Mavzu: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari


Avogadro qonuni. molyar hajm



Yüklə 373,33 Kb.
səhifə3/15
tarix07.01.2024
ölçüsü373,33 Kb.
#209259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Amaliy

Avogadro qonuni. molyar hajm. 1811-yilda A.Avogadro ushbu qonunni ochgan:
• Bir xil sharoitda o’zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng boiadi.
Har qanday gazning 6,021023 ta zarrasi (1 moli) normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi.
• Modda hajmining  ga uning miqdoriga nisbati shu moddaning molyar hajmi VM deb ataladi: -

Modda

Mr

Molyar massasi

Molyar hajmi

Molekkulyar soni

H2

2

2gr

22,4 1

6,02.1023 ta

CO2

44

44gr

22,4 1

6,02.1023 ta

CI2

71

71gr

22,4 1

6,02.1023 ta

Gazning zichligini topish uchun formuladan foydalanamiz.
Gazning nisbiy zichligini topish uchun formuladan foydalanamiz.
Gazning hajmi, bosimi va temperatura orasidagi bog’liqlik,odatda BoyI-Marioti va Gey-Lynssaklaming gazlarga oid qonunlarini birlashgan tenglamasi bilan ifodalanadi.

Har qanday gazning bir moli uchun o’zgarmas kattalik ekanligini D.I.Mendeleev aniqladi va R harfi bilan ifodalanadi R-gazning o’zgarmas doiniysi deb ataldi. Demak n mol gaz uchun PV=nRT n= bo’lganligi uchun bo’ladi.
Masala:
1.A elementning nisbiy atom massasi B elementning nisbiy atom massasidan 1,6875 martta ata. A va B elementlarining nisbiy atom massalar farqi 11 ga teng. A va B elementdan hosil bo’lgan birikmaning formulasini ko’rsating.
2. X va Y atomlaridan hosil bo’lgan X2Y3 va X2Y5 birikmalarining 0,01 moldan olinganda massalari mos ravishda 1,1 g va 1,42 g bo’lsa, X va Y ni nisbiy atom massalarini aniqlang.
3. 1 g CaCO3 da necha dona kislorod atomi bor?
4. FexOy birikmasining bir molida Fe atomlarining massasi, nisbiy atom massasidan 3 marta ata, O atomlari soni esa, Fe atomlari sonidan Avagadro sonicha ko’p bo’lsa, birikma fo’rmulasini aniqlang.
5. NxOy birikmasining bir molida N atomlarining massasi, nisbiy atom massasiga teng, O atomlari soni esa, N atomlari sonidan Avagadro sonicha ko’p bo’lsa, birikma fo’rmulasini aniqlang.
Test:
1. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.
A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
2. Molekula – bu …..
A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.
D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.
3. Molekula to’g’risidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) Molekula atomlardan iborat
B) Molekulalar fizikaviy jarayonlarda o’zgarmay qoladi
C) Molekulalar doimo harakatda bo’ladi
D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda o’zgarmay qoladi
4. Atom-molekulyar ta’limotga mos ta’riflarni aniqlang.
1) barcha moddalar molekulalardan iborat bo’lib, ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
2) molekulalar esa atomlardan iborat, atomlar harakatsiz bo’ladi.
3) oddiy moddalar molekulalari bir kimyoviy element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli kimyoviy element atomlaridan tashkil topadi.
4) molekulalar o’rtasida o’zaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud.
5) kimyoviy reaksiyalar paytida molekulalar saqlanmaydi, lekin ularni tashkil qilgan atomlar saqlanib qoladi
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
5. Quyidagilardan xato ma’lumotlarni toping.
1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning o’rnida yangi moddalar hosil bo’ladi.
2) Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi, ularning harakat tezligi temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi.
3) modda molekulalari orasida ma’lum masofa bo’lib, uning o’lchami moddaning agregat holatiga bog’liq bo’ladi.
4) qattiq moddalarda molekulalarning o’zaro tortilishi kuchi gazlardagiga ko’ra kuchsiz.
5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi.
A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
6. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.
A) uglerod, olmos, azot, ozon B) azot, ozon, vodorod, kislorod
C) ozon, kislorod, olmos, vodorod D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
7. Metallmaslar berilgan qatorni ko’rsating.
A) N, S, H, O B) C, S, Br, Cu C) C, O, H, Fe D) Cr, Cu, O, Al
8. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?
A) Cu, Hg, Ag, Pt B) Fe, Co, Ni, Sn C) Mg, Ca, Sr, Ba D) K, Li, Fr, Cs
9. Passiv metallni aniqlang.
A) rux B) qalay C) simob D) qo’rg’oshin
10. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.
A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi
B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi
C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz
D) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz

Yüklə 373,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin