Nazorat savollari:
Aminokislotalar necha turli bo‘ladi. Misollar keltiring.
-,-va -aminokislotalar bir-biridan qaysi reaksiya bilan farqlanadi.
Glitsindan di- va tripeptid olish reaksiya tenglamasini yozing.
Rux xloridning alanin va trilon-Blarninng natriyli tuzlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning tuzilish formulalarini yozing.
Oqsillarning biuret va ksantoprotein reaksiyalarini tushuntiring. Qanday tashqi o‘zgarishlar bo‘ladi.
10-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: UGLEVODLAR VA ULARNING XOSSALARI.
MAQSAD: Uglevodlar va ularning xossalarini o’rganish.
Reja:
Klassifikatsiyasi va nomenklaturasi,tabiatda tarqalishi,fizik xususiyatlari.
Monosaxaridlarni ajratib olish, tozalash va identifikatsiya qilish.
Monosaxaridlarning tuzilishi, proyektsion formulalari (Fisher).
Uglevodlar tabiaytda keng tarqalgan organik moddalardir, ular barcha organizmlarning xujayralarida, shu jumladan bakteriyalarda, o’simliklarda va hayvonlarda uchraydi. Ular orasida molekulyar massasi 200 ga yaqin moddalar, hamda molekulyar massasi bir necha millionga teng gigant polimerlar bo’ladi. Uglevodlar o’simlikning boshlang’ich bosqichlarida, ya’ni fotosintez jarayonida karbonat angidridni organik moddalarga aylanganida paydo bo’ladi.Hayvonlarda bu jarayon bo’lmagani uchun ular uglevodlarni asosan o’simliklardan oladilar.
Aminokislotalar va oqsillar hayvon organizmida asos hisoblansa, o’simlik tirik xujayralarda bu uglevodlardir. Ular poligidroksilkarbonil birikmalardir, ko’proq trivial nomga ega bo’lib –oza qo’shimchasi bilan tugaydi.
Uglevodlarning xujayradagi funksiyasi rang barangdir. Ular xujayrada energiya manbai va akkamulyatori( kraxmal, glikogen), o’simlik va hayvonlarning skelet funktsiyalari, masalan dengiz qisqichbaqasi, krevetkalar, bakteriyalarning xujayra devori asosidir, ayrim antibiotiklar tarkibida uchraydi. Ko’pincha hayvon oqsillari determinant uglevod tabiatli bo’lib glikoproteinlar hisoblanadi. Esdan chiqarmaslik kerakki nuklein kislotalarning asosiy komponenti bu D-riboza va D-dezoksiribozadir.
Qadim zamondan kishilar uglevod bilan tanish bo’lib undan foydalanganlar.Bular paxta, yog’och, zig’ir, shakar qamish shakari, asal, kraxmaldir, ular sivilizatsiya taraqiyotida muhim rol o’ynagan.
Toza holda birinchi monosaxaridlar glyukoza, fruktoza XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida ajratilgan, lekin tuzilishlarini aniqlash organik moddalarning tuzilish nazariyasi kashf etilgandan keyin bo’lgan. Glyukoza, fruktoza, mannozalarning va boshqa uglevodlarning element tarkibi aniqlangan umumiy formulasi Сn(Н20)m ya’ni u uglerod va suvdan iborat, shundan uglevodlar nomi kelib chiqqan.
R.Fittig va A.Bayer 1868-1870 yillarda birinchi bo’lib glyukozani to’g’ri formulasini taklif etdilar.
Piranoza halqasi karbonil guruhini C5, furanoza esa C4 atomi bilan ta'siri natijasida hosil bo’ladilar.
D-glyukozaning Fisher formulasi (halqa-zanjir tautomerlari)
Monosaxaridlarni halqali shakllari Xeuors tomonidan taklif etilgan perspektiv formulalar orqali namoyon etiladilar.
Dostları ilə paylaş: |