2. Adsorbtsion muvozanat. Adsorbtsiya issiqligi. Adsorbtsion muvozanat. Adsorbtsiya xodisasi ham xuddi suyuqlikning bug’lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu erda bir-biriga qarama -qarshi ikki jarayon bo`ladi:
biri moddaning yutilishi bo`lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishidir. Adsorbtsiya xodisasida ham yutilish jarayoni avval tez boradi, So`ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlari tenglashib sistema adsorbtsion muvozanat xoliga keladi. Adsorbtsion muvozanat juda tez qaror topadi. Agar muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbtsiya boshqa xil jarayonlar bilan dinamik murakablashgan deyish mumkin.
Adsorbtsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Adsorbtsion muvozanat xolati temperatura o`zgarganda o`zgaradi.
Adsorbtsiya jarayoni issiqlik chiqarishi bilan boradi. Adsorbtsiya jarayonida ajralib chiqqan issiqlikni adsorbtsiya issiqligi deyiladi. Adsorbtsion muvozanatning siljishi ham Le-SHatel’e printsipiga bo`ysunganligi uchun temperatura ko`tarilganida muvozanat, modda kam yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbtsiya jarayoni aksincha, issiqlik yutilishi bilan boradi. SHu sababli temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko`proq qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan absorbtiv o`rtasida kimyoviy reaktsiya sodir bo`lsa, adsorbtsion muvozanat qaror topmaydi. Bu xolda adsorbtsiya qaytmas jarayon xarakteriga ega bo`ladi.
Adsorbtsion muvozanatni tez yoki sekin qaror topishi adsorbent yuzasining g’ovakli yoki g’ovaksiz bo`lishiga bog’liqdir. g’ovaklar katta bo`lsa, adsorbtsion muvozanat tez, kichik bo`lsa sekin qaror topadi. Buni quyidagi jadvalda ko`rish mumkin.