Bolalar donxo'rak yasadilar. Qushlar unda donlaydi gaplari aytib yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini darsiikka qarab tekshiradilar. 8.9-mashq.
Gaplarni tahlil qilish.
— Gap kimlar haqida aytilgan? (Bolalar.) Bolalar so'zining tagiga bitta chiziq chizing. Bolalar haqida nima deyilgan? Bir so'z bilan ayting. (Yasadilar.) Yasadilar so'zi tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizing.
Bolalar donxo'rak yasadilar.
Keyingi gap nimalar haqida aytilgan? Qushlarso'zi tagiga bitta chizib belgilang. Qushlar haqida nima deyilgan? Donlaydi so'zi tagiga ikkita chiziq chizib belgilang. Qushlar unda donlaydi. Mashqning davomi ham shunday bajariladi. Gapning chizmasini tuzish.
IV. Darsni mustahkamlash; Qush uchadi. Shifokor davolaydi. Kishilar ishlaydilar gaplari tahlil ■ qilinadi. O'quvchilar gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so`z va ular haqida nima deyilganini bildirgan so'zlarni topadilar.
Gap nima haqida aytilgan? (Qush haqida.) Nima? — Qush. U haqda nima deyilgan? (Uchadi.) Nima qiladi? (Uchadi.) (Boshqa gaplar ham shu kabi tahlil qilinadi.) O`qituvchi mana shu har bir gapni chizmada ko'rsatish ham mumkinligini aytib, ikki xil chizmani tushuntiradi:
Birinchi gapning chizmasi: nima? nima qiladi? Gapning chizmasini so`roqarini yozmay chizishimiz ham mumkin.
Gapning chizmasini chizish uchun gap kim yoki nima haqda aytilganini bildirgan so'zni1 burchakli bitta to'g'ri chiziq bilan, u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ikkita to'g'ri chiziq bilan belgiladik. Gapning chizmasida gapdagi so'zlar tartibi ko'rsatiladi. Burchakli to`g`ri chiziq gapni bosh harf bilan boshlash kerakligini ko'rsatadi.O`qituvchi berilgan gaplarning chizmasi oldindan tayyorlab qo'yilgan kartochkalarni tartib bilan qo'yib ko'rsatadi:
Agar gapda bulardan boshqa so'zlar bo'Isa, u to'lqinli chiziq bilan belgilanadi. Masalan: O'quvchilar qushlarni sevadilar gapining chizmasi quyidagidagi shaklda bo'ladi:
V. Darsni yakunlash.
Darsda nimalami bilib oldingiz? Nima uchun gap kimlar yoki nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bilish kerak? ( Shularni bilsangiz, gapni to'g'ri tuza olasiz va gapni nutqingizda to'g'ri ishlata olasiz.)
VI.Uyga vazifa. 91- mashq MRO’TIBO’_______________
Sana:
Mavzu: Matn haqida umumiy tushuncha (mustahkamlash).. Maqsad:
Ta’limiy: Matnni alohida gaplar yig'indisidan farqlash (ajrata olish) kunikmasini, matnni qismlarga bo'la olish, matn mazmunini savollar yordamida bayon eta bilish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: Hayvonlarga g`amxo`rlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Matn xususiyatini kuzatish.
— Siz o'z nutqingizda «matn» so'zidan foydalanasiz. Matn nima? Matn haqida darslikdan o'qing.
O'qituvchi bir misol bilan matnni izohlab tushuntiradi.