Bu ko`payishni birinchi marta 1866 yil I.I.Mechnikov meduzalarda aniqlagan. Bunda zigotalar bo`linib, mustaqil rivojlanadigan bir nechta homilalar hosil qiladi. Buning natijasida bir tuxumdan paydo bo`lgan egizaklar hosil bo`ladi. Odamlarda 2 tadan 6 tagacha bir tuxumdam rivojlangan egizaklar tug’ilishi mumkin. Bunday ko`payish boshqa sut emizuvchilarda, jumladan zirxlilarda, hasharotlarda ham kuzatiladi.
Tartibli bo`linish
Bunday bo`linish ayrim kovichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda uchraydi.Ssifoidlarning planula lichinkasi taraqqiy etib,yakkapolipga-ssifismaga aylanadi.U kurtaklanish yo`li bilan ko`payishi mumkin.
Tartibsiz bo`linish
Kiprikli chuvalchanglarning ba’zi vakillari,bahorda ko`ndalangiga bo`linish yo`li bilan ko`payadi.Oldin chuvalchang gavdasining o`rtalaridan bo`linish halqasi hosil bo`ladi. Keyin orqa qismi uchun og’iz hosil bo`ladi. Masalan oq planariya gavdasi 279 bo`lakka ajratilganda har bir bo`lakdan yangi organizm paydo bo`lgan
Partenogenez
Tuxum hujayraning urug’lanmasdan ko`payishi, qiz holida ko`payish yoki PARTENOGENEZ deb ataladi.
Partenogenez lotincha partenoz-”qiz” holida, genezis-”tug’ish”, ”tug’ilish” degan ma’nolarni bildiradi. Bu hodisani birinchi marta shve.tab.Sh.Bonne shiralarda kuzatgan.Bu hodisa bundan tashqari hasharotlarda,qisqichbaqasimonlarda,asalarilarda, og’izaylangichlarda va boshqa hayvonlarda ham kuzatiladi.
Partenogenezning ochilishi, urug’lanishdan keyin zigota normal sharoit yaratish bilan,sun’iy partenogenezga yo`l ochdi.Birinchi marta 1887 yilda A.Tixomirov tut ipak qurtining urug’lanmagan tuxumini cho`tka bilan ishqalab, yoki oltingugurt kislota ta’sir ettirib, rivojlanishga majbur etdi va sun’iy partenogenezga asos soldi.
Hozirgi paytda sun’iy partenogenezni sut emizuvchilarda,hatto odamda ham qo`llab, ijobiy natijalar olinmoqda.Sun’iy partenogenez usullarini tut ipak qurtida qo`llab, B.L.Astaurov katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 22 yoshli qiz bolaning tuxumida 4 ta blastomer hosil bo`lganligini kuzatgan. Partenogenez yo`li bilan rivojlanadigan organizmlarda, xuddi jinsiy ko`payish kabi somatik hujayralarning xromosoma top`lami ,diploid bo`ladi. Xromosomalrning diploid top`lamining tiklanishi, 2-meyozda oosit va reduksion tanachaning qo`shilishi,yoki oosit reduksion tanachani qaytarib, o`ziga biriktirib olishi orqali amalga oshadi