8-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR VA
ULARNING XOSSALARI.
MAQSAD: Kislorodli organik birikmalarni o’rganish
Reja:
Bir atomli spirtlar
Ikki atomli spirtlar
Ko’p atomli spirtlar
To’yingan bir atomli spirtlar deb - (alkanollar yoki alkagollar) to’yingan uglevodorodlar molekulasida bir yoki bir necha vodorod atomlarini gidroksil guruhiga almashinishidan hosil bo’lgan birikmalarga aytiladi.
Gidroksil guruhining soniga qarab:
1) bir atomli spirtlar, .
2) ikki atomli spirtlar, .
3) uch atomli spirtlar, .
4) ko’p atomli spirtlar to’rt va undan ortiq gidroksil guruhiga ega bo’lgan spirtlar.
To’yingan uglevodorod molekulasidagi bitta vodorod atomining gidroksil guruhiga o’rin almashinishidan hosil bo’lgan birikmalarga to’yingan bir atomli spirtlar deyiladi.
Umumiy formulasi -
Spirtlarni suvning hosilasi desa ham bo’ladi. Shu sababli ham spirtlarning ba'zi xossalari va kimyoviy reaksiyalari suvnikiga o’xshab ketadi. Gomologik qator a'zolari bir-biridan guruhi bilan farq qiladi. Bir atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil guruhining qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab, spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo’ladi.
Nomlanishi. 1) Tarixiy nomenklaturaga ko’ra nomlaganda avval spirtlarning gidroksil guruhiga birikkan radikalning nomi aytiladi. Masalan:
metil spirti.
etil spirti.
propil spirti.
Spirtlar emperik nom bilan ham ataladi. Masalan: metil spirtni yog’och spirti, etil spirtini vino spirti deb ham aytiladi.
2) Rasional nomenklaturaga ko’ra spirtlarni atashda metil spirtini karbinol deb atalib, metil spirti radikalidagi vodorod atomining o’rniga qanday radikallar almashingan bo’lsa, shu radikallar nomi va ularning nechtaligini ko’rsatib oxiriga karbinol so’zi qo’shib o’qiladi.
Jeneva nomenklaturasiga ko’ra to’yingan uglevodorodning nomiga -ol qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi va gidroksil bog’langan uglerod atomining nomeri ko’rsatiladi. Nomerlash gidroksil guruhiga yaqin turgan tomondan boshlanadi.
metil spirti (T), karbinol (R), metanol (S)
etil spirti (T), metil karbinol (R), etanol (S)
propanol-1(S), n-birlamchi propil spirti (T), etil karbinol (R)
- izopropil spirt (T), dimetil karbinol (R), propanol – 2 (S)
- diizopropil karbinol (R), 2,4-dimetilpentanol-3 (S)
Bir atomli spirtlarning ba'zilari o’simliklarning efir moylarida va hayvonlar organizmida uchraydi, ular quyidagi usullar bilan sintez qilinadi.
1.Tabiatda uchraydigan murakkab efirlar kislotali yoki ishqoriy sharoitda gidroliz qilib olinadi:
2.Monogalogenli birikmalarga ishqorning suvli eritmasini ta'sir ettirib olinadi:
3.To’yinmagan uglevodorodlarni gidratlash bilan spirtlarni olinishi:
4. Birlamchi aminlarga nitrit kislota ta'sir ettirib olinadi. Bu usulda aminlarning radikaliga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar olinadi:
5 Sanoatda spirtlar aldegid, keton va murakkab efirlarni kislotalar ( ) katalizatorligida vodorod bilan qaytarib olinadi:
Murakkab efirlarni qaytarib olishda qaynab turgan spirt va H2 yoki (litiy alyuminiy gidrid) qaytaruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Texnikada birlamchi spirtlar ko’proq oksosintez orqali olingan aldegidlarni qaytarish orqali olinadi:
6.Spirtlarning yuqori vakillaridan pastki vakillarini sintez qilib olish:
Bu tipdagi reaksiyalar spirtlarni qattiq (yoki suvsiz) bilan qizdirish orqali boradi:
7.Shakar moddalarni fermentlar ta'sirida bijg’itib spirt olish (yoki bu biokimyoviy usul deb ataladi).
Sellyulozani sulfat kislota ishtirokida gidrolizlab glyukozaga aylantiriladi va etil spirti olinadi. Bu usulda olingan spirt tarkibida oz bo’lsada metil spirt, aldegid va murakkab efirlar bo’ladi. Bu usulda olingan spirtni shuning uchun ham gidroliz spirti deyiladi (bu texnik maqsadlarda ishlatiladi).
1.Alkagolyatlarni hosil bo’lishi:
Spirtlar neytral moddalar bo’lib, spirt gidroksilidagi vodorod atomining harakatchan bo’lishiga va metallar bilan almashinish reaksiyasiga kirishiga sabab elektronomanfiyligi katta bo’lgan element kislorod bilan bog’langanligidir. Ya'ni kislorod o’rtadagi elektron zichlikni kuchli darajada o’ziga tortadi, natijada vodorod proton ko’rinishida uziladi. Alkagolyatlarni hosil bo’lishida spirtlar kuchsiz kislota rolini bajaradi. Alkagolyatlar qattiq moddalar bo’lib oson gidrolizlanadi.
Ishqoriy metallardan hosil bo’lgan alkagolyat-lar VA dan kuchli asoslik xususiyatiga ega bo’lgan moddalardir. Spirtlar suv bilan solishtirilganda suvdan ham kuchsiz kislotalik xususiyatiga ega ekan. spirtlarniki
Spirtlarning ichida kislotaliligi kuchliroq ifodalangani metanol bo’lib,
Vodorodni proton holida ajralib chiqishi va kislotalik xususiyatini quyidagi qatorda ifodalanadi: > birlamchi > ikkilamchi > uchlamchi
Agar spirt radikalida elektronomanfiyligi kattaroq element joylashgan bo’lsa, uning kislotalik xos-sasi kuchliroq bo’lib u karbonat kislotani uning tuzlaridan siqib chiqarishi mumkin.
ya’ni
O’rganilgan organik birikmalarning kislotalik xossalari solishtirilganda ularni quyidagicha joylashtirish mumkin:
Uchta radikal ta'sirida, eng kuchsiz kislotalik xususiyatiga ega
Alkagolyatlar.
natriy metilati yoki natriy metoksidi.
natriy etilati yoki natriy etoksid.
2.Oddiy efirlarning hosil bo’lishi:
Molekulalararo degidratlanish reaksiyasi.
3. Murakkab efirlarning hosil bo’lishi. Spirt gidroksilidagi vodorod atomini organik yoki
m ineral kislota qoldig’iga almashinishi:
Sirka kislotasini etil efiri yoki etil asetat
Spirt va kislota o’rtasida murakkab efir hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiyaga eterefikasiya yoki efirlanish reaksiyasi deb ataladi.
Eterefikasiya reaksiyasini mahsulot hosil bo’lish tomoniga ya'ni o’ng tomonga borishini tezlatish uchun quyidagi talablar amalga oshiriladi:
a) suv haydaladi (agar hosil bo’lgan efirning tqay. dan suvning tqay. past bo’lsa).
b) efir haydaladi (agar hosil bo’lgan efirning tqay. suvning tqay. dan past bo’lsa).
v) reaksiyaga kirishayotgan kislota yoki spirtning birortasini konsentrasiyasi ko’proq olinadi.
g) magniy-organik birikmalarni hosil qilish. Spirtlarga magniy galogenalkillar ta'sir ettirilsa to’yingan uglevodorodlar ajralib chiqadi.
Spirt gidroksilining reaksiyalari. Spirtlarda-gi gidroksil guruhi dissosiasiyalanmaydi, lakmus qog’ozi rangini o’zgartirmaydi ya'ni neytral. Lekin ay-rim kimyoviy reaksiyalarda gidroksil guruhi to’lig’icha almashinadi yoki ajralib chiqadi.
1.Spirtlarga fosfor galogenidlarining ta'siri:
Oxirgi reaksiya suvni tortib oluvchi agent ishtirokida boradi.
2. Spirtlarga ammiakning ta'siri :
3.Gidroksil guruhini va qo’shni vodorod atomini ajralishi yoki ichki molekulyar degidratlanish reaksiyasi, etilen qatori uglevodorodlarini hosil bo’lishi bilan boradi. Degidratlanish reaksiyalari suvni tortib oluvchi agentlar ishtirokida boradi. Bu reaksiyalar Zaysev qoidasiga binoan amalga oshadi. Bunda vodorod atomi kamroq gidrogenlangan uglerod atomidan ajraladi.
Misol,
Glikollar bir atomli spirtlarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi. Glikollar bitta gidroksil guruhi hisobiga yoki ikkala gidroksil guruhi hisobiga reaksiyalarga kirishadi. Glikollarda kislotalik xossasi bir atomli spirtlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Ular shuning uchun ham og’ir metallarning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishib rangli kompleks birikmalar hosil qiladi.
Bu ular uchun sifat reaksiyasidir.
1.Mis glikolyati (havo rangli kompleks birikma).
Bu birikmada mis atomi ortiqcha valentliklari bilan bog’langan bo’lib bunday ichki molekulyar (metallar bilan) bog’lanishli rangli birikmalar xelatlar deyiladi.
Glikollar ishqoriy metallar bilan to’liq va yarim glikolyatlarni hosil qiladi:
2. Kislotalar bilan to’liq va yarim efirlar hosil qiladi:
Glikol dinitrati
Monosirka efiri
Disirka efiri
3. Galogenli birikmalarni hosil bo’lishi:
4. Oddiy efirlarning hosil bo’lishi:
Dostları ilə paylaş: |