Rasm va savollar yordamida gaplar tuzish. V.Darsni yakunlash.O`quvchilar bilimi baholanadi.
VI.Uyga vazifa. 82- mashq. Gap nimaligini bilib olish.
MRO’TIBO’ _____________
Sana
Mavzu Gapning oxirida tinish belgilar.
Maqsad. Ta’limiy Yozma nutqda gapni to'g'ri shakllantirish, ya'ni gapni bosh harf bilan boshlash, oxiriga nuqta, so'roq, undov belgisini qo'yish ko'nikmasini o'stirish. Tarbiyaviy: Vatanga muhabbatni uyg`otish Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli:Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Gapning oxirida finish belgilarining ao 'yilishini kuzutish. 1. — Darslikda berilgan so'roqni o'qing. (O'quvchilar o'qiydilar: «Gapning oxiriga qay vaqtda , ? ,! belgisi qo'yiladi?»)
O'quvchilar bu so'roqqajavob berishga harakat qiladilar. Ular oldingi mashqlarda berilgan so'roqni o'qiganlar, ularga javob berganlar. Tinish belgilarni qo'yib, gaplarni yozganlar. O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.
2. 83- mashqni birgalikda ishlash.
— Mashqni o'qing. Gap oxiriga nima uchun nuqta, so'roq va undov belgisi qo'yilgan? O'ylab ko'ring.
O'qituvchi o'quvchilar javoblariui umumlashtiradi.— Siz biror narsani bilish uchun so'rash mazmunini bildirgan gap tuzasiz. (Vatan nima?) O'rtog'ingiz siz bergan so'roqqa javob berib,
siz bilmoqchi bo'lgan narsa haqida xabar (javob) mazmunini bildirgan gap tuzadi. (Vatan— biz tug'ilib o'sgan yer.) Vatan nimaligini bilib sevinganingizni bildirish uchun his-hayajon bildirgan gap tuzasiz. (OnaVatan so 'zi naqadar aziz!) Tuzgan gapingiz so'rash mazmunini bildirsa, u gapning oxiriga so'roq belgisi, tuzgan gapingiz biror narsa haqida xabar bildirsa, u gapning oxiriga nuqta qo'yiladi. His-hayajon bildirgan gap tuzsangiz, bunday gapni yozib, oxiriga undov belgisi qo'yasiz.
Gapning oxiriga tinish belgilarining qoyilishi haqidagi qoida ustida ishlash. O'quvchilar darslikdan qoidani o'qiydilar. Har bir qoidaga misol aytib tasdiqlaydilar.
IV. Darsni mustahkamlash;Matnni ifodali o'qish va ko'chirish. 84- mashq.
Gapning oxiriga qanday belgi qo'yilgan? Nima uchun?
Gaplarni mazmuniga mos ohang bilan o'qing. Matnni ko'chiring.
«Eng yaxshi tuzilgan gap» о yini.
Oxiriga so'roq belgisi qo'yiladigan gap tuzing.
Kim tuzgan gap yaxshi?
His-hayajon bilan aytiladigan gap tuzing. Bunday gap oxiriga qaysi belgi qo'yiladi?
Eng yaxshi gap tuzgan, so'roqlarga javob bera olgan o'quvchi rag'batlantiriladi.
V Darsni yakunlash. Darslikda berilgan so'roqni qayta o'qing va javob bering.