3.3. H.Shayxov va A.Azimov asarlaridagi o`xshash va farqli jihatlari Hojiakbar Shayxov va Ayzek Azimov ilmiy fantastika yo`nalishining
yorqin namoyondalaridan hisoblanishadi. Ayzek Asimov ingliz adabiyotining imiy fantastikasini yuqori pog`onalarga ko`targan bo`lsa, Hojiakbar Shayxov esa o`zbek adabiyotiga bu janrni olib kirganlardan hisoblanadi. Ikkala yozuvchining ham o`z yozish uslubi, texnikasi bor. Quyida ikkala adibning kichik hikoyalari orqali ularning asarlaridagi o`xshash va farqli xususiyatlar tahlil qilanadi.
Ayzek Azimovning “The fun they had” hikoyasi zamonaviy ilmiy fantastika sohasida yaratilgan bo`lib, asosiy voqealar 2157 yilda, kelajak hayotda sodir bo`ladi. Hikoyaning bosh g`oyasi ta’lim jarayoniga texnologiyaning ta’siridir. Bu hikoya utopik ruhda yaratilgan bo`lib, biroq asosiy qahramonlar tomomidan tahlil qilsak, distopik kayfiyatda yozilganini sezish qiyin emas. Chunki hikoya mobaynida bosh qahramonlar o`tmishga, biz yashayotgan davrga, sayohat qilishadi, maktabda, sinfxonalarida o`tirib birgalikda tahsil oladigan o`quvchilarga havas qilishadi. Lekin butun hikoya texnologiya va uning o`quvchilar ta’lim olishiga qanday ta’sir ko`rsatishi, uning ijobiy va salbiy oqibatlari atrofida aylanadi.1
Matnning asaiy nuqtasi shundaki, asar muallif tomonidan hikoya qilinadi, matn ko`chirm gaplardan va qisqa dialoglardan tashkil topadi. Hikoyadagi asosiy kayfiyatni aniqlash uchun asosiy qahramon – mexanik o`qituvchiga berilgan ta’rifni o`qish kifoya:
“He was a round little man with a red face and a whole box of tools with dials and wires. He smiled at Margie and gave her an apple, then took the teacher apart. Margie had hoped he wouldn't know how to put it together again, but he knew how all right, and, after an hour or so, there it was again, large and black and ugly, with a big screen on which all the lessons were shown and the questions were asked. That wasn't so bad.”
1The Best of Isaac Asimov “The fun they had”. P.:1973 –P. 25-27. 43
Muallif so`zlashuv nutqidan va jargon so`zlardan foydalanishi – hikoyani real hayotga, odatiy turmush tarzi holatlariga yaqin qilib tasvirlaydi:
“ Gee, I guess, betcha”
Matn uchta mantiqiy qismlardan iborat.Hikoyaning birinchi qismi qog`oz kitob topib olgan ikki bolaning tasviri bilan boshlanadi.Bu ular uchun kichik kashfiyot singari tuyuladi. Margie hattoki, kitob topin olgani haqida o`zining kundaligiga qayd etib boradi:
“Margie even wrote about it that night in her diary. On the page headed May 17, 2157, she wrote, "Today, Tommy found a real book!"1
It was a very old book. Margie's grandfather once said that when he was a little boy his grandfather told him that there was a time when all stories were printed on paper.“
Shuni ta’kidlab o`tish joizki, hikoyadan o`rin olgan voqealar kelajakda 2155-yilda yuz beradi, shuning uchun tarixga aylangan noyob kitobni topib olish, tadqiq etish uchun judayam qiziqarli obyektga aylanadi. Asar qahramonlari Tommi va Margie bir necha asr ilgari odamlar o`quvchilar mutolaa qilgan kitobni o`qishga kirishadi.
Muallif hikoyada ba’zi so`zlarni aynan ajratib ko`rsatish orqali ularning ma’nosini kuchaytirishga harakat qiladi. U bu usul bilan kitobxon e’tiborini har bir jumlaga yanada ko`proq qaratishni istaydi.
Margiening bobosi aytib berishicha, u yosh bo`lgan paytlari uning bobosi o`zi o`qigan paytlarni aytib beradi va o`shanda itoblar qog`ozda chop etilganini hikoya qiladi. Hikoyaning aynan shu qismidagi holatlardan kelib chiqadigan bo`lsak, hikoya ancha yillar oldin yuz berganini bilish mumkin. Bosh qahramonlarning bir biriga nisbatan do`stona munosabatini ularning o`zaro muloqotlaridan bilsak bo`ladi.
Muallif tomonidan hikoyaga yangi atama “telebook” kiritiladi va birinchi marta adabiyotda ishlatilgan.
1The Best of Isaac Asimov “The fun they had”. P.: 1973 –P .25-27. 44
Hikoyaning ikkinchi qismi 2157-yildagi o`qitish jarayoniga bag`ishlanadi. Shu qismning ilk satrlaridanoq Margiening o`qishga, maktabga bo`lgan munosabatini bilish mumkin:
"Gee," said Tommy, "what a waste. When you're through with the book, you just throw it away, I guess. Our television screen must have had a million books on it and it's good for plenty more. I wouldn't throw it away."
"Same with mine," said Margie. She was eleven and hadn't seen as many telebooks as Tommy had. He was thirteen. She said, "Where did you find it?" "In my house." He pointed without looking, because he was busy reading. "In the attic." "What's it about?"
"School."Margie was scornful. "School? What's there to write about school? I hate school."1
Margie mexanik o`qituvchini yomon ko`radi, elektron muallimga bo`lgan munosabati o`quvchini ilhomlantiradi. Hikoyani o`qish barobarida muallif tomonidan o`rtaga tashlanayotgan muammoga duch kelamiz. Bu bolalarning o`zlashtirish darajasining pastMargie always hated school, but now she hated it more than ever. The mechanical teacher had been giving her test after test in geography and she had been doing worse and worse until her mother had shaken her head sorrowfully and sent for the County Inspector.ligi va ularning o`qishga bo`lgan ishtiyoqining yo`qligidir.
“Margie always hated school, but now she hated it more than ever. The mechanical teacher had been giving her test after test in geography and she had been doing worse and worse until her mother had shaken her head sorrowfully and sent for the County Inspector.”
“The part Margie hated most was the slot where she had to put homework and test papers. She always had to write them out in a punch code they made her learn when she was six years old, and the mechanical teacher calculated the mark in no time”
Buning isbotini Graflik Inspektori Margiening mexanik o`qituvchisining bilim darajasini 10 yoshlik bola bilan tenglashtirib qo`yganida yaqqol ko`rishimiz
1The Best of Isaac Asimov “The fun they had”. P.: 1973 –P .25-27.
45
mumkin. Qizaloq 11 yoshda bo`lsada, uning o`zlashtirish ko`rsatkichi ancha past, tengdoshlaridan orqada qolgan:
“The Inspector had smiled after he was finished and patted Margie's head. He said to her mother, "It's not the little girl's fault, Mrs. Jones. I think the geography sector was geared a little too quick. Those things happen sometimes. I've slowed it up to an average ten-year level. Actually, the over-all pattern of her progress is quite satisfactory." And he patted Margie's head again.”
Hikoyaning shu qismi bilan yozuvchi kelajakda yaratilajak ta’lim texnologiyalarining qanday natijalar berishini oldindan bashorat qilayotgandek go`yo. Bosh qahramon Margiening o`qituvchiga nisbatan salbiy munosabatini sezish qiyin emas. U maktabni ham, katta qora xunuk o`qituvchiniyam yomon ko`radi. To`g`ri, balki bu munosabat hozirda tabiiy hol bo`lib ko`rinishi mumkin, biroq bu kelajak avlodlarning ta`lim olishga bo`lgan munosabati yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uchinchi qism “Centuries ago” deb nomlanadi, o`quvchilar ta’lim tizimiga bo`lgan munosabatlarini bildirishadi. Ular uzoq bahs yuritish mobaynida mexanik o`qituvchi yaxshimi yoki odam o`qituvchimi, mexanik o`qituvchi aqlliroqmi yoki odam o`qituvchimi deya ko`p mulohaza yuritishadi.
“Margie was hurt. "Well, I don't know what kind of school they had all that time ago." She read the book over his shoulder for a while, then said, "Anyway, they had a teacher."
"Sure they had a teacher, but it wasn't a regular teacher. It was a man." "A man? How could a man be a teacher?" "Well, he just told the boys and girls things and gave them homework and asked them questions." "A man isn't smart enough." "Sure he is. My father knows as much as my teacher." "He can't. A man can't know as much as a teacher." "He knows almost as much, I betcha."
Margie wasn't prepared to dispute that. She said, "1 wouldn't want a strange man in my house to teach me."
Tommy screamed with laughter. "You don't know much, Margie. The teachers didn't live in the house. They had a special building and all the kids
46
went there." "And all the kids learned the same thing?" "Sure, if they were the same age."
Hikoyani o`qir ekanmiz, yosh bolalarning bemalol tanqidiy mulohaza yuritayotganiga duch kelamiz.Qizaloq o`qituvchi mashina simgari yaxshi ta’lim bera olishiga ishonmaydi.Bu qismda qahramonlarning hissiyotlari ancha erkin bildirilgan, ularning o`zaro suhbatlarida ham o`qish mumkin.
Ayzek Asimov bu hikoyani o`qigan barcha kitobxonlarni kelajakda insoniyat ro`para bo`lishi kutilayotgan muammoga qaratadi. Yaxshilab o`ylab qarasak, XX asr o`rtalarida yozilgan bu hikoyaga juda dolzarb mavzu tanlangan.Agar texnologiyalar, kashfiyotlar shunday davom etaversa bu insonlar o`rtasidagi munosabatlarga chek qo`yadi. O`quvchilar doim uyda mexanik o`qituvchidan ta’lim olishadi, o`zaro do`stlik, mehr oqibat tuyg`ulari, bilim olishga ishtiyoq yo`qoladi. Shu g`oyalar orqali kelajakda xavf haqida baarchamizni A.Azimov yarim asrdan oldinroq ogohantirgan.
Hojiakbar Shayxov ham ilmiy fantastikada barakali ijod qilgan. Uning ko`plab hikoyalari kosmik kemalar ishtirokida, o`zga galaktikalardagi hayotni tasvirlaydi. Uning “Sirli nur”, “Pushtirang falokat”, “Birinchi sinov” kabi hikoyalari ilmiy fantastika janridagi eng yaxshi hikoyalar sifatida tan olingan.Shayxov hikoyalari ilmiy fantastikaning “kosmosga sayohat” yo`nalishida yozilgan bo`lib, undagi voqealar samokezar kemalarning kosmosga uyushtirgan sayohati, o`zga sayyoraliklar, ularning hayot tarzi yoxud ularning insoniyatga, yer kurrasiga qanday ta`sir ko`rsatishi kabilar yoritiladi. Adibning oi`ziga xos yozish uslubi mavjud bo`lib, o`zbek adabiyotidagi birorta ijodkorga taqlid qilmaydi. Hikoyalarida ilm fanning kelgusida erisha olishi mumkin bo`lgan kashfiyotlari bayon etiladi.1
Shayxovning “Sirli nur” hikoyasi yilda chop etilgan. Bu hikoya “Ulug`bek” yulduzkezar kemasining kosmosga, yerdan 1500 metr balandlikda uyushtirilgan sayohati haqida. Hikoyaning bosh qahramonlari fazogir Davron Sharipov va
1O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. “Sh” harfi –T.: Toshkent. 1997. –B.14-15. 47
“Ulug`bek” samoviy kemasining bosh komandiri, “Ziyo” yulduzidagi shaharda yashovchi ziyoliklar. 1
Hikoya razvedkachi yosh fazogirning Pluton sayyorasi yaqinidagi sirli nurga guvoh bo`lishi va uning izidan borishi bilan boshlanadi.Fazogir uzoqdan taralayotgan nur orqasidan tushadi.U yerda g`aroyib shaharga duch keladi. Kema komandiriga o`zi ko`rayotganlari haqida xabar beradi:
“O`zga sayyora shahri! Nihoyatda yuksak qilib qurilgan to`g`ri formadagi tsilindrlarni ko`ryapman. Asosining diametri taxminan yuz metrga teng bu inshootlar turar joy binolari bo`lsa kerak. Har bir tsilindr tepasida gorizontal yo`nalishda va turli balandlikka ega spiralsimon «butoqlar» bor. Ularning havoda muallaq turgan eng chekka qismy qalin mis likopchani eslatadi. Binolar yigirma-o`ttiztadan alohida-alohida joylashgan. Har bir guruh markazida boshqacha shakldagi — sharsimon, prizmasimon, to`g`ri burchakli qurilmalarni ham ko`ryapman. Chor-atrof o`t-o`lan, dov-daraxtlar bilan o`ralgan. Albatta, agar qizil va jigarrang bargli bahaybat o`simliklarni daraxt deb atash mumkin bo`lsa. O`simliklar binolarning devor va pastki «butoqlari»gacha chirmashib ketgan.”2
Fazogir bu g`aroyib shaharga yaqinlashganidan juda hayratlanadi. Ziyo yulduzidan o`ziga xos signal olishdi. Bu g`royib nur fazogirga yo`l boshlaydi.Samo kemasi Pluton yaqinidagi kosmik zonaga qo`nadi.Bu yerda o`zga sayyoraliklarning sivilizatsiya o`chog`iga duch keladi. Fazogir uzoqdan kelayotgan qo`ng`izlar to`dasiga ro`para bo`lishadi.
“U kutilmaganda o`ziga kelib, keskin o`rnidan turdi-da, polga sakrab tushdi.O`sha zahoti tepadan yoqimli, uncha yorug` bo`lmagan nur taraldi.Arava yengil sirpanib, koridor bo`ylab nari ketdi. Past, xotirjam, ayni paytda yoqimli ovoz eshitildi:
— Xavotirlanmang. Siz har qanday xavfdan xolisiz. — Men qaerdaman?
— Siz Kibernetik Markazning bosh pultidasiz. — O`zingiz kimsiz?
1www.ziyouz.com
2www.ziyouz.com/taxayyulot turkumi “Sirli nur”/
48
— Kibernetik Markazning tovushga taqlid qiluvchi modulyatori. — Siz bizning tilimizni qaerdan bilasiz?
— Markaz uchun sizning tilingizni o`zlashtirish qiyin bo`lmadi. Ajablanarlisi shundaki, sizlar haligacha telepatiyani o`zlashtirib olmay, har biri ma’lum ma’noga ega bo`lgan «so`zlar» deb ataluvchi tovushlar yig`indisi yordamida o`zaro muloqat qilar ekansizlar.Tilingizni to`la o`rganish uchun Kibernetik Markazga sizning yulduzkezar kemadagilar bilan gaplashgan so`zlaringiz yozib olingan plyonkani bir necha daqiqa analiz qilib chiqish kifoya qildi.
”Ziyolik Davronni o`z shahriga taklif qiladi. Shahar avvalgidek tashlandiq holatda emas, biroq gullab yashnayotgan, nur va gullarga to`la holatda edi. Unda ishga, o`qishga odamlar shoshilib harakat qilishardi, hayot qaynayotgan, jonli sivilizatsiya davom etardi.Zinalar orqali fazogirni Meditsina Akademiya olimlari oldiga olib borishadi. Biroq u ziyoliklarning tashqi ko`rnishini ko`rib ajablanadi. Ular to`rt metrlik qomatga ega bo`lib, ilm fan bilan mashg`ul edilar.
“ -Bu Meditsina Akademiyasining bir guruh olimlari, - tovushga taqlid qiluvchi modulyatorning mayin ovozini eshigdi Davron.— Ular hozir xursand bo`lishyapti, chunki insonning umrini ming yilgacha uzaytirish mumkin bo`lgan preparat—aksilgenni sof holda ajratib olishga muvaffaq bo`lishdi. Afsuski, bu kashfiyot odamlarni baxtli qilmadi...“1
Hikoyaning bu qismida fazogir ziyoliklarning yaratgan buyuk kashfiyotlariga guvoh bo`ladi. Ular bir necha yillik ilmiy izlanishlar tufayli inson umrini uzaytiruvchi preparatni ixtiro qilishadi.Barcha ziyoliklarni shu vaksina bilan emlashdi.
“Ziyoning hamma meditsina muassasalari odamlarni aksilgen bilan emlashga kirishgan. Mana, birinchi baxti kulganlar! Ming yil yashovchi birinchi ziyoliklar!Aksilgen ishlab chiqarish bo`yicha alohida sanoat tarmog`i bunyod etildi. Aksilgenlar hammaga yetishi kerak! Hozir yashayotganlar va kelgusi avlodlar uchun!
Aksilgen bilan emlash go`yo odamzodning kayfiyati va tashabbusiga qamchi urganday bo`ldi. Odamlar o`zlarini xuddi boshqatdan dunyoga kelganday yosh
1www.ziyouz.com /taxayyulot turkumi “Sirli nur”/
49
va baquvvat his qilishdi. Kelajak uchun endi eng dadil rejalarni tuzish mumkin edi. Sayyora bo`ylab sarmast qiluvchi quvonch va zavq to`lqinlari taraldi. Biroq...”
Biroq bu ziyoliklarga o`zlari kutgandek baxt olib kelmadi. Agar aholi o`sishi shu sur`atda davom etsa, oziq ovqat va turar joy ehtiyojlarini qondirish uchun planetadagi barcha resurslar tugaydi. Ular katta muammolarga duch kelishdi, xoru zorlikda yashashlari mumkinligini hisoblab chiqishdi.Endigina ilm fanni rivojantirgan, boshqa yulduzlarga sayohat uyushtirishni rejalashtirayotgan ziyolik xalqiga bu vaksina baxt keltirmadi.Barcha aholini emlashgandan so`ng, ziyoliklar aholisi boshiga yangi bir dahshatli tashvish keldi. Endilikda ular aksilgen bilan sterilizatorning o`zaro chatishmasi – organizmning yangi xususiyati – naslsizlikni yuzaga keltirgandi.
Endi olimlar bu muammoga yechim izlashar, biroq allaqachon kech bo`lgandi. Xullas, ziyoliklar tushkun kayfiyatda bo`lishadi. Uar kasallik, ma’lum bir ofatlar tufayli qirilib ketishayotgandi.Ular Buyuk Kengashda barcha olimlarni to`plashadi va o`zaro qaror qabul qilishadi.Odamlar batamom o`lganlaridan keyin o`zga sivilizatsiya vakillarini taklif qilib, ular bunyod etgan sayyoralarida hayotni davom ettirishlarini istashdi. Shuning uchun ular avto robotlarni yaratib, sivilizatsiya a’zolarini ko`chirib keltirishga ahd qilishdi.
“Yer deb ataluvchi sayyoraning vakili! Miyangizning bioelektr maydonini hamda kemadagi materiallarni obdon o`rganib chiqib, yulduzkezar kema bilan aloqa paytidagi gaplaringizni, shuningdek bizning odamlarimiz halokati bilan tanishayotgan mahalingizdagi hatti-harakat va hissiyotlaringizni tahlil qilib, Markaz Yer.Sivilizatsiyasi olijanob va bizga nisbatan do`stona kayfiyatda, degan xulosaga keldi!
Ziyo sayyorasi endi shu daqiqalardan boshlab sizlarga tortiq etiladi!..”1 Hikoyaning aynan shu qismida yozuvchi fazogirni holatini tasvirlar ekan,
uning buyuk bir kashfiyot guvohi bo`lganini, insoniyat yaratgan ilm fanning qudrati shunday yuksak darajada ekanligini ko`rsatmoqchi bo`lgan. Insoniyat uchun boshqa sayyoralarda hayot kechirayotgan o`zga sayyoraliklarni o`rganish
1www.ziyouz.com /taxayyulot turkumi “Sirli nur”/
50
hamisha jumboq bo`lgan. Biroq bu hikoya orqali biz Ziyo yulduzi orbitasiga g`oyibona bo`lsada sayohat qildik. Lekin hikoyaning eng kulminatsion nuqtasi , bu o`zga sayyoraliklar o`zlari bunyod etgan sivilizatsiya o`chog’ini yerlik aqli raso insonlarga taqdim etishadi. Ular sirli yozuvlar orqali yerlik birodarlariga quyidagi vasiyatnomani qolidirishgan:
“Muhtaram qardoshlarimiz!
Biz, qachonlardir mag`rur va baxtiyor, hozir esa baxti qaro xalq Sizlarga hayotimizning eng so`nggi soatlarida murojaat qilyapmiz.
Bizning tsivilizatsiya hali yosh edi.Biz ko`p ishlar qildik.Yana ko`p ishlarni amalga oshirishimiz lozim edi. Bizda kuch, quvvat va iroda bor edi.
Biroq bizning kamchiliklarimiz ham yo`q emas edi. Bizni xudbinlik barbod qildi.
Inson abadiy emas, lekin insoniyat abadiy!
Biz ana shu oddiy haqiqatni unutib qo`ydik.Oqibatda shum taqdir ustimizdan achchiq hazil qildi.
Bizni endi hech narsa qutqara olmaydi.Biz abadiy yo`qlik qa’riga ketyapmiz. Biroq bizning hayot qaynagan go`zal sayyoramiz qolyapti. Buyuk inqirozimiz bo`sag`asida Sizlardan o`tinib so`raymiz: muqaddas sayyoramizni qarovsiz qoldirmang! Unda yashash uchun avlodlaringizni olib keling! Yurtimizda inson zoti, albatta, ulug`lanmog`i kerak! Zotan, faqat insongina uni kimsasiz, bo`m-bo`sh va o`lik sayyoraga aylanishdan saqlab qola olishga qodir!
Kibernetik Markaz Sizlarga bizning bilisharimiz va barcha energiya zapaslarimiz haqida ma’lumot beradi. Bu zapaslar sayyorani qayta oyoqqa turg`azish va uzoq asrlar davomida Sizlarni ta’minlash uchun yetib ortadi. Kibernetik Markazning o`zi bo`lsa, shu daqiqalardan boshlab to`la Sizning hukmingiz ostiga o`tadi.Planetamizda baxtiyor hayot kechiring!
Gohi-gohida Sizgacha yashaganlarni ham eslab qo`ying va hech qachon ularning xudbinlarcha qilgan xatosini takrorlamang!
Muhtaram do`stlar, Ona sayyoramizni seving! So`nggi soatlarimiz yetdi! Alvido!”
51
Bu hikoyani yozgan Hojiakbar Shayxov faqatgina o`zga sayyoralarda yashagan ziyoliklarni ilm fanni rivojlantirganlarini emas, balki bu obrazlar orqali insoniyatga murojaat qilmoqchi. Butun insoniyatga o`ziga xos murojaat yo`llamoqchi! Hozirda yer yuzida ilm fan taraqqiy etmoqda, biroq kashfiyotlar, izlanishlar insoniyatga ko`plab qulayliklar, yengilliklar keltirayotgani sir emas. Bular faqat ijobiy tomonlari, xolos. Tanganing ikkinchi tomoni bo`lganidek kashfiyotlar yaratilishi ham o`z salbiy tomonlariga ega. Aksilgen deb ataluvchi bu vaksinani yaratishdi, biroq bu insoniyatga baxt olib kelmadi, naslsizlik balosiga duchor qildi.Agar shunday bo`lmaganida ham, yerdagi resurslar, zaxiralar tugashi tayin edi. Uy joy muammosi, turli kasalliklarni olib kelishi mumkin edi-ku! Shayxov bu hikoya orqali ilm fan insoniyatga faqat foyda keltirishi kerakligini, insonning tabiat qonunlaridan ustun bo`lolmasligini yoritib bermoqchi. Butun insoniyatni ogohlikka da’vat etmoqchi.
Bu hikoya o`ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oxirgi qismida yozuvchi ziyoliklarning vasiyatnomasini keltirar ekan, unda sayyoramizni avaylang, deya bong urishayotganini ko`ramiz. Bu bilan yozuvchi butun insoniyatni hushyorlikka chorlab, yer kurramizni asrashga undayapti.Bizga berilgan buyuk ne’mat – hayotni qadriga yetishimiz kerak.Yer kurramizni, ona tabiatmizni asrashimiz kerak.
Shunday ibratomuz fikrlar Shayxovni barcha hikoyalarida bor. Lekin ular ochiq oydin yozib qo`yilmagan.Bunday tarbiyaviy g`oyani anglab yetish uchun adibning hikoyalarini o`qish bilan birga uqiy olish ham kerak.
Shayxovning boshqa hikoyalari “Pushtirang falokat”, “Muttamax”, “Birinchi sinov” da ham texnologiyaning rivojlanishi, insoniyat uchun qanday ta’sir etishi mavzulari yoritiladi. Shuningdek adib ilmiy fantastikaning kosmosga sayohat yo`nalishida ham ijod qilgan bo`lib, yuqorida fikr yuritilgan “Sirli nur” hikoyasi ham aynan shu yo`nalishda yaratilgan.
Yuqorida ikkala yozuvchilar A. Azimov va H.Shayxovning ijodlariga mansub bo`lgan hikoyalar bilan tanishdik. Ikala yozuvchi ijodiga xos bo`lgan
Dostları ilə paylaş: |