, undagi voqea hodisalar ilohiy yoki qandaydir mo’jizaviy tushuntirishlarni emas, balki ilmiy isbotlangan asoslarni talab etadi.Hozirgi kungacha imiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar ko’lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolganKosmosga sayohat – ushbu yo’nalishda yozuvchilar Quyosh tizimiga yaqin bo’lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki sayyoramizga yaqin bo’lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek bu mavzu doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlari va shunga doir sarguzashtlari yoritib beriladi.
6
Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizga parallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – arixiy fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi.
Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez hodisalari tasvirlanadi.
Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy o`rin tutadi.Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning “Utopiya” romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar srasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli kuchlar ta`sirida rivojlanadi.
Ilmiy kashfiyotlarning keyingi taqdiri qanday kechadi? Insoniyat buni qanday kutib oladi? Bunday asarlar yozish ilmiy fantastikaning bir yo`nalishidir.G`aroyib ilmiy fantastik kashfiyotlar insoniyatning intellektual salohiyati mahsuli hisoblanadi.Robotlar, androidlar, mustaqil fikrlovchi kompyuterlar haqidagi g`oyalar zamonaviy ilmiy fantastik yo`nalishning asosiy mavzulari sanaladi.
Sayyoralar o`rtasidagi urushlar bunday g`oyalardagi asarlarda yerning asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi1
Ilmiy fantastika janrining bosh obrazi doim taraqqiy etuvchi, rivojlanuvchi inson timsolidir. Bu qahramon evolyutsion rivojlanuvchi, taraqqiy etuvchi odamning xuxsusiyatlarini o’zida namoyon etadi.

1. Чернышева. Т. Научная фантастика и современное мифотворчество И.: “Наука”. 1989. – Cтр. 25-27. 7
G’arbiy Yevropada Charlz Darvinning g’oyalari, naturalistik qarashlari kirib kelishi bilan insoniyatning olam haqidagi tasavvurlarida o’zgarishlar, ularning ma’naviy ruhiy olamidagi inqilobga sabab bo’di va bu ilmiy fantastikani yanada mukammalashib taraqqiy etishiga bog’liqdir. O’sha davrda ilmiy fantastik kitoblarda yozuvchilar o’zga sayyoraliklar haqida, ularning buyuk kuch qudrati haqida yozganlar. O’sha davr mualliflarining taxminlaricha, yerdan boshqa sayyoralarda yashovchi mavjudotlar yoki o’zga sayyoraliklar hozirda insoniyat bosib o’tayotgan rivojlanish bosqichida bo’lganlar, faqat ular bu taraqqiyot davrini tezroq bosib o’tishgan. Ularda bu evolyutsion rivojlanish davri tez amalga oshgan.
Ko’pchilik adabiyotshunoslar tahlillariga binoan ilmiy fantastika janri ilk marotaba amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po asarlarida ko’zga tashlangan.Uning ba’zi hikoyalari konseptual asosga ega, ya’ni inson faqat o’zi egallagan bilimlari yordamida tabiatning tushunarsiz, noaniq qonuniyatlarini ocha oladi.Uning bu qarashlari “Gans Haolyaning sarguzashtlari” nomli asarida o’z aksini topgan. Lekin Po hech qachon oddiygina ilmiy fantast yozuvchi bo’lishga harakat qilmagan, u fantastikaning boshqa yo’nalishida, “horror literature” yo’nalishida ijod qilgan.
Jahon adabiyotida birinchi professional fantast yozuvchi Jyul Vern hisoblanadi.Uning mashhur asarlari “Havo sharida besh hafta”, “Yer markaziga sayohat” kabilarning adabiyot ommasiga havola etilishi bilan ilmiy fantastika janri ham adabiyot olamida bir vaqtda paydo bo’lgan deb aytiladi.
Yevropa davlatlarida Jyul Vernning asarlari juda kata shuxrat qozondi. Uning adabiy qarashlari, adabiy elementlari reallikka “jyul verncha” yondashish yoki ilm fanni hamma narsaga qodir deb qarash kabi g’oyalarini yevropalik yozuvchilar o’z asarlarida qo’llashgan.bunday yozuvchilar sirasiga L. Bessennar, Jakolio va boshqalar.
XIX asrning 20 yillarida iste’dodli ingliz yozuvchisi Gerbert Vells ilmiy fantastika sohasida katta burilish yasadi.U jyul verncha qaashlarga, ijobiy optimistik yondashuvlarga psemistik ruh olib kirdi. Uning ijodining birinchi pallasida chop etilgan “Vaqt mashinasi”, “Doktor Maro oroli”, “Ko’rinmas

8
odam” va “Olamlar jangi” kabi asarlari ilmiy fantastika janrining mavzuiy rang barangligini yanada boyitdi.1


Hozirda bu yo’nalishning ijodkorlari asarlarida nafaqat Vellsning yoki Vernning g’oyalarini balki o’zlarining boy, turli tuman g’oya va qarashlarini zamon ruhiga moslashtirib, olib kirdilar. XX asrning boshlarida ijod qilgan yozuvchilarning asarlarida bizga parallel bo’lgan olamlar haqida yoki mutantlar haqida yozish keng tarqaldi.2
Hozirgi kungacha imiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar ko’lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolgan:
Kosmosga sayohat – ushbu yo’nalishda yozuvchilar Quyosh tizimiga yaqin bo’lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki sayyoramizga yaqin bo’lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek bu mavzu doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlari va shunga doir sarguzashtlari yoritib beriladi.
Vaqt mashinasi bilan sayohat mavzusi ilmiy fantastikaning eng ommalashgan mavzulardan hisoblanib, bunda vaqt mashinasi ixtiro qilinadi va kelajakka yoki insoniyat tarixiga nazar solinadi.
Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizga parallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – tarixiy fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi.
Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez hodisalari tasvirlanadi.
Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy o`rin tutadi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning “Utopiya” romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar srasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy

1Sterling, Bruce. Science fiction in Encyclopedia Britannica 2008 2 Осипов А. Н. Фантастика от «А» до «Я» М.:1999 – Cтр.198.
9
jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli kuchlar ta`sirida rivojlanadi.
Ilmiy kashfiyotlarning keying taqdiri qanday kechadi? Insoniyat buni qanday kutib oladi? Bunday asarlar yozish ilmiy fantastikaning bir yo`nalishidir. G`aroyib ilmiy fantastik kashfiyotlar insoniyatning intellektual salohiyati mahsuli hisoblanadi. Robotlar, androidlar, mustaqil fikrlovchi kompyuterlar haqidagi g`oyalar zamonaviy ilmiy fantastik yo`nalishning asosiy mavzulari sanaladi.
Sayyoralar o`rtasidagi urushlar – bunday g`oyalardagi asarlarda yerning asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi.1
Yuqorida sanab o`tilganlar hozirgi kundagi zamonaviy ilmiy fantastikaning yo`nalishlari hisoblanadi. Mazkur janrda yaratilgan istalgan kitobni o`qiganimizda yuqoridagi yo`nalishlarning birortasini sof holda uchratmaymiz. Ko`pchilik yozuvchilar mavzularni uyg`unlashtirgan holda asarlar yaratishadi, qay darajada mohiyatan bog`liqlikni tasvirlay olish adibning mahoratiga bo`liq. Misol uchun jahon adabiyotida mashhur asarlari ro`yxatiga kiruvchi Gerbert Vellsning “Oydagi birinchi odamlar” romanini oladigan bo`lsak, unda ilmiy kashfiyotlarni real hayotimizda qay tariqa qo`llash masalalari yoritiladi. Yoki “Kosmosga sayohat” asari antigravitatsion kemada Oyga uyushtirilgan sayohatlar haqida, shuningdek, uning jamiyatni modellashtirish yo`nalishidagi asarlarda aqlli odamlar davlati haqida yozilgan.
Mavzular xilma xilligi va asarlardagi g`oyalarning origilligiga qaramasdan, ilmiy fantastikada ijod qiluvchi yozuchilar 1910-yillarda asosiy mavzulardan chetlashib, ko`ngilochar mavzularda yozishni boshladilar. Jyul Vernning ma’rifatparvarlik g`oyalaridan, Vellsning ijtimoiylikka urg`u berilgan qarashlaridan chekindilar.

1 Невский, Б. А что, если бы? Альтернативная история как наука. — Журнал «Мир фантастики» № 10; июнь 2004

10
1914-yilda Vellsning “Ozod Olam” nomli asari chop etildi. Bu asarda atom urushlarini va dunyoning urushlardan so`ng bunyod bo`lgan achinarli manzarasini zamonaviy sivilizatsiyalar ichida tasvirlaydi. Biroq, fantast yozuvchilar tomonidan o`ylab topilgan emas, balki real urushlarni boshidan o`tkazgan kitobxonlar ijtimoiy muammolarni, qiyinchiliklarni, insoniyat ro`para kelayotgan azoblarni o`ylashni ham, ular haqidagi asarlarni o`qishni ham istashmadi. Shuning uchun 1920-yillarda Merit va Berrouzlar tomonidan yaratilgan ko`ngilochar asarlar kata muvaffaqiyat qozondi. Merit va Berrouzlarning asarlarini bemalol fantastika janriga xos deb atay olamiz, biroq ular asarlariga fantastik anturajlar yoki ilmiy tushuntirishlar berganlar.
1926-yilda “Amazing stories” jurnalining chiqishi ilmiy fantastika yo`nalishida tubdan burilish yasadi. Bu jurnalning muharriri Xyugo Gernsberg bo`lgan. Uzoq vaqt mobaynida aynan shu jurnal jahon fantastikasida haqiqiy bayroq bo`lib kelgan. A.Azimov, D.Villiyamson va Smitlarning hikoyalari mazkur jurnalda birinchi bo`lib chop etilgan.
Umuman olib qaraydigan, bu davrda horror fantastika janrining debochasi bo`ldi. Bu davrda Amerika qit’asida bu yo`nalishlar gullab yashnadi. Bu gullab yashnash davri ikkita asosiy odamlar R.Gavard va X.F.Lavkraftlarning faoliyati bilan bog`liq. Birinchisi keyingi fantastlar uchun poydevorni yaratgan. Bir vaqtning o`zida voqealarning an’anaviy tuzilishi va yangi personaj Konana Varvarlarni yaratdi. Uning ko`plab asarlarida haqiqiy ilmiy fantastik xususiyatlarni ko`ra olamiz, uning ko`plab qahramonlari o`zga sayyoraliklar bilan to`qnashadi. Lavkraftlar zamonaviy adabiy yo`nalish “qo`rqinchli adabiyotning” asoschisi desak to`g`ri bo`ladi, u birinchi jahon urushlaridan so`ng yuzaga kelgan epoxaning jalb etilishlariga, ma`naviy va diniy jamiyatning asoslariga e’tibor bermagan holda, bu unvonga rostanam arziydi.1
“Buyuk yunonlar” asarlarida insoniyatga tahdid solayotgan xavflar haqida yozadi. Uning qahramonlari buyuk qudratga ega kelgindilar, boshqa zamonlardan va olamlardan kelganlar yoki o`zga sayyoraliklar hisoblanadi. Ularning insoniyatga solayotgan xavfi haqida tasvirlanadi.
1Vanspankeren, Kathryn. Outline of American Literature – P.: Washington, 2006. – P.60-62. 11
1920-yillarga kelib, fantastik adabiyotda uchta asosiy yo`nalish ustunlik qildi: fantastika, ilmiy fantastika va “qo`rqinchli” adabiyot. Bu janrlar uchun maxsus jurnallar chop etila boshlandi. “Amazing stories” jurnali faqat ko`ngilochar ilmiy fantastik asarlarni chop eta bo`lsa, AQShda yana bir mashhur jurnal “Wizard tales” paydo bo`ldi.
1930-yillarni ilmiy fantastikaning “oltin davri” deb atashadi. Bunday nomga loyiq bo`lgan asarlar “Astounding science fiction” jurnalida chop etila boshlandi. Bu jurnalning muharriri Kampbellning xizmatlari tufayli bu yo`nalish ilmiylikka asoslandi va adabiyotning g`oyaviyligiga, ilmiy bilimlarning ommaviyligiga asoslandi.
Yevropada bu janr tug`ilgan bo`lsada, biroq bu davrda biroz oqsadi. Bir nechta fantastik asarlar paydo bo`lgan bo`lsada, bular kitobxonlar orasida katta shuhrat qozonmagan. Bu davrning jahonga mashhur mualliflari J.Roni – Fransiyada, G. Evers va E.Kisha – Germaniyada, K. Chapeka – Chexoslavakiyada ijod qilishgan.
Rus adabiyotida ilmiy fantastika alohida o`rin egallagan. Sovet adabiyotida yozuvchilar amerikalik ilg`or yozuvchilarning uslublarini o`zlashtirishgan. Biroq, bu davrda rus fantastikasi matnlari AQShning ko`ngilochar mavzudagi asrlaridan farq qilib, keskin satirik yo`nalishda kommunistik idealogiyani ifodalagan. Rus adabiyotida ilmiy fantastikani farqi shundaki, ko`plab klassik yozuvchilar realistik yo`nalishda ijod qilishgan. Ular orasida A.Tolstoy, M.Shaginyan, I.Erenburg, V.Katayevlar bo`lgan. Bu yozuvchilar orasida Belyayev eng sermahsul ijod qilganlardan hisoblanadi.1
Idealogik muhitning ustunligiga qaramasdan, rus adabiyotida ilmiy fantastika rivojlangan, biroq yozuvchilarning asosiy qismi tanqidga uchragan, ularning g`oyalari ta’qib qilingan.
Ilmiy fantastik asarlarni chop etuvchi jurnallarning muharrirlari sahifalarida paydo bo`layotgan istalgan bir asarning original fan g`oyalariga asoslangan bo`lishini nazorat qilishgan. Lekin bunga dogmatik yondashmaganlar. Amerikalik fantast va muharrirlar “ilmiylik” degan so`zga

1Бритников А.Ф. Отечественная научно-фантастическая литература –M.: 1917-1971г.-Cтр.120.

12
judayam keng ma`noda qarashgan. Shuning uchun ular chop etgan ba’zi hikoyalarni hozirda ilmiy fantastika bilan bog`ligini ko`rmaymiz. Muharrirlar uchun asosiysi, tahririyatga keltirilayogan asarlar ilmiy fantastikaning asosiy qonun-qoidasiga to`g`ri kelishi ya’ni fantastikaning boshqa yo`nalishlaridan farq qilib, mavjud olamga materialistik tushuntirilishlar berilsa, yetarli edi. Kampbellning fikricha, qandaydir ilohiy kuchlarning borligi haqidagi fikrlar avtomatik ravishda asarni ilmiy fantastikaning chegarasidan chiqarib tashlab, muallif uchun chop etilish imkoniyati eshiklarini yopgan.
Bunday qarashlarning chegaralanganligiga qaramasdan, muharrirlar fantastik adabiyotning gullab yashnashiga xizmat qilishdi. Shu davrni ingliz adabiyotida “oltin davr” deb atasak bo`ladi. “Astounding science fiction” jurnalining muharrirlari P.Xaylayn, T.Starjon, A.E.Van Vogt, L.Del-Rey kabi mualliflarni ijod sahnasiga chiqishiga katta yordam bergan.Ko`plab mashhur yozuvchilar faoliyatlarini boshqa jurnallarda boshlashgan bo`lsada, Kampbell tomonidan nashriyotga jalb etilgan va nashrning “yulduz”lariga aylanishgan. Bular qatoriga A.Azimovva K.Saymanlarni misol qilsak bo`ladi.
Amerika adabiyotida ilmiy fantastikaning “oltin davri” davom etayotgan paytda Yevropada bu yo`nalish Ikkinchi Jahon urushi oqibatlari tufayli harakatsizlik holatiga tushgan edi.AQSh adabiyotining ta’sirida Buyuk Britaniyada ham yozuvchilar o`z asarlarni yaratdilar.Bu yerda urushdan keying yillarda D.Uindem, A.Klark, D.Brannera, D.Kristofer singari yozuvchilar qiziqarli asarlar yaratdilar.
Shuningdek, 1950-yillarda Fransiyada ham bir nechta ajoyib fantast yozuvchilar ijod qilishni boshlashdi. R.Barjavel, F.Karsak, J.Kleyn, P.Bul kabi yozuvchilar ijod qilishgan, lekin ularning faoliyatini amerikalik yozuvchilarning keng ko`lamdagi ijodi bilan solishtirib bo`lmaydi.1
Shu o`rinda Polshalik fantast ijodkor Staninslav Lamaning ijodini aytib o`tish joizdir.U original ravishda judayam unumli ijod qilgan.Uning asarlarining ko`lami shu darajada kengki, uni aynan bir janrda ijod qilgan deb aytish qiyin.

