Mavzu: fantastik adabiyot tabiati mundarija kirish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI ....

2.2. Hojiakbar Shayxovning o`zbek adabiyoti ilmiy fantastikasi rivojiga qo`shgan hissasi.
XX asrning o`rtalarida jahon adabiyotida bu janr rivojangan bo`lsa, o`zbek adabiyotida biroz kech bo`lsada 60-yillarning oxirida kirib keldi. Endilikda fantastika adabiyotimizda o`z xususiyatlariga ega bo`lgan, mustaqil janr sifatida shakllandi. Agar biz bu boshlang`ich davrni fantastikaning bahori deb ataydigan bo`lsak, Hojiakbar Shayxov bu yo`nalishning qaldirg`ochi sanaladi.1
Hojiakbar Shayxov 1945-yilning 25-martida tug’ilgan. O`rta maktabni tugatgach, 1964-67 yillarda Toshkent Politexnika Oliygohida tahsil olgan. Birinchi bo`lib elektr tarmoq idoralarida, O`zbekiston Fanalar Akademiyasining elektronika institutida faoliyat yuritgan. Keyinchalik “Yosh Gvardiya ” nashriyotida bo`lim boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Shu yerdagi faoliyati davomida uning ilk “7-SER” deb nomlangan kitobi nashr etildi. Bu kitobning nomi nechukdir badiiy asar nomiga o`xshamas, mexanika yoxud fizikaga mansub kitobning nomiga o`xshab ketardi. Biroq uning o`ta “ilmiy” nomidan cho`chimay, qo`lga olib varaqlaganlar kitobdan hikoyalar o`rin olganini ko`rib hayron bo`lishdi. Hikoyalarni o`qiganlar esa ularning o`zbek adabiyotida butunlay yangi hodisa ekaniga, ilm muammolari haqida badiiy shaklda mulohaza yurituvchi, ularni badiiy vositalar orqali gavdalantirishga urinuvchi asarlar ekaniga ishonch hosil qilishdi. Oradan ko`p o`tmay, adibning “Ajib yulduzlar” degan yangi kitobi chop etildi. Bu kitob ham fantastik hikoyalar va ilmiy badiiy ocherklardan tarkib topgan bo`lib, yosh adibning ilmiy fantastikaga qiziqishi o`tkinchi havas emas, balki butun umrga ketadigan astoydil mayl ekanidan guvohlik beradi. Shuningdek, kitobga kirgan asarlar Hojiakbar

1 Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. –T.: “Fan”. 1993. –B. 144-145. 38
Shayxovning qalami asardan asarga o`tkirlashib borayotganini, yozuvchi o`z ustida astoydil ishlab, jahon fantastikasining ijodiy tajribalarini o`zlashtirib borayotganini ko`rsatardi. Shundan keyin Hojiakbarning o`z kitobxonlari paydo bo`la boshladi. Ular adib asarlarini qidirib topib o`qish bilan birga, uning shaxsiyatiga, qanday hayot yo`lini bosib o`tganiga, e’tiqodlariga, ijodiy niyatlariga ham qiziqa boshlashdi. Shunda ma’lum bo`ldiki, Hojiakbar hali yosh bo`lsada, hayotda ancha muncha jiddiy sinovlarga ro`para kelgan, turli-tuman qiyinchiliklarni ko`rib pishgan, hayot qozonida ozmi ko`pmi qaynab, tajriba orttirgan inson ekan.1
Yozuvchining ota bobolari asli toshkentlik, lekin taqdir ularni ona yurtidan olislarga ketishga majbur qildi. Ular bolsheviklarning “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosatidan qochib, Sharqiy Turkistonga ketishadi.Shu sababdan Hojiakbar Shayxov 1945-yilda Xitoy Xalq Respublikasiga qarashli Shinjon o`lkasida Chuguchak shahrida tug`iladi.Hojiakbar o`n yoshga kirganidagina zamonlar o`zgarib, ularning vatanga qaytishiga yo`l ochiladi. Hojiakbar Toshkentda maktabni tugatadi va Aby Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutining energetika fakultetiga o`qishga kiradi. 1971-yilda uni muvaffaqiyat bilan bitirgach, har xil tashkilotlarda muhandis bo`lib ishlaydi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Elektronika institutida xizmat qiladi. Bu paytlarga kelib, Hojiakbar 5-6ta kitob chiqarib, iste’dodli yozuvchi sifatida tanilib qolgan edi.Shuning uchun u muhandislikni qo`yib, ijodga yaqin sohalarda ishlay boshlaydi. Shuningdek, u bir necha yillar mobaynida “Yosh Gvardiya” nashriyotida bo`lim mudiri bo`lib ishlaydi, keyin Yozuvchilar uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo`yicha muovini bo`ladi. Bu vaqt mobaynida Hojiakbar ikki marta Butunittifoq yosh yozuvchilar kengashida ishtirok etadi. Bu faktni ta’kidlayotganinmizning boisi bor, albatta, - kengashga quruq qo`l bilan borilmaydi, har gal unga yangi asar olib boorish kerak. Bu asarlar juda talabchanlik bilan muhokama qilinadi va ko`pchilikka ma’qul bo`lsa, yosh yozuvchi uchun katta istiqbol yo`li ochiladi. Hojiakbar uchun ham shunday bo`lgan – uning asarlari tez tez markaziy matbuotda ko`rina boshladi,

1www.ziyonet.uz
39
har xil nufuzli to`plamlarda, almanaxlarda, majmualarda bosila boshladi. Shunday qilib, Hojiakbar fantast yozuvchilar armiyasining oldingi saflaridan o`rin ola boshladi. Uning “Ajib yulduzlar”, “Yettinchi operatrsiya”, “Rene jumbog`i”, “G`aroyib ko`lanka”, “Ajdodlar xotirasi”, “Olmos jilosi”, “Telba dunyo” degan asarlari fantastik adabiyot sohasida sezilarli hodisa bo`ldi. Uning ayrim hikoyalari, qissalari Rossiya, Fransiya, Chexoslavakiya, Bulg`oriya, Germaniya, Ispaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda turli to`plamlarda nashr etilgan.Bu dalolatlar hamma o`zbek adabiyot ixlosmandlarini quvontirmay qolmaydi, albatta, chunki har bir yozuvchining asari vatanimiz sarhadlaridan tashqarida shuhrat topar ekan, bu o`zbek xalqining dong`ini olamga yoyishga xizmat qiladi, ayni chog`da u turli madaniyatlarning yaqinlashishiga, xalqlarning o`zaro hamkorligiga yo`l ochadi.
Muallif keyinchalik O`zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida birinchi kotibning o`rinbosari, “Sirli olam” oynomasi va uning ilovasi bo`lmish “Qalb ko`zi” ro`znomasida muharrir lavozimlarida ishlagan. Adibning o`ttizdan ziyod ilmiy fantastik hikoyalari, qissalari va romanlari bizga ulkan ijodiy meros bo`lib qoldi. Muallifning asarlari bir necha to`plam holida nashr etildi.Xususan, “Tutash olamlar” va “Ikki jahon ovorasi” kabi romanlari chop etildi. Asarlar yaratgani sayin uning qalami o`tkirlashib borardi, jahon fantastikasi tajribalarini keng o`rgandi, o`z ustida astoydil ishlab, o`z kitobxonlariga ega bo`ldi.1
H.Shayxovning “Tutash olamlar” va “Ikki jahon ovorasi” asarlari o`zbek adabiyotida yaratilgan ilk mistik romanlar hisoblanadi. Bu romanlarda ruh, ong, bizni qurshab turgan olam va ruhiyatimiz bilan chambarchas bog’liq olamlar haqida falsafiy fikrlar, qarashlarni, hayot tajribalarini qiziqarli voqealar rivoji bilan birgalikda aks ettirgan.2
Shayxovning mazkur romani o`zbek adabiyotidagi boshqa romanlardan farqi shundaki, unda real hayotimizda mavjud bo`lmagan g’aroyib voqealar, ruh bilan bog’liq hodisalar yoritiladi. Biz o`z ko`zimiz bilan ko`ra olmaydigan olamlarni qalb ko`zi bilan ko`ra olish mumkinligini aynan shu roman orqali anglaymiz. Biz bu olamlarga shubha ko`zi bilan qaraymiz, materialistik

1O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi, T.: Toshkent. 1997. “Sh” harfi –B. 14-15. 2www.khurshid-davron.uz
40
tomondan yondashib, bunday fikrlarni faqat tasavvur mahsuli deya ataymiz. Biroq bu asarda qiziqarli hikoyalar hayotiy dalillar orqali keltirilib, o`zaro uzviy bog’liqlikni ta’minlagan. Asarda ruhiyat olami tasvirlangan bo`lib, asosiy qahramonlar aziz avliyolar G’avsul A’zam, hazrat Shayxon Tohir, Shayx Xoja Ahror, avliyo anbiyolardan Tilla Shayx obrazlari bilan bir qatorda, yovuz niyatli Iblis va uning malaylari kalamush qiyofasidagi Nuj, qora mushuk qiyofasidagi Yaos, ilon obrazidagi Nut singari ins jinslar, maxluqotlar hisoblanadi. Ular bilan bir qatorda halol insonlar va iymonsiz o`g’rilar, kazzob kimsalar obrazlari orqali olamning ikkita qarama qarshi kuchlari ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi azaliy kurash tasvirlanadi. Bu asarni o`qigan kitobxon avvaliga buni oddiygina fantastikada deb o`ylashi mumkin biroq, asar insonni mushohadaga chorlaydi. Biz butun umrimizni moddiy dunyoda yashab, bizga tutash bo`lgan olamlar – boqiy dunyoni, ruhiyat dunyosi borligini unutamiz. Aslida bu asar bizni bir zum mushohada qilishga chorlaydi, bizga berilgan hayot deb atalmish ne’matning naqadar qadrli ekanligini anglay boshlaymiz,bu asar bizni vijdonli, iymonli, halol inson bo`lishga undaydi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham yuqori bo`lib, oiladagi mehr oqibat, ota onaga, kattalarga hurmat kabi milliy go`zal qadriyatlarimiz juda go`zal tasvirlangan.1
Shayvovning shu turkumga kiruvchi ikkinchi romani – “Ikki jahon ovorasi” birinchi romandagi voqealarni davom ettirgan holda, hozirgi kunimining dolzarb muammolari, umuminsoniy, ruhiy ma’naviy masalalariga bag’ishlangan. Bu romanda bosh qahramonlar Nazira va Nafisalarning tanasidan aziz avliyolar foydalana boshlaydilar. Romanda shuningdek, Vatan uchun, uning ozodligi uchun mardonavor kurashuvchi Saidmansur aka, sobiq jangchi Raxmatillo va olim Asadbek bilan bir qatorda soxta siyosiy partiya tuzib, g’arazli niyatlarni, yovuz kirdikorlarini amalga oshirmoqchi bo`lgan jinoyatchilar obrazlari mavjud. Inson ko`plab gunohlarni qilib, razolat botqog’iga botishi va o`z oyog’iga o`zi bolta urayotganidan bexabar qolayotganligi tasvirlanadi. Adabiyotning mangu mavzusi sanalgan ezgulik va yovuzlik, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi kurashni badiiy vositalar yordamida mohirona tadqiq etar ekan, bu hayotda hech narsa –

1H.Shayxov “Tutash olamlar”. T.: “Sharq”. 2001. –B . 7-8. 41
yaxshilik ham yomonlik ham izsiz qolmasligini, insonnig har qanday qilmishijazosiz qolmasligini ta’kidlaydi. Jaholatning, ma`naviy qashshoqlikning jamikiko`rinishlari qoralanadi. Asarda voqelar juda xilma xil tasvirlangan bo`lib, real hayot va fantastikaning uyg’unlashuvini ko`rishimiz mumkin. Muallif romanda mistika, detektiv janrlarining unsurlaridan, ba’zi xususiyatlaridan foydalanganligi asarning hayotiyligini ta’minlab, kitobxonni qiziqtiradi.
Mashhur publitsist Ozod Sharafiddinov mazkur romanning so`z boshisida quyidagi fikrlarni keltirganlar: “Foniy va boqiy duny, Koinot, Galaktika va inson hayoti shu darajada tutashib-chirmashib ketganki, bu bizda osmon qadar hayrat tuyg’usini uyg’otadi, xolos. Hayotimizda kechadigan har bir yaxshi yomon hodisa zamirida biz hali tagiga yetmagan qandaydir ilohiy qonuniyatlar mavjud.Bu qonuniyatlarni bilish uchun biz ana shu tutash olamlar, tutash taqdirlar bilan bog’liq sir sinoatlarni anglab yetmog’imiz kerak. Bunga esa o`ylashimcha, odamlar o`zaro mehr-oqibat, ezgulik, yuksak ma`naviyat va ma’rifat orqaligina erishishlari mumkin.
Hojiakbar Shayxovning ushbu kitobiga kirgan romanlarida ana shu murakkab ijtimoiy-falsafiy masalalar xususida teran pardalarda fikr mulohaza yuritiladiki, ular ohanraboday o`quvchi qalbini rom etadi, ana shular haqida o`ylashga majbur qiladi. Haqiqatdanam, bu dunyo – sirli dunyo!
Hojiakbar o`zbek adabiyoti ummonida kech paydo bo`lganiga qaramay, u darg’alik qilgan kema bu ummonda juda dadil suzdi. O`z muxlislariga ega bo`ldi. Uni bemalol fantastik janrning o`zbek adabiyotidagi yetakchisi deb atay olamiz.”
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, adibimiz nafaqat ilmiy fantastikaning, balki o`zbek adabiyotining rivojiga ham munosib hissa qo`shdi. Uning ijodiy merosi har tomonlama o`rganishga va tadqiq etishga loyiqdir. Uning asarlarining tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo`lib, kitobxonni chuqur mulohazaga boshlaydi. Insonni o`zini o`zi anglashga, hayotda to`g`ri yo`ldan borishga, vijdonli, e’tiqodli bo`lishga undaydi, insonlar mehr oqibat va bag’rikenglikni

42
shakllantiradi. Shuningdek, adibning ijodiy merosi yoshlarni dunyoqarashini o`stirish, ezgu adriyatlar ruhida tabiyalashga xizmat qiladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin