Ikkala yozuvchining asarlarida ilmiy fantastikaning kosmosga sayohat, kelajakka sayohat, ideal jamiyat kabi yo`nalishlarini ko`rishimiz mumkin;
Yozish uslubidagi oddiylik, sodda va tushunarli jumlalardan foydalanish ikkala ijodkorning uslubiga xosdir;
Hikoyalarida yoritilayotgan mavzular tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, insonlarni ezgulikka, faqat yaxshilikka chorlaydi; (A.Azimovning “Nightfall” va “The fun they had” hikoyalari, H.Shayxovning “Olovdan chiqqan odam”, “Birinchi sinov” hikoyalari)
Ikkala ijodkor ham jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni ilmiy fantastika orqali ko`rsatmoqchi bo`lishgan va ushbu muammolarga konkret ilmiy yechimlar berishga harakat qilishgan;
Ingliz adabiyotida A.Azimov, o`zbek adabiyotida H.Shayxov ilmiy fantastikani mustaqil janr sifatida taraqqiy etishiga katta hissaqo`shishgan.Ular yaratgan asarlar yaxshilik bilan yakun topadi, qahramonlar asar so`ngida o`z yo`llarini topib, baxtga erishishadi. Ijodkorlar yaratgan asarlari bilan insonlarni ezgulikka, yaxshilik qilishga chorlaydi. Yaratilgan kashfiyotlar, izlanishlarning barchasi insoniyat uchun foyda keltirishi, ilm fan insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlanadi.
Yuqorida Shayxov va Azimov ijodiga xos bo`lgan mushtarak jihatlarni ko`rib o`tdik. O`xshash jihatlari bilan birga ular ijodida farqli tomonlar ham bor:
Azimov asli kasbi biokimyogar bo`lgani uchun asarlarida asosan kimyoviy moddalarning o`zaro ta’sirlari, ulardan qanday foydalanish haqida yozadi.Biroq Shayxov ko`pincha texnologiyaning qanday yaratilgani, insoniyat uchun qanday naf keltirishini yozadi, ikkala ijodkorning asarlarida o`z kaspidan kelib chiqib, yondashganini ko`rish mumkin.
Hojiakbar Shayxovning hikoyalarida, u yaratgan obrazlarda o`zbekona xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin. Uning Azimov ijodiy uslubidan
53
asosiy farqlaridan biri shuki, Shayxov asarlarida dinimiz, millatimizga xos bo`lgan jihatlarni uchratamiz. “Tutash olamlar” va “Ikki jahon ovvorasi” kabi romanlari bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin.
Ikkala ijodkorning asarlarida zamon va makon masalalari bir biridan farq qiladi. Shayxov hikoyalarida voqealar asosan kosmosda kelajakda yuz beradi. Azimov hikoyalarida esa, yer yuzida insoniyat kelajakda ro`para bo`ladigan kashfiyotlar haqida bayon etiladi. Shayxovning astronomiya sohasiga murojaat etishi orqali uning kelajakda yurtimizda bu sohaning qay darajada rivojlanishini ko`rsatmoqchi. Shu o`rinda Azimov asarlari orqali o`zining ilmiy bashoratlarini bayon etgan bo`lib, ular haqiqatdanam amalga oshmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida robot texnologiyasini keltirishimiz mumkin.