1Sadoul J. Histoire de la science-fiction modern - P.:,1976. – P. 23-25. 13
1960-yillarga kelib, rus adabiyotida aka uka Boris va Arkadiy Strugatskiylar milliy fantastikaning yetakchi ijodkorlariga aylanishdi. Garchand uning birinchi asarlari 50-yillarning oxirida chop etilgan bo`lsada, lekin ular orasida eng muhimlari keying o`n yillikda yaratilgan va nashr etilgan. Aka uka ijodkorlar tomonidan yaratilgan “Asr yirtqichligi”, “Xudo bo`lish qiyin” kabi asarlarida murakkab axloqiy estetik va ijtimoiy masalalarni ko`tarib, real hayotdagi odamlarni fantastik holatlarda tasvirlashga harakat qilganlar. Aynan Strugatskiylarning asarlarida fantastikani “ilmiy g`oyalarni targ`ib etuvchi vosita” deb qarashdan fantastikani adabiyotning bir muhim yo`nalishi degan fikrga kelishdi. Ular fantast yozuvchilar orasida birinchilardan bo`lib fantastik g`oyani aniq bir maqsad deb emas,his tuyg`ularni, xarakterlarni va qahramonlarni fikrlarni ifodalovchi usul deb qarashgan.1
Buyuk Britaniyada ham bunday jarayonlar davom etgan.Adabiyotda bu harakat “Yangi to`lqin” deb atalgan.Bu harakatning ilk mualliflari D.Ballrad, D.Banner Angliyada, S.Dilini, T.Disha, X.Ellison, N.Spinrad kabilar AQShda ijod qilishgan.“Yangi to`lqin”ning yanada yorqin tarafdorlari ilmiy fantastika taraqqiyotida judayam radikal o`zgarishlarni kiritishdi.Hattoki ilar imiy fantastikani yangicha nomlashni taklif qilishdi. “Yangi to`lqin” idealogiyasi faol ravishda adabiyotning turli yo`nalishlarida zamonaviy yutuqlarini va uning eng oxirgi va avangard yo`nalishlarni o`zlashtirishdi. Bu harakatning tarafdorlari yangi tajribalar o`tkazishga, ularni asarlarida ifodalashga juda moyil edilar. Garchand, bu oqimning ijodkorlarining uslubi judayam keskin ko`rinsada, “Yangi to`lqin” inqilobiy hodisa bo`lib qolaverdi. Mazkur oqim ko`plab katta avlod yozuvchilarini mobillashishga, raqiblarining usullarini o`zlashtirishga, g`oyalar xilma-xiligini boyitishga majbur qildi.
“Yangi to`lqin”dan so`ng ingliz adabiyotida qalam tebratuvchi har bir ijodkor o`z asarida ilmiy fantastik g`oyalarni ifodalar ekan, ijod namunasining uslubiga va adabiy tuzilishiga alohida e’tibor berdi. Garchi “Yangi to`lqin” shovqinli va inqilobiy harakat bo`lsada, 1970-yillarning boshida bu harakat o`zidan sezilarli darajada katta o`zgarishlarni qoldirdi. Shundan so`ng

1БритниковА.Ф. Русский советский научно-фантастический роман - Л.:1970. – Cтр. 210. 14
adabiyotshunoslarning bu janrga nisbatan munosabatlari ham o`zgardi.Endilikda jahon adabiyotida yozuvchilar ilmiylik g`oyasini xuddi maqsad deb emas, balki adabiy usul sifatida ishlatishga harakat qilishdi.1
1970-yillarda jahon adabiyotining barcha fantast yozuvchilari asalarida matnlarining adabiyligiga e’tibor qaratishdi. “Yangi to`lqin”ning bunday yangi yondashuvlari endilikda bu oqimga mansub bo`lmagan yozuvchilari ham o`z asarlarida ishlata boshlashdi. Fantastlar eng zo`r narsalarni sintez qilishga intilishdi.“Oltin davr”da erishilgan yutuqlarni o`zlashtirishga kirishishdi. Misol uchun, F.Pola Vrataning romani 1978-yilda bir vaqtning o`zida fanatastika sohasida uchta yirik adabiy mukofotni qo`lga kiritgan bo`lib, uning asarlari original ilmiy g`oyalarga asoslangan hisoblanadi. Bu romanda kosmik kemalar haqida, o`zga sayyoralardan keladigan xabarlar haqida tasvirlanadi.Asosiy qahramon obrazi “Oltin davr”da yaratilgan asarlardagi ijobiy personajlardan tubdan farq qiladi. Bu davrga kelib ilmiy fantastikada feministik yondashuvlar paydo bo`ldi.2
1980-yillarning boshlariga kelib, ilmiy fantastikada gumanitar g`oyalar shakllana boshlandi.Va bu “Yangi to`lqin” harakatiga nisbatan yanada keng tarmoqli, xilma-xil yo`nalishga aylandi.Endilikda yozuvchilar o`z ishlarida insoniyatning ruhiy olamiga e'tibor bera boshlashdi, uning ichki olamidagi o`zgarishlarni tasvirlashga intilishdi. Bu yozuvchilar bir fikrda qat’iy turdilar: “Atrof muhitdagi istalgan transformatsiyalarga qaramasdan, insondagi yaxshi sifatlar o`zgarmaydi”. Judayam optimist ruhdagi gumanitar ilmiy fantastika yo`nalishi mustahkam harakatga aylanmadi, unga bo`lgan qiziqish tezda so`ndi.
So`nggi yillarda jahon adabiyotida yangi oqimlar va yo`nalishlar kirib kelmoqda. Xususan ilmiy fantastikada “Kiber Pank” oqimi kirib keldi. Bu harakat katta ta’sirga ega bo`lib, informatsion inqilobga aylandi. Bu yo`nalishdagi yozuvchilar kont madaniyatga, andegroundga e’tibor berishdi.Individualistik g`oyalar va adabiy tajribalar o`tkazish ommalashdi.“Yangi to`lqin”ning bunday elementlarini “Kiber pank” oqimi tarafdorlari hamdavom ettirishdi. Aholining katta qismi virtual olam bilan


1Ляпунов Б.В. В мире фантастики:обзор научно-фантастической литературы.- М.:, 1975. - Стр. 67. 2Гаков Вл. Виток спирали:Зарубежная научная фантастика 60-70-х годов И.: Москва 1980. - Стр. 45-47.
15
mashg`ul bo`lganligi uchun ular asarlarida kompyuterlashgan jamiyatni tasvirlashadi. “Kiber pank”ning mashhur namoyondalari V.Gibson, B.Sterling, R.Ryukerlar hisoblanadi.1
G`arb adabiyotida 90-yillarning oxirida va XXI asrning boshlarida yaratilgan ilmiy fantastik asarlarda eski uslublar, shakllar va erishilgan yutuqlardan foydalanilayotganini ko`rishimiz mumkin. Zamonaviy jahon adabiyotida ancha vaqt oldin qilingan adabiy “kashfiyotlar” modernizatsiya qilinmoqda, 20-yillarda ommalashgan uslublar qo`llanilmoqda.Misol uchun adabiyotga yangi kirib kelgan “kosmik opera” oqimi ilmiy fantastikada renessans davriga aylandi. Bu mavzu XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib, “Kosmosga sayohat” va “Planetalar urushi” kabi adabiy g`oyalarni qamrab olgan. “Kosmik opera”ning yangicha varianti hattoki muhim va biroz hazilomuz nomlandi – “barokko uslubidagi kosmoopera”. “Kosmik opera”ni yangilash uchun personajlar ustida qayta ishlandi. Mualliflarning asosiy e’tibori tushuntirish va detallarga, asardagi chalkash jumboqlar va tez te uchraydigan bema’ni kosmik g`oyalarga qaratildi. Biroq shunisi ma’lum bo`ldiki, keyinchalik “kosmik opera” taraqqiy etmadi, bu yo`nalish hamjahon adabiyoti ilmiy fantastikasida katta burilish yasay olmadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin