Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Fransiyaning 50-yillaridagi siyosiy hayoti. To‘rtinchi respublika-ning inqirozi



Yüklə 105,57 Kb.
səhifə4/18
tarix21.06.2023
ölçüsü105,57 Kb.
#133416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2020. 13- MAVZU docx

Fransiyaning 50-yillaridagi siyosiy hayoti. To‘rtinchi respublika-ning inqirozi.
1946 yil 10 noyabrda Milliy Assambleyaga bo‘lgan dastlabki saylov siyosiy kuchlarning Ta’sis Majlisidagi nisbatini saqlab qoldi. FKP va XRH Milliy Assambleyada 182 va 173o‘ringa ega bo‘lgan holda, son jihatidan yirik fraksiyalarni tashkil etishdi. FSP fraksiyasi 102 ta deputatga ega bo‘ldi. Qolgan partiyalar esa son jihatidan kamroq deputat o‘rinlarini egalladi. Radikallar quyi palatada 43 ta, QDII 26 ta, “mo‘tadillar” guruhlari 67 ta, gollistlar Ittifoqi vakillari 10 ta mandat o‘rinlarini band qilishdi. Yuqori palata hisoblangan Respublika Kengashiga saylovlar 1946 yil noyabrida bo‘lib o‘tdi. Yuqori palatadagi mandatlar nisbati quyi palatadagi o‘rinlar nisbatiday bo‘ldi. To‘rtinchi Respublikaning birinchi prezidenti etib, sotsialist Vensan Oriol saylandi. XRH partiyasi vakili Shampete de Rib Respublika Kengashining raisi, radikal Eduard Errio esa Milliy Assambleyaga bosh bo‘ldi.
FKP, FSP va radikallardan iborat uch partiyalik koalitsiya tufayli ular Muvaqqat hukumatda so‘l sentristik parlamentar ko‘pchilikni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Hukumatga sotsialist Pol Ramade yetakchilik qildi. Ammo, 1946 yil oxirlariga kelib, FKP va uning ittifoqchilari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar koalitsiyaning zaiflashuviga sabab bo‘ldi. 1947 yil may oyida tortishuvlarga barham berildi. Kommunistlar fraksiyasi parlamentda hukumatga ishonchsizlik bildirib ovoz berdilar. Orial va Ramadelar kommunistlarni hukumat tarkibidan chiqarishdi. Biroq, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, boshqa g‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq Fransiyada kommunistlarning ta’sir doirasi kuchli edi. Kommunistlar parlamentda doimo katta fraksiya bo‘lib kelgan. Bundan tashqari kommunistlar keng xalq ommasini o‘ziga jalb etgan sho‘ba tashkilotlarini - Xotin-qizlar Ittifoqi va Respublika yoshlari Ittifoqlarini tashkil etgan edi.
Uch partiyali koalitsiyaning inqirozi va FKP ning ajralib chiqishi gollistlar harakatining jipslashish vaqtiga to‘g‘ri keldi. 1946 yil Gollistlar Ittifoqining tashkil topishi va birinchi saylovlarda ishtirok etishi stixiyali xarakterga ega bo‘ldi. Gollistlar Ittifoqining rahbari Rene Kapitan general de Gollning qarshilik ko‘rsatish harakatidagi yaqin safdoshlaridan biri edi. Shunday bo‘lsada, Rene Kapitan general de Goll tomonidan ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlanmadi. Bundan tashqari, QDII partiyasidan chiqqan Kapitan gollistlar chap qanotining vakili hisoblanar edi. 1947 yil bahoriga kelganda mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi. De Goll o‘z tarafdorlarining harakatini tashkil etishga qaror qildi. De Gollning yaqin safdoshlari J.Sustel, J.Shaban-Delmas, A.Malro, R.Kapitan, J.Bomellar ko‘magida harakatning mintaqaviy qo‘mitalari tashkil etila boshlandi.
1947 yil aprelida de Goll Birlashgan fransuz xalqi (BFX) nomli siyosiy tashkilotni tashkil etish to‘g‘risida rasman bayonot berdi. Bu siyosiy tashkilotning vazifalariga 1946 yilda qabul qilingan Konstitutsiyani bekor qilish, “partiya rejimini bartaraf etish”, “uyushgan demokratiya” tizimini tashkil qilish, Fransiyaning xalqaro statusini qayta tiklash kabilar kiritilgan edi. De Goll BFX ni parlament hayotida ishtirok etadigan siyosiy partiya emasligini qat’iy ta’kidlar edi.
Kommunistlar va gollchilarning ta’siridan himoyalanish maqsadida hukumat doiralari “uchinchi kuch” deb ataluvchi koalitsiyani tashkil etdi. “Uchinchi kuch”ning tarkibiga FSP, radikallar va XRH vakillari kirdi. 1951 yil 17 iyunda bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida gollchilarning BFX siyosiy tashkiloti parlamentda 119 ta o‘ringa ega bo‘ldi. FKP (108 ta) va FSP (104ta) ovozlar bo‘yicha deyarli bir-biriga tenglashib qoldi. Respublikachilar partiyasining muvaffaqiyati asosan “birlashgan ro‘yxat” taktikasidan foydalanganligi bo‘ldi. Saylovda qatnashganlarning 48 % oppozitsion partiyalarga berildi (kommunistlar uchun 5 mln. ortiq kishi va gollistlar uchun 4 mln. ortiqroq).
Milliy Assambleyaning yangi tarkibida XRH, radikallar, QDII va mo‘tadillardan iborat hukmron o‘ng sentrist koalitsiya tashkil topdi. Koalitsiyaning dastlabki hukumatini R.Pleven boshqardi. Shundan so‘ng Ministrlar Kengashi raisligi lavozimini radikallar 4 marta, mo‘tadillar vakillari 2 marta egalladi. Bu hukumatlarning mavqei o‘ta zaif edi. Ular parlamentda ozchilikni tashkil etib, siyosiy jihatdan FKP, FSP va BFX ning birgalikdagi harakatlari tufayli yo‘qqa chiqishi mumkin edi. Ammo, oppozitsiyadagi kuchlarning jipslashishiga amalda imkoniyat yo‘q edi. FKP hali ham baykot holatida edi. Partiyaning u yoki bu siyosiy kuchlar bilan hamkorlik qilish harakati ham vaziyatni o‘zgartirmas edi. BFX dagi holat yanada jiddiy edi. Partiyaning obro‘si tez tushib keta boshladi. O‘sha davrda partiya tarkibi 400 ming kishidan 125 ming kishiga qisqarib ketdi. BFX ichida oppozitsion kuchlar paydo bo‘ldi. 1951yilda partiya tarkibidan “respublikaichlar va ijtimoiy harakat guruhlari” chiqib ketdi. Avvalgi mavqeini saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini bilgach, de Goll 1953 yil mayida BFX dan saylangan deputatlarga to‘la mustaqillik berish haqida bayonot berdi. Fraksiya ham faoliyat ko‘rsatishdan to‘xtadi. Gollchi deputatlar “Respublikachilar ijtimoiy faoliyati Ittifoqi” nomli mustaqil parlamentar guruhni tashkil etishdi. Asta-sekinlik bilan partiya ham tarqalib keta boshladi.
1956 yil yanvarida navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tib, unda FKP ishonchli g‘alabaga erishdi va parlamentning quyi palatasida 150 o‘ringa egalik qildi. FSP fraksiyasi 100 ta o‘rin egalladi. Kommunist va sotsial respublikachilarning ko‘magida Gi Molle hukumati tuzildi. Yangi hukumat tarkibiga sotsialist va so‘l radikallar ham kiritilgan edi. Respublikachilar frontining koalitsiyasi kuchayib bordi. Gi Molle hukumati sotsial qayta qurishlarning keng ko‘lamli dasturlarini amalga oshirishga harakat qildi. Bu hukumat Tunis va Marokash davlatlarining mustaqilligini tan oldi. Gi Molle boshchiligidagi hukumat Jazoir muammosini hal etish uchun parlamentdan favqulodda vakolatlar olgan bo‘lsada, mamlakat ichidagi siyosiy inqirozning oldini ololmadi. 1957 yil mayida Gi Molle iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini radikallar vakili M.Burjes-Monuri egalladi. 1957 yil oktyabrida barcha yirik nokommunistik partiyalarning vakillarini o‘z tarkibiga kiritgan “Respublikani yangilash va himoya qilish hukumati”ni tashkil etildi. Unga o‘ng radikal Feliks Gayar yetakchilik qildi. Parlamentda konstitutsion islohotlarni amalga oshirish yo‘llari haqida munozaralar boshlanib ketdi. Shu narsa yaqqol namoyon bo‘ldiki, hukumatni tubdan isloh etmasdan turib, Jazoir masalasini va umuman doimiy ravishda bo‘lib turgan hukumat inqirozlarini oldini olishning imkoniyati yo‘q edi. To‘rtinchi Respublikaning rejimi chuqur konstitutsion huquqiy inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Fransiyadagi hukumat tuzumini isloh qilish zaruriyatini, 1946 yilda qabul qilingan konstitutsiyada ayrim kamchiliklarning mavjudligi ham keltirib chiqardi. Konstitutsiyadagi ayrim bo‘limlar bir-biriga zid kelib, ularni hayotga tadbiq qilish nihoyatda qiyin edi. Bular hukumatni tashkil etish, ishonchsizlik bildirish va to‘liq ovoz berish va parlamentni tugatish kabi muhim masalalarda o‘z aksini topgan edi. Ayrim bo‘limlar esa umuman amaliyotga tadbiq qilinmay qolib ketdi (masalan, Fransiya Ittifoqi, “mahalliy jamoalar to‘g‘risida”). O‘n ikki yil davomida hukumat tarkibi 22 marta o‘zgardi.


Yüklə 105,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin