Bahor keldi. Mevali daraxtlar gulladi. Bu ikkala gap mazmunan o'zaro bog'langan: avval bahor keladi, keyin mevali daraxtlar gullaydi. «Bahorda» sarlavhasini qo'yish mumkin. Matnda gaplar o'rnini almashtirish mumkin emas.
Bulbul chiroyli sayraydi. Sigir sut beradi. Bular alohida ikkita gap yig'indisi: biri bulbul haqida, ikkinchisi sigir haqida aytilgan; mazmunan o'zaro bog'lanmagan, shuning uchun sarlavha ham qo'yib bo'lmaydi; bu gaplar o'rnini almashtirish mumkin.
IV. Darsni mustahkamlash;
2. 9- mashqni og'zaki, 93- mashqni birgalikda ishlash.
O'ng tomonda matn, chap tomonda esa alohida gaplar yozilganini qanday topdingiz? (O'ng tomonda boyo'g'li haqida aytilgan uchta gap berilgan. Gaplar mazmunan o'zaro bog'langan. «Boyo'g'li» sarlavhasini qo'yish mumkin. Chap tomonda berilgan ikki gapning biri o'rmon haqida, ikkinchisi boyo'g'li haqida aytilgan; mazmunan o'zaro bog'lanmagan sarlavha qo'yib bo'lmaydi.)
O'qish darsida siz matn mazmunini yaxshi tushunish, uni to'g'ri gapirib berish uchun matnni qismlarga bo'lib o'rgandingiz. Ona tili darsida ham matn bilan ishlashni davom ettiramiz; siz matn yuzasidan berilgan savollarga faqat og'zaki emas, balki yozma javob ham berasiz.
Matnni avval tahlil qilib, savollar yordamida mazmunini hikoya qilish va yozish. 93- mashq.
O'qing va alohida gaplar emas, balki matn ekanini isbotlang. U nima haqida aytilgan? (Chumchuqlar haqida.) Matnga yana qanday sarlavha qo'yish mumkin? («Chumchuqlar uchib keldi».) Matnda nechta qism bor? (Uchta.)
Matnning boshlanishini o'qing. (I- qism o'qiladi.) Asosiy qismni o'qing. (2- qism o'qiladi.) Xotima (Xulosa) qismini o'qing. (3- qism o'qiladi.)
Matnning boshlanish qismidan nimalarni bilib oldingiz? Birinchi savolni o'qing va unga javob be ring. Sarlavhani qo'yib. javobingizni xat boshidan yozing.
Matnning asosiy qismida bolalar haqida nima deyilibdi? lkkinchi savolni o'qing va unga javob yozing.
Matnning xulosa qismidan nimalarni bildingiz? (Chumchuqlar yana uchib kelibdi va nоn uvoqlarini yeya boshlabdi.) Oxirgi savolni o'qing va unga javob yozing.
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilar bilimini tekshirish.
Tarbiyaviy: O`zini bilimiga bo`lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli:Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. Diktant
Oydin