Har qanday tirik organizmlarni son jihatdan oshiruvchi barcha jarayonlar ko`payish deb ataladi
Ko`payish xaqida K.Berning fikri:
“Bo`linish har bir organizmning o`z individual chegarasidan oshiqroq o`sishidir”
O`sish ma’lum bir miqdorga yetganida keyin , tirik massa ma’lum qismining ajralishi kuzatiladi,ya’ni ko`payish sodir bo`ladi.Har qanday organizmning hayoti,tur hayotidan qisqa bo`ladi. Ko`payish orqali esa tur saqlanadi va uning hayoti davom etadi.
Jinssiz ko`payish
Jinssiz ko`payish deb,somatik hujayralarning hisobiga yangi organizmlar paydo bo`lishiga aytiladi. Ko`payishning bu turi,qadimgi va ko`payishning birlamchi formasi hisoblanadi.Jinssiz ko`payishda organizmning ayrim hujayralari,yoki organlarining bo`linishi natijasida,yangi organizm hosil bo`ladi.Bu ko`payishning biologik ahamiyati shundaki,bunda organizmlarning tez ko`payishi va ko`p avlod hosil qilishi ta’minlanadi.Jinssiz ko`payishda somatik hujayralar ishtirok etadi,jinsiy hujayralar ishtirok etmaydi.
Jinssiz ko`payish quyidagi turlarga bo`linadi:
Bo`linish
Ko`p bo`linish (shizogoniya)
Kurtaklanib
Spora hosil qilib ko`payish
Bo`linish
Ko`p bo`linish
Kurtaklanib
Spora hosil qilib
Ko`p hujayralilarda jinssiz ko`payishning quyidagi turlari uchraydi
Bir hujayrali organizmlarda jinssiz ko’payish usullaridan biri kurtaklanishdir.
Misol uchun achitqi.
Ko’p hujayralilarning jinssiz ko’payishi, polisitogen ko’payish deb ataladi va uning
quyidagi usullari bor.Vegetativ bunga barcha gulli o’simliklar kiradi.Tartibsiz bo’linishga kiprikli chuvalchanglar va lentasimon chuvalchanglar kiradi, Tartibli bo’linishga masalan radial-simmetrik (meduzalar),
ko’ndalangiga (halqali chuvalchanglar). Kurtaklanishga bulutlar, kovakichlilar, halqali chuvalchanglar. Poliembrional ko’payishga esa ba’zi sut emizuvchilar ya’ni zirxlilar va odam misol bo’la oladi.
Ko’p hujayralar to’plami bilan jinsiz ko’payish
1.Vegetativ ko’payish.
2.Kurtaklanib ko’payish.
3.Poliembrional ko’payish
(poliembrioniya).
4.Tartibli bo’linish.
5.Tartibsiz bo’linish.
Har qanday tirik organizmni son jixatdan oshiruvchi barcha jarayonlar, ko’payish deb ataladi. Bo’linish esa biologik sistemalarning, yoki tirik organizmlarning o’sishi hisoblanadi.O’sish bu tirik organizmning, o’z individual chegarasidan oshiqroq o’sishidir. O’sish ma’lum miqdorga yetgandan keyin, tirik massa ma’lum qismining ajralishi kuzatiladi, ya’ni ko’payish sodir bo’ladi.