Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


yilgi “Qizil may” va de Gollning ketishi



Yüklə 105,57 Kb.
səhifə10/18
tarix21.06.2023
ölçüsü105,57 Kb.
#133416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
2020. 13- MAVZU docx

1968 yilgi “Qizil may” va de Gollning ketishi.
1968 yil bahoridan studentlar harakati ko‘tarildi. Ular davlat-monopolistik kapitalizm hukmronligiga qarshi maorif, oliy ta’lim sistemasini reforma qilib, demokratlashtirishni, jumladan, oliy o‘quv yurtini boshqarishda studentlarni ham qatnashishlarini talab qildilar. Parijda studentlar mashg‘ulotlarni to‘xtatib, o‘quv muassasalarini egalladilar. Politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi va anchagina studentlar qamoqqa olindi. Bu keng xalq ommasini norozi qildi. 1968 yil 13 mayda Kommunistlar tashabbusi bilan ishchilarning ish tashlashlari boshlandi. Qisqa vaqt ichida juda keng miqyosdagi umumiy ish tashlashga 9 million kishi qatnashdi. Dehqonlar harakati ham boshlanib ketdi. 24 mayda dehqonlar hukumatning qishloq xo‘jalik siyosatiga qarshi milliy kurash kunini o‘tkazdilar. Bu harakat oldida kommunistlar bordilar. Ular demokratik birlik, xalq hukumatining tuzilishini talab qildilar. De Goll hukumati 1968 yil 30 mayda Fransiya fuqarolar urushi arafasida turibdi deb, vaziyatni favqulodda vaziyat deb atadi va Milliy majlisni tarqatib, yangi saylovlar o‘tkazadigan bo‘ldi. Shu bilan barcha ishchilar sinfining ba’zi talablarini qondirishga majbur bo‘ldi. Ish haqi o‘rta hisobda 14%, pensiya 15-20% oshirildi. Kasaba soyuzlar huquqini kafolatlaydigan qonun chiqarishni va’da qildi. Studentlarning ham talablari qisman qondirildi.
1968 yil may-iyun voqealari urushdan so‘nggi eng yirik voqealar bo‘lib, V Respublikani larzaga soldi. De Goll 1969 yil bahorida xalq xo‘jaligini korporativ ruhda isloh qilish rejasini oldinga surdi. Shu maqsadda o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlarini qayta qurish, senatning huquqlarini cheklash to‘g‘risida qonun loyihasini tavsiya qildi. Bu reja bo‘yicha referendum o‘tkazajagini, agar ma’qullanmasa, prezident lavozimidan iste’foga chiqajagini bildirdi. Hukumat so‘l va o‘ng oppozitsiya girdobida qoldi. Ko‘pgina o‘ng kuchlar o‘z ta’sirining pasayib qolishidan tashvishga tushgan edilar. 1969 yil 27 aprel referendumida ovoz berganlarning 52% de Goll qonun loyihalariga qarshi ovoz berdi. General de Goll darhol iste’foga chiqdi va bir yarim yildan keyin vafot etdi. 1969 yil iyun oyining o‘zida yangi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. YuNR g‘alaba qildi (Bu partiya 1971 yilda “Respublikani himoya qilish demokratlar ittifoqi” – YuDR partiyasi bo‘lib nom oldi.). Bu partiyaning nomzodi, sobiq bosh ministr J.Pompido prezident qilib saylandi. 1969 yil avgustida hukumat “Iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish rejasi”ni qabul qildi. Bunda eksportni ko‘paytirish, fransuz uskunalarini sotib oluvchi xorijiy xaridorlarga kredit berish ko‘zda tutildi.
Mamlakat iqtisodi sog‘lomlashmadi. Sanoatning o‘sishi sekinlashdi: 1970 yilda 7% ( 1969 yilda- 12%), 1971 yilda 6% o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1970 yilda 2,7%, 1971 yilda 2-2,5% ga o‘sdi. Ushbu sekinlashishning sababi iste’mol tushkunligi hamda kapitalistik dunyodagi valyuta-moliya krizisining keskinlashuvi edi. Chet elga chiqarilgan kapital o‘rnini to‘ldirish uchun chetdan kapital keltirish ayrim sanoat tarmoqlarini chet el kapitaliga qaram qilib qo‘ydi. Shu boisdan hukumat chetdan spekulyativ kapitalning ko‘p kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z moliya pozitsiyasini saqlash uchun sanoat tarmoqlariga o‘z kapitalini sarflash, mamlakat raqobat kuchini orttirish va eksportni ko‘paytirishga urindi. Ishlab chiqarish, kapital konsentratsiyasi va markazlashuvi jarayoni davom etdi. Moliyaviy eksport Fransiya foydasiga osha boshladi va boshqa kapitalistik rivojlanayotgan mamlakatlarda uning roli birmuncha oshdi. Tashqi savdoda defitsit qisqardi va ahvol bu yerda ham birmuncha yaxshilandi.
Fransiya tashqi siyosatida Yevropa va xalqaro muammolarni hal qilishda, xalqaro keskinlikni yumshatish masalalarida o‘zining mustaqil siyosatini yurgizdi. Fransiya NATOning a’zosi bo‘lib qolgan holda uning harbiy organlarida qatnashmadi. Ammo, NATOning a’zosi bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro harbiy aloqada bo‘ldi. Xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha Umumevropa kengashini tezda tayyorlash va chaqirish fikriga qo‘shildi. AQSh va boshqa G‘arbiy davlatlarning shunday kengashga taxminiy shartlar qo‘yishlarini ma’qullamadi. G‘arbiy Berlin masalasida to‘rt tomonlamali bitim tarafdori bo‘ldi. SSSRning besh buyuk davlatni yadro qurolsizlanishi taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Hindi-Xitoydagi urush, Yaqin Sharqdagi nizo, NATO, Yevropa muammolari, valyuta moliya masalalari bo‘yicha Fransiya bilan AQSh o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik davom etdi.
Fransiya va GFR munosabatlari 1963 yilgi shartnoma doirasida davom etdi. GFRning SSSR va Polsha bilan imzolagan shartnomalarini ma’qulladi. Pompidu GFR va SSSR shartnomasini Yevropa xavfsizligini ta’minlashga qo‘shilgan katta hissa dedi.
Fransiya va Angliya munosabatlarida birmuncha o‘zgarishlar yuz berdi. Fransiya hukumati Angliyaning “Umumiy bozor” ga qabul qilinishini muhokama qilishga rozi bo‘ldi. Ikki o‘rtada siyosiy va boshqa aloqalar jonlandi.
Fransiya Yaqin Sharq masalasini Xavfsizlik sovetining 1967 yil 22 noyabr qarori asosida tinch yo‘l bilan, Falastin masalasini odil hal etish tarafdori bo‘ldi. Fransiya Isroilga qurol chiqarmadi. Isroil buyurtma qilgan 50 harbiy samolyotni yubormadi. Yaqin Sharq masalasida AQShning bir tomonlama harakatiga salbiy qaradi. Arab mamlakatlari bilan siyosiy aloqalar, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik rivojlandi. Jazoir hukumati Sahroi Kabirdagi Fransiya neft kompaniyalari foydasidan Jazoirga ajratiladigan ulushni ko‘paytirishi, keyin bu kompaniyalar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishi Fransiya va Jazoir munosabatlarini yomonlashtirdi. Fransiya Hindi-Xitoyda harbiy intervensiyani to‘xtatishni, masalani muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni, xalqlarga o‘z taqdirlarini o‘zi hal qilish huquqini berishni talab qildi. AQShning Kambodja va Laosga qilgan agressiyasiga, VDRning havodan bombardimon qilishiga norozilik bildirdi. Pokiston va Hindiston mojarosida Pokiston siyosatini aybladi, Pokistonga qurol yuborishni to‘xtatdi. Bangladesh xalqining adolatli talablarini qo‘llab-quvvatladi. 1970 yil iyulda hukumat delegatsiyasi birinchi marta XXRda bo‘ldi. O‘zaro rasmiy tashriflar yo‘lga qo‘yildi.
Fransiyaning Afrika mamlakatlari bilan faol aloqalari davom etdi. Fransiya Misr va Iroq bilan munosabatlarini yaxshiladi. Zamonaviy “Miraj” tipidagi 100 ta qiruvchi samolyot Liviyaga sotildi.
Fransiyaning Yevropa sotsialistik davlatlari, shu jumladan, SSSR bilan aloqalari yanada rivojlandi. J.Pompiduning 1970 yil oktyabrida SSSRga qilgan tashrifi, L.I.Brejnevning 1971 yil oktyabrida Fransiyaga qilgan tashrifi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu vizitlarda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida Sovet-Fransiya protokoli va deklaratsiyasi (1970 yil) hamda “SSSR bilan Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik prinsiplari” to‘g‘risidagi hujjat va iqtisodiy, texnikaviy va sanoat hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risida 10 yilga mo‘ljallangan bitim (1971 y.) imzolandi. 1971 yil iyulida Moskvada iqtisodiy va ilmiy-texnika hamkorligi bo‘yicha sovet-fransuz komissiyasining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.




Yüklə 105,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin