Mavzu: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari



Yüklə 373,33 Kb.
səhifə2/15
tarix07.01.2024
ölçüsü373,33 Kb.
#209259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Amaliy

Valentlik. Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
Tarkibning doimiylik qonuni. 1799-yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809-yilda ko’pchilik tomonidan e'tirof etildi.
•Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qatiy nazar doimiy tarkibga ega bo’ladi.
Karrali nisbatlar qonunini. J.Dalton 1803-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.
•Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to’g’ri keluvchi boshqa element massalari o’zaro kichik butun sonlar nisbatida boiadi.
Massaning saqlanish qonuni. 1748-yilda rus olimi M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonuni ochgan.
•Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulot-lari umumiy massasiga teng.
Ekvivalentlar qonuni. Kimyoviy elementlar bir-biri bilan o'z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan massa miqdorlarda birikadi yoki almashinadi (Ekvivalentlar qonuni).
Elementning ekvivalentligi deb 1 mol yoki 1 g vodorod atomi bilan birikadigan yoki shuncha miqdor vodorod o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.

Ekvivalent






Modda

Formula

Misol

1

Oddiy modda





2

Asos





3

Oksid





4

Kislota





5

Tuz





oksidlarning ekvivalenti


Bunda: Mroksidning molekular massasi;  — oksid hosil qiluvchi elementning valentligi; n — oksid hosil qiluvchi elementning shu oksiddagi atom soni.
Asoslarning ekvivalenti
Bunda: Mr — asosning molekular massasi; n(OH) — asosdagi gidroksid guruh soni.
Kislotalarning ekvivalenti
Bunda: Mrkislotaning molekular massasi;
n(H) — kislota tarkibidagi metallga o’rnini bera oladigan vodorod atomlari soni.
Tuzlarning ekvivalentligi
Bunda: Mrtuzning molekular massasi;
 — tuz hosil qiluvchi metallning valentligi;
n — tuz hosil qiluvchi metallning shu tuzdagi atom soni.

Ekvivalent nomalum bo’lgan elementning ekvivalenti malum bo’lgan element bilan hosil qilgan birikmasiga qarab ikkinchi elementning nomini aniqlashda. formuladan foydalaniladi.


• Ekvivalent — teng qiymatli demakdir.


Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyo-viy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 g/mol).
• Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta'sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta'sirlashadigan
miqdoridir.
Demak, moddalar ularning ekvivalentlariga mos ravishda o’zaro ta'sirlashadilar. Bu ekvialentlik qonuni deb ataladi:
Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta'sirlashadilar.
o’zaro ta'sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir.
Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm boiib, gazsimon holat uchun qoilanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,2 l/rnol, O — 5,6 l/mol).

Yüklə 373,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin