1-Pog’onaning ustki maydonchasi; Nu-pog’ona balandligi 2-Pog’onaning ostki maydonchasi; 3-Pog’ona qiyaligi; 4-Pog’onaning ustki brovkasi; 5-Pog’onaning ostki brovkasi; Pogona odatda ketma-ket ravishda parallel tasmalar (polosa), 10-20 m kenglikdagi bazan esa undan kengrok bolgan zaxodkalar A bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi berk (tores) qismi kovjoy 1 (zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi, songra esa yangi zaxodkaga otiladi.Ishchi gorizontlarni ochish maxsus kon laximlari (transheyalar) ni otish yordamida amalga oshiriladi. Ularni ochishdan kozda tutilgan asosiy maqsad, bu pogonalarda yolga qoyilgan yuk oqimlarini transport kommunikatsiyalari bilan taminlash va buning natijasida kon massasini ishchi gorizontlardan yer yuzasiga yoki orta gorizontlarga tashish imkoniyatini yuzaga keltirishdir. Ochuvchi kon laximlari yer yuzasidan boshlanib yoki avval ochilgan ish gorizontidan boshlanib, ochilishi nazarda tutilayotgan gorizont ish maydoni belgisida (otmetkasida) tugaydi. Transheyalar bajaradigan vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: -kapital transheya; -qirqim transheya. Kapital transheya-ishchi gorizontni ochish uchun hizmat qiluvchi ochiq qiya kon laximi bolib, transport vositasini yer yuzasidan kongacha yetib borishini taminlaydi. Qirqim transheya-gorizontal ochiq kon laximi bolib, foydali qazilmani yoki qoplovchi jinsini qazib olish uchun ish frontini yaratib beradi. Kapital transheyaning ko’rinishi
Qirqim transheyaning ko’rinishi Gorizontalvaqiyapog’onayuzasi, balandligiboyichacheklanishigaostkivaustkimaydonchalar, qazibolinganmaydontomonidanpogonanicheklovchiqiyayuzaniesa—pogonaningqiyalikyuzasidebaytiladi. Pogonaqiyalikburchagidebpogonaningqiyalikyuzasivagorizontaltekislikhosilqilganburchakka, qiyalikniustkivaostkimaydonchalarbilankesishganchizigiesamuvofiqholdapogonaningustkivaostkichekkasidebaytiladi. Pogonalar ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan pogonalarga ajratiladi. Ish olib boriladigan pogonalarda qoplovchi jinslarni yoki foydali qazilmalarni qazish ishlari olib boriladi. Agar pogonani qazib olish uchun zarur bolgan jihozlar maydonchada joylashgan bolsa, uni ishlash maydonchasi deb aytiladi.Karerning qazib olingan maydonini chegaralovchi va pogonalarning qiyalik yuzalari va gorizontal maydonchalaridan tashkil topgan zinasimon yon yuzalariga karerning borti deb aytiladi. Kon ishlari olib boriladigan pogonalardan iborat bortni karerning ish olib boriladigan borti, kon ishlari olib borilmaydigan pogonalardan iborat bortni karerning ish olib borilmaydigan borti deb aytiladi. Kon ishlari otkaziladigan karerning ish borti pogonalari qiyaligi ishlash maydonchalari bilan, kon ishlari otkazilmaydigan karerning ishlamaydigan borti pogonalari qiyaligi ishlash maydonchalari bilan, kon ishlari otkazilmaydigan karerning ishlamaydigan borti pogonalari qiyaligi transportli va himoyalovchi berma (supachalar) lar bilan ajratiladi. Karer bortining qiyalik burchagi bort yonbagiri massivi jinslari mustahkamligi va transport kammunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikrok qilib olinadi.