Mavzu Hujayra shikastlanishi patofiziologiyasi. Hujayra shikastlanishida himoya maslashuv reaksiyalari. Selening umumiy adaptatsion sindromi


SHIKASTLANGAN HUJAYRADA VUJUDGA KELADIGAN O‘ZIGA XOS (SPETSIFIK) VA XOS BO‘LMAGAN (NOSPETSIFIK) O‘ZGARISHLAR



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/9
tarix12.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#73973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

SHIKASTLANGAN HUJAYRADA VUJUDGA KELADIGAN O‘ZIGA XOS (SPETSIFIK) VA XOS BO‘LMAGAN (NOSPETSIFIK) O‘ZGARISHLAR
Ta’sir etayotgan omil hujayrada o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi,shuningdek ta’sir etuvchi omil qay xilda bo‘lishidan qat’iy nazar ma’lum bir hujayrada ham o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Masalan, mexanik omil qanday hujayraga ta’sir etmasin albatta uning membranasi butunligini buzadi yoki aldosteronning to‘planishi hujayrada natriy ionining yig‘ilishiga olib keladi, ammo ikkinchi tomondan, patogen omil qay turda bo‘lmasin mushak hujayrasiga ta’sir etsa albatta miofibrillyar kontrakturasiga, neyronlarga ta’sir etsa shikastlanish potensiallariga, eritrotsitlarga ta’sir etsa gemolizga sabab bo‘ladi.
SHuningdek shikastlanish hamma vaqt hujayralarda o‘ziga xos bo‘lmagan stereotip o‘zgarishlarni ham keltirib chiqaradi va ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Masalan, hujayra alteratsiyasi natijasida atsidoz, erkin radikal reaksiyalarning kuchayishi, oqsillar denaturatsiyasi, membranalar o‘tkazuvchanligining oshishi, ionlar nisbatining buzilishi kelib chiqadi.
Shikastlangan hujayrada adaptatsiya-moslashuv jarayonlarining ro‘y berishi
Patogen omillar ta’sirida va shikastlanish jarayonlarining rivojlana borishi davomida hujayralarning o‘zida ham shikastlanish darajasini bir muncha pasaytirishga va yo‘qotishga qaratilgan reaksiyalar sodir bo‘la boradi. Bunday reaksiyalar majmui hujayraning yangi sharoitga moslashuviga imkon beradi. Moslashuv reaksiyalariga kompensatsiya reaksiyalari, ya’ni zararlangan struktura va funksiyalarni tiklash yoki o‘rnini bosish, funksional faollikni susaytiruvchi himoyaviy reaksiyalar kiradi.
Moslashuv reaksiyalari, asosan, hujayra ichida va hujayra tashqarisida ya’ni hujayralararo yuz beradi.
Hujayradagi moslashuv reaksiyalari:
1.Hujayraning energiya bilan ta’minlanish jarayonining tiklanishi. Odatda, hujayra shikastlanganda mitoxondriyalar faoliyati buzilib, ATF kam hosil bo‘ladi. Bu esa glikoliz jarayonida ATFni ko‘p ishlanib chiqishiga turtkidir. Agar hujayra engilroq shikastlangan bo‘lsa, oksidlanish va fosforlanishda ishtirok etadigan fermentlar faolligini oshirish hisobiga ATF ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkin. Tiklanish reaksiyalari ma’lum darajada ATFni tashish va sarflashni ta’minlovchi fermentlar hisobiga ham amalga oshadi. Hujayralar faoliyatining pasayishi ham ATF sarfini kamaytiradi.
2. Membrana va fermentlarni himoyalash. Membrana va fermentlar, asosan, erkin radikallar va o‘ta oksidlanish reaksiyalarining tezlashuvi sababli shikastlanadi. Bunday reaksiyalarni esa antioksidant sistemasiga kiruvchi fermentlar - superoksidismutaza, katalaza, glyutatin peroksidaza kabi himoya fermentlari cheklaydi. Himoyaning yana bir boshqa mexanizmi, bu -hujayra bufer sistemalarining faollashivudir. Natijada hujayra atsidozi pasayib, unga bog‘liq lizosomalar gidrolitik enzimlarining faolligi ham susayadi. Hujayra fermentlari va membranalarining ham himoyaviy ahamiyati katta.
Ular oksidlanish, qaytarilish, demetillanish reaksiyalari orqali patogen omillarni fizik - kimyoviy transformatsiyaga uchratadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin