A.A.Тixomirov tajribalarida ham, odatda, urug’lanmasdan rivojlanadigan tuxumlar bo’lishi mumkin edi.
A.A.Тixomirov tajribalarida ham, odatda, urug’lanmasdan rivojlanadigan tuxumlar bo’lishi mumkin edi.
A.A.Тixomirov ishlaridan keyin tez vaqt ichida sun’iy partenogenezni, odatda, qiz holida rivojlanmaydigan turlarda ham hosil qilish mumkin bo’ldi (dengiz kirpisi, amfibiy va boshqalarda). Тuxumlar rivojlanishini sun’iy aktivlashtirish ustidagi birinchi tajribalarda maydalanishning boshlang’ich bosqichlarigina o’tardi, uning ketidan ular nobud bo’lardi. Faqat sun’iy partenogenez metodlarini puxta ishlab chiqishgina ijobiy natijalar berdi. Тuxumga ta’sir etuvchi turli ta’sirlar-fizikaviy (issiqlik, elektr), ximiyaviy (organik kislotalar, yog’, erituvchilar, qon zardobi va ko’pgina boshqalar) usullarning yig’indisi bilan, shuningdek ularning ma’lum vaqt davom etishi bilan ko’pgina hayvonlarda to’la va odatdagi partenogenetik rivojlanish hosil qilish mumkin
Hozirgi vaqtda sun’iy partoginezni hatto sut emizuvchilarda hosil qilish mumkin bo’lib qoldi. Ipak qurti uchun sun’iy partenogenez metodini qo’llash sohasida rus olimi B.L.Astaurov katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Тuxumning urug’lanmasdan rivojlanishini tezlashtiruvchi omillarning ta’siri urug’lanishdagi kabi kortikal qatlamidagi o’zgarishlarga va urug’lanish qobig’i hosil bo’lishiga sabab bo’ladi
Sun’iy partenogenez sohasidagi ishlar urug’lanish protsessi to’g’risidagi tasavvurlarni anchagina oydinlashtirdi. Urg’ochilik va erkaklik hujayralari yadrolarining qo’shilib ketishi rivojlanishga sabab bo’ladi degan faraz xato bo’lib chiqdi. Jinsiy hujayralar qo’shilib ketishi natijasida vujudga keluvchi fiziologik o’zgarishlar rivojlanish boshlanishining stimuli hisoblanadi.