Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi



Yüklə 105,57 Kb.
səhifə2/18
tarix21.06.2023
ölçüsü105,57 Kb.
#133416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2020. 13- MAVZU docx

Prezident va parlament.


Fransiya siyosiy hayotida parlament va mamlakat Prezidenti orasidagi munosabatlar ham o‘ziga xosdir. Davlat va hukumat rahbari – Prezidentning u yoki bu shakldagi ustivor mavqega intilishi va unga nisbatan parlamentning bikrchanligi ikki hokimiyat o‘rtasida o‘zaro ta’sirni muvozanatga keltiruvchi o‘ziga xos mexanizmlarni vujudga keltirgan. Ana shunday mexanizmlardan biri parlamentning ikki palatali ekanligidir. Chunki, davlat rahbari Prezidentning parlamentni har ikki palatasiga nisbatan ta’sir munosabati bir xil emas. Ya’ni, Prezident mamlakat Kostitutsiyasining 12-moddasiga asosan parlamentning quyi palatasi - Milliy Assambleyani tarqatib yuborishi mumkin, lekin yuqori palata – Senat bunday ta’sirdan holidir. Ayni paytda, Senat Prezident tomonidan tayinlangan hukumat rahbari – Bosh vazir va uning a’zolari iste’fosini talab qila olmaydi. Bunday huquq esa quyi palataga tegishlidir. Mana shunday tarzda biroz murakkab lekin muqobil muvozanat qaror topadi. Quyidagi holatlarda Prezident parlamentni tarqatib yubora olmaydi:

  1. Parlament tarqatib yuborilgandan so‘ng qayta yangi saylangan parlament faoliyatining birinchi yili davomida (12.4-modda);

  2. Konstitutsiyaning 16-moddasida ko‘zda tutilgan favqulodda holat joriy etilgach, Prezident o‘z zimmasiga cheklanmagan hokimiyatni olgach;

  3. 7-moddaga Respublika Prezidenti vazifasi interim sharoitida Senat raisi tomonidan boshqarilayotgan vaqtda.

Prezident Milliy Assambleyani tarqatib yuborish masalasida Bosh vazir, Senat yoki Milliy Assambleya raisi bilan maslahatlashishi mumkin. Prezident va parlament munosabatlarida parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etgan siyosiy kuchlar katta ahamiyatga ega. Chunki Prezident ijroiy hokimiyatni Bosh vazir tomonidan amalga oshirar ekan (Prezident Bosh vazirni tayinlaydi (8-modda) va uning tavsiyasi bilan vazirlarni tayinlaydi. Shu tariqa hukumat tashkil topadi), Bosh vazir o‘z navbatida parlament oldida hisob beradi va parlamentning vakillar palatasi hukumat iste’fosini talab etish huquqiga ega. Shu jihatdan Prezident hamisha parlamentda o‘z tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etishidan manfaatdor. Shu tufayli Prezident parlamentni tarqatib yuboradi (12-modda). O‘z navbatida Parlament ko‘pchiligi ham hukumatga iste’fo bera oladi. (48-50-moddalar). Tarixda yagona hodisa 1962 yil 5 oktyabrda ro‘y bergan bo‘lib, parlament Bosh vazir Jorj Pompiduga ishonchsizlik bildirib, bu orqali Prezident Sh. De Gollga norozilik bildirgan. Prezident ixtilofni bartaraf etish uchun zudlik bilan 1962 yil 9 oktyabrda Milliy Assambleyani tarqatib yuborgan.
Parlament uchun har xil saylov tartibi talablari joriy etilgan. Milliy Assambleya deputatlari 5 yil muddatga saylanadi. 23 yoshga to‘lgan fuqarolar tomonidan 577 deputatning 555 nafari metropoliyadan saylanadilar. Saylovlar ikki bosqichda mojoritar asosda yakka tartibda ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Har 100 ming aholidan bittadan, shuning uchun deputatlar mutanosib taqsimot tamoyili asosida departamentlar aholisi soniga qarab 2-21 tagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, Parijda 21 ta, Nordda 24 nafar va hokazo.
Senat 321 nafar senatordan tashkil topib, 9 yil muddatga saylanadi va uchdan bir qismi har uch yilda ratatsiya asosida yangilanadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan saylov asosida saylanadi. Saylovchilar avval saylovchi kollejlarni – senator saylovchilarini saylab olishadi va mazkur guruh senatorlarni saylaydilar. Saylovchi kollejlar deputatlar, mahalliy Kengash vakillari, regional Kengash maslahatchilaridan tashkil topadi. Senatorlar proporsional taqsimot asosida departamentlar asosida o‘zgaradi. 99 ta departamentdan 85 tasida senatorlar uchun o‘rinlar soni 2-4 tagacha bo‘ladi. Birinchi bosqichda umumiy ovozning 25 foizini olganlar o‘tadilar. Ikkinchi bosqichda esa nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzodlar g‘alaba qiladilar. Ammo, 14 ta departamentda senatorlarning soni 4 tadan ko‘p bo‘lganligi sababli proporsional taqsimot asosida ro‘yxatdagi bir necha nomzodga teng ovoz beriladi. Senator bo‘lib saylanish huquqi 35 yoshdan kichik bo‘lmagan fuqarolarga ajratilgan. 6 ta senator xorijda joylashgan fransuzlar manfaatini himoya etish uchun Xorijdagi Fransuzlar oliy Kengashi tavsiyasi bilan Senatning o‘zida saylanadilar.
Parlament saylovlari partiyalar orasidagi keskin kurash bilan kechadi. Partiyalar shartli ravishda “o‘nglar” va “so‘llar” ga bo‘linadi. 1789 yil Milliy Assambleya yig‘inida raisni o‘ng tomondan joy olgani monarxiya tarafdorlari “o‘nglar”, chap tomondagilar esa “so‘llar” degan nom olgan. Shu bois “o‘nglar” konservatizm, milliy an’analarning tarafdorlaridir. Keyinchalik ikki o‘rtada har ikki tomonga moyil sentristlar ham paydo bo‘ldi. So‘llar blokining asosiy kuchi hisoblangan sotsialistlar partiyasi Jan Jores g‘oyalari asosida 1971 yil F.Mitteran tomonidan tashkil etilgan. Fransiya kommunistik partiyasi (1920 yil tashkil topgan), Yashillar partiyasi, So‘l radikal partiya, Fuqarolar harakati kabilar ham so‘llar blokiga kiradi. O‘nglar guruhiga kelsak, Respublika uchun Ittifoq (1976 yil J.De Esten asos solgan), Milliy Front (1972 yil Jan Mari Li Pen tomonidan tuzilgan) uning asosiy partiyalari hisoblanadi. 1997 yilgi parlament saylovlaridan so‘ng, sotsialistlar partiyasi 250 ta o‘rin bilan Parlamentda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi va partiya lideri L.Jospen Bosh Vazir etib tayinlandi. Senatda esa o‘nglar partiyasi 1998 yil 6 oktyabr saylovlaridan so‘ng 99 o‘rin bilan yutib chiqqan. Siyosiy partiyalarning faoliyati Konstitutsiyada, 1988 yil 11 mart, 1995 yil 19 yanvar qonunlari bilan tartibga solinadi.

Yüklə 105,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin