Mavzu Hujayra shikastlanishi patofiziologiyasi. Hujayra shikastlanishida himoya maslashuv reaksiyalari. Selening umumiy adaptatsion sindromi


Hujayrani shikastlovchi omil va sabablar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/9
tarix12.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#73973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Hujayrani shikastlovchi omil va sabablar
Hujayrani shikastlovchi patogen omillar asosan fizik, kimyoviy, biologik turlarga ajratiladi.
1.Fizik omillar:
-mexanik ta’sirotlar, ular plazmolemma strukturasi va subhujayra tuzilmalari membranasini buzadi;
-harorat o‘zgarishi, hujayra yashayotgan muhit haroratining 45-500 S darajagacha ko‘tarilishi oqsillar, nuklein kislotalar denaturatsiyasi, lipoproteid komplekslar dekompozitsiyasiga sabab bo‘ladi va hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini kuchaytirib yuboradi. Haroratning pasayib ketishi esa metabolik jarayonlarning susayishi yoki butunlay buzilishiga, hujayra ichki suyuqligining kristallanishi hamda membranalar buzilishiga olib keladi;
-hujayradagi osmotik bosimning o‘zgarishi, xususan, unda to‘la parchalanmagan organik moddalar va ionlar to‘planishi natijasidir. Ionlar to‘planib qolishi oqibatida suyuqlik osmotik gradient natijasida hujayraga kiradi, hujayra bo‘kib, shishadi va plazmolemmani yorib yuboradi.Hujayra ichki osmotik bosimining pasayishi yoki uning hujayra tashqarisida oshishi natijasida hujayra suvsizlanib, burishib qoladi (piknoz) va hatto o‘ladi;
-ionlangan radiatsiya ta’sirida esa erkin radikallar paydo bo‘lib, ularda o‘ta oksidlanish jarayonlari kuchayadi, hosil qilgan mahsulotlari membranalarni shikastlab, fermentlarni denaturatsiya qiladi.
2. Kimyoviy omillar: unga, asosan, turli ekzogen omillar, ya’ni organik va anorganik kislotalar, asoslar, og‘ir metall tuzlari, buzilgan metabolizm mahsulotlari va h.k. kiradi. Masalan, sianidlar sitaxromoksidaza faolligini susaytiradi, etanol va uning metabolitlari ko‘pincha fermentlarni ingibitsiya qiladi, margimush tuzlari esa piruvatoksidazani faolsizlantiradi. Dori moddalarni noto‘g‘ri ishlatish oqibatida ham hujayralar shikastlanishi mumkin, masalan, strofantin me’yoridan ko‘p qo‘llanilganda miokard sarkolemmasidagi K-Na ATFaza faolligi susayadi, insulinni ko‘p ishlatish tufayli glyukoza tez sarflanib, uning glikogen ko‘rinishidagi jamg‘armasi kamayadi va hujayraning energetik ta’minoti izdan chiqadi. YAna shuni ham esda tutish muhimki, hujayra organizmda u yoki bu omilning ko‘p yoki kamligi natijasida ham shikastlanadi. Masalan, to‘qimalarda kislorod miqdorining ortib ketishi yog‘larning o‘ta oksidlanish jarayonlarini faollaydi, uning mahsulotlari esa hujayra membranasi va fermentlarini zararlaydi; aksincha, kislorod miqdorining kamayishi oksidlanish jarayonlarini buzadi, ATF kam ishlanadi va natijada hujayra faoliyati buziladi.
3. Hujayra, aksariyat, biologik omillar: viruslar, mikroblar, rikettsiyalar, parazitlar, zamburug‘lar va h.k. ta’siridan ham shikast topadi. Bu xil omillar hujayra faoliyatini, unda kechadigan metabolik reaksiyalarni, hujayra o‘tkazuvchanligi va membranalar butunligini, fermentlar faolligini izdan chiqaradi. SHuningdek allergik va immun jarayonlar ham hujayrani shikastlashi mumkin. Bu holat, aksari, mikrob antigeni bilan odam organizmi hujayralari antigenlarning tuzilishi jihatidan o‘hshashligi tufayli ro‘y beradi: gemolitik streptokokkning ayrim turlari antigenining tuzilishi buyrak bazal membranasi oqsillari antigeninikiga o‘xshash. Ular organizmga tushganda ham streptokokklarni, ham nefronni zararlaydigan antitanalar hosil qiladi. Endotoksinlar, bakteriyalarning, virus, parazitlarning struktur komponentlari hujayraning antigen tuzilishini o‘zgartirib, antitanalar yoki immun T-limfotsitlar ishlab chiqaradi, natijada organizmning hujayralari shikastlanib, autoimmun patologik jarayonlar ruy beradi.
Organizmda neyromediatorlar, fermentlar, oqsillar, adenin-nukleotidlar, mikroelementlar kamayganda ham hujayra modda almashinuvi o‘zgaradi va faoliyati buziladi. Bulardan tashqari, a’zolar faoliyatining keskin kuchayishi oqibatida hujayralar shikastlanishi mumkin. Masalan, surunkasiga jismoniy zo‘riqish natijasida kardiomiotsitlar faoliyati buzilib, yurak ishi etishmovchiligi paydo bo‘ladi.
Hujayra faqat patogen omillar ta’siridagina emas, balki genetik dasturlangan jarayonlar o‘zgarishi sababli ham shikastlanadi. Masalan, organizm qarib borishi jarayonida epidermis, ichak epiteliysi, eritrotsitlar o‘la boradi. Bu membrana tuzilishidagi fermentlar, nuklein kislotalarda asta-sekin ruy beradigan o‘zgarishlar natijasi bo‘lib, oqibatda hujayrani halok etadi.

Shikastlovchi omillar hujayraga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bilvosita ta’sirot ikkilamchi reaksiyalar paydo qiladi va oralik moddalar hosil etib, birlamchi ta’sirotning shikastlovchi faoliyatini amalga oshiradi. Birlamchi shikastlovchi omil ta’siri hujayraga bilvosita ya’ni nerv va endokrin ta’sirotlar (stress, shok holatida), qon aylanish sistemasi orqali (yurak ishi etishmovchiligida), fizik-kimyoviy parametrlarning o‘zgarishi (atsidoz, alkaloz, erkin radikallar paydo bo‘lishi, lipidlarning o‘ta oksidlanish mahsulotlari, ionlar buzilishi), autoallergik kasalliklarda immun-allergik reaksiyalar, shuningdek, biologik faol moddalar (gistamin, kininlar, prostaglandinlar)ning ko‘payishi yoki kamayishi tufayli ta’sir etadi. Bu omillarni ko‘pchiligini mediator (ya’ni yallig‘lanish, allergik, kanserogenez mediatorlari) deb ataladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin