Adabiyot– bu keng ummon. Ummon tubidagi gavharlar turfa bo`lib,
o’zidan turlicha jilo taratadi. Ummon tubidagi gavharu marvaridlar qanchalik xilma xil bo`lsa, adabiyot ummonidagi janrlar ham durlar singari turfa. Quyida biz o`zbek adabiyoti uchun yangilik bo`lgan janr – fantastika haqida so`z yuritmoqchimiz. Fantastika atamasi yunoncha “pxatastika” so`zidan olingan bo`lib, taxayyul san’ati degan ma`noni anglatadi. Haqiqatda, real hayotda mavjud bo`lmagan faqat xayolot kuchi bilan yaratilgan narsa hodisalar tasviri fantastika deya nomlanadi. Garchand bu janr xayolot olaminig mahsuli bo`lsada, bunda real voqelikning izlari sezilib turadi.Chunki xayolot olami ham shu voqelikdan quvvat olib, parvoz qiladi.
O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafidinov Hojiakbar Shayxovni o`zbek adabiyotida ilmiy fantastika janrining qaldirg’ochlaridan deb ataydi.Shubhasizki, bu satrga duch kelgan o`quvchida savol uyg’onishi tabiiy.O`zbek adabiyotda H. Shayxovdan oldin fantastika bo`lmaganmi? Yo`q, bo`lgan. Fantastikani Xayolot deb ataydigan bo`lsak, xayolot inson tafakkurining bir umrlik hamrohidir. Xayolot ijod bilan tug’iladi, ya’ni fantastika bilan birga taraqqiy etadi. Ming yillar oldin yashagan ajdodlarimizning g`or devorlarida chizgan tasvirlari ham xayolot mahsuli, yoki xalq og;zaki ijodi namunalaridan o`rin olgan dostonlarimiz ham xayolot mahsulidir. Demak, fantastika ijod bilan uzviy bog’liq bo`lib, u bilan birga qadam tashlaydi. Jahon adabiyotining durdonalari sanalgan hind eposlari “Mahabxarata”, “Ramayana”, “Kalila va Dimna” ni, yoki arab ertaklari “Ming
1Сиротин А. Фантазии о прогрессе. – И.: Москва, 2013 г. – Cтр.62. 26
bir kecha” va ko`plab afsona va rivoyatlarni misol qilib keltirish mumkin. Yoxud yozma adabiyotda Firdavsiyning “Shohnoma”sida fantastika kuchidan foydalanilgan bo`lsa, Navoiy dostonlarida ham buy o`nalishdan keng foydalanilgan. Xulosa qiladigan bo`lsak, adabiyot xayolotsiz mavjud bo`la olmaydi. Fantastik asarlar esa aynan shu boy xayolot olamining mevasidir.Shunday ekan nega XX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan bir yozuvchini o`zbek ilmiy fantastikasining qaldirg’ochi deb ataymiz?Buning asosiy sababi shundaki, avvalari fantastika adabiyotning bir unsuri, tarkibiy qismi sifatida mavjud bo`lgan. Hozirda esa, bu yo`nalish adabiyotning har tomonlama mukammal, mustaqil bir qismi hisoblanadi, u o`z mavzular doirasi, tasvir vositalariga, usullariga ega bo`lgan alohida janr sifatida shakllandi. Chunki shu davrga kelib ilm fan taraqqiy etdi va uning jamiyat hayotidagi o`rni ortdi. Ilmiy Kashfiyotlar insoniyat hayotini tubdan o`zgartirib yubordi. Cheksiz qulayliklar, ilm fan yangiliklari yaratildi.Bu ixtirolar yengilliklar bilan birga jamiyat hayotiga xavf xatarlar ham olib keldi.Odamlar faqat bugungi kunga emas, kelajakka nazar tashlashni, kelgusida ro`y berajak voqelarni bilishga, o`rganishga qiziqdilar. Bunday kuchli qiziqish fantastik adabiyotning gullab yashnashiga xizmat qildi. XX asrning o`rtalarida jahon adabiyotida bu janr rivojangan bo`lsa, o`zbek adabiyotida biroz kech bo`lsada 60-yillarning oxirida kirib keldi. Endilikda fantastika adabiyotimizda o`z xususiyatlariga ega bo`lgan, mustaqil janr sifatida shakllandi. Agar biz bu boshlang`ich davrni fantastikaning bahori deb ataydigan bo`lsak, Hojiakbar Shayxov bu yo`nalishning qaldirg`ochi sanaladi.1 O`zbek adabiyotida ilmiy fantastika yo`nalishi XX asrda rivojlangan. Yangi o`zbek adabiyotida fantastika unsurlaridan keng foydalanish ilk bor Abdurauf Fitratning “Qiyomat”, “Abulfayzxon”, Abdulla Qahhorning “Qabrdan tovush”, X.Do`stmuhammadning “Jajman” kabi asarlarida kuzatiladi. Shuningdek o`zbek adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyotni rivojlantirishda Xudoyberdi To`xtaboyev, Tohir Malik kabi adiblarning xizmatlari katta bo`ldi.
1Shayxov H. “Tutash olamlar” So`z boshi: O. Sharafiddinov, - T.: “Sharq”, 2001. – B.3. 27
Hojiakbar Shayxov o`zbek ilmiy badiiy fantastikasining asoschilaridan hisoblansada, lekin bu yo`nalishda yana bir nechta yozuvchilar ijod qilishgan.1 Hozirda zamonaviy o`zbek adabiyotida ijod qilayotgan ilmiy fantast yozuvchilarning yaratgan asarlariga bo`lgan talab avvalgi yillarga qaraganda ancha yuqori. Shu yillarda yozuvchilarimizning asarlari nafaqat O`zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham katta nusxalarda chop etilmoqda. Hozirda jahon adabiyotiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ilmiy fantastika yo`nalishi juda taraqqiy etgan va kundan kunga gullab yashnayotgan janrlardan biri hisoblanadi. O`zbek adiblarimizning ham mazkur yo`nalishdagi asarlari kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan o`qilmoqda va mukammal tarzda rustiliga tarjima qilinmoqda. Ilmiy fantastika janrida ijod qolayotgan yozuvchilarimizdan Abduqayum Yo`ldoshev, Mavlyuda Ibragimova kabilarining asarlari Rossiyaning “Sharq Yulduzi” (Zvezda Vostoka) jurnallarida chop etilmoqda.
Xususan, Abduqayum Yo`ldoshev tomonidan yaratilgan “Puankare” nomli asarini ilmiy fantastik asarlar qatoriga bemalol kiritish mumkin. Uning hayoti va ijodi haqida to`xtaladigan bo`lsak, Abduqayum Yo`ldoshev 1962-yilda Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanida tug`ilgan. O`rtamaktabni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida bitirgan. Toshkent Politexnika institutida o`qigan. “Sirli olam”, “Yoshlik” jurnallari, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” gazetalarida ishlagan. Ayni paytda “Adolat” gazetasida xizmat qiladi.1993-yildan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Abduqayum Yo`ldoshev “Timsohning ko`z yoshlari”, “Parvoz”, “Bir tun va bir umr”, “Alvido go`zallik”, “Bankir”, “Katta o`yin” singari nasriy kitoblarni chop etgan. “Kichkina odamlar”, “Uqubat”, “Qadamlar” badiiy filmlarining, “Hayot jilg`alari”, “Sinov”, “Odamlar orasida” seriallarining ssenariy muallifi hisoblanadi. Uning mashxur “Puankare” hikoyasi asosida O`zbek Davlat Drama teatrida “Hayot formulasi” nomli spektakl sahnalashtirilgan.2