Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə24/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
2-sinf Ona tili kons

II. Lug'at ishi.
O'qituvchi so'z ifodalagan ma'noni izohlab aytadi, o'quvchilar u qaysi so'z ekanini topadilar.
1. — Biror vazifani navbati kelganda bajaradigan odam, masalan,sinfning tozaligiga qaraydi. (Navbatchi.)
O'qituvchi so'z yozilgan kartochkani ko'rsatadi, o'quvchilar yozadilar.
2. — Maktabda mashg'ulotlar o'tkaziladigan xona. (Sinf.) Shu so'z yana qanday ma'noda ishlatiladi? (Bir sinfda o'qiydigan o'quvchilar.)
Bolalar javob bera olmasalar, o'qituvchi sinf so'zi shu ma'noda ishlatiladigan gap aytib (Bizning sinf barcha ishda ilg'or.), shu gapda bu
so'z qaysi ma'noni bildirayotganini so'raydi.
— Turlicha ma'no bildiradigan sinf so'zi bilan gaplar tuzing. (Bu vazifa o'qituvchi yordamida bajariladi.) O'quvchilar navbatchi, sinf so'zlarining imloviy xususiyatini tushuntiradilar (navbatchi so'zining birinchi bo'g'inidagi unli ba'zan o talaffuz qilinadi, ammo doim a harfi yoziladi; sinf so'zidagi i unlisi qisqa talaffuz qilinadi, bu so'z sinif kabi talaffuz qilinadi, ammo doim bir xilda sinf yoziladi.) O'qituvchi lug'at ishini qisqa xulosalaydi:
— Har bir so'z ma'no bildiradi, ya'ni har bir so'zning o'z ma'nosi bor. O'zbek tilidagi juda ko'p so'zlar bitta ma'noni emas, balki bir necha ma'noni bildiradi (vatan, mamlakat, diyor).
III. Darsning maqsadini aytish.
Biz bugungi darsda so'zni talaffuz qilganimizda, u so'z qanday qismlarga bo'linishi haqida bilib olamiz. Vatan so'zini talaffuz qiling.
Talaffuzda bu so'z qanday qismlarga bo'linadi? (Va-tan.) Shu talaffuzda bolingan so'zning qismlari nima deb ataladi? (Bo'g'in.) Bu darsda biz «Bo'g'in nima?», «So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz?»
IV. Bo'g'in haqidagi bilimlarni umumlashtirish. . Darslik bilan ishlash. 96- mashq birgalikda ishlatiladi: o'quvchilar so'zlardan gap, bo'g'inlardan so'z tuzib yozadilar; quyidagi savollarga javob beradilar:— So'zlardan nima tuzilar ekan? (Gap.) Gap nimalarga bo'linadi? (So'zlarga.) Bo'g'inlardan nima tuzilar ekan? (So'z.) So'z nimalarga bo'linadi? (Bo'g'inlarga.) Gapning qismi — so'z, so'zning qismi nima? (Bo'g'in.) Demak, bo'g'in — so'zning talaffuzda bo'linadigan qismi.
97- mashqni ishlab, «So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz?» so'rog'iga javob beradilar va xulosa chiqariladi. Bo'g'in haqidagi qoidani o'qiydilar. 2- variant. 1. Xattaxtaga oldindan bir, ikki va uch bo'g'inli so'zlar yozib qo'yiladi: nok, tok, olcha, olma, shaftoli, o/xo'ri. O'quvchilar so'zlarni o'qib, nechta bo'g'inli ekanini aniqlaydilar; birinchi qatorga bir bo'g'inli, ikkinchi qatorga ikki bo'g'inli va uchinchi qatorga uch bo'g'inli so'zlarni yozadilar. Unli harfning tagiga qizil nuqla qo'yadilar.
2. So'roqlar asosida umumlashtirish. (Bolalar bu so'roqqa javob berishlari uchun birinchi qatorga yozilgan bir bo'g'inli so'zlarini o'qish, nechta unli va nechta bo'g'in borligini qiyoslab aytishni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Xulosa chiqariladi: so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi.
V. So 'zni bo g 'inlarga bo 'lishni mashq qilish. 98 99 mashqlarni bajarish.
VI. Uyga vazifa. 100- mashq. Qoidani bilish
MRO’TIBO’__________________
Sana
Mavzu So'zlarni bo'g'inlarga bo'lish.
Maqsad:
Ta’limiy: So'zdagi unli tovush soniga asoslangan holda uni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini o'stirish; o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lib aytib ko'chirish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: Chiroyli yozuv malakalari orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
Darsning borishi.
/. Darsning maqsadini aytish.
— So'zni bo'g'inlarga bo'lishni va bo'g'inlab aytib, to'g'ri yozishni o'rganamiz.
//. Uy vazifasini tekshirish.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin