Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə25/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
2-sinf Ona tili kons

III. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib, izohlab, gapni (masalan, savobli
ishni harkuni qilish kerak) aytib turib yozdirish. O'quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Unli harflar tagiga chizadilar, so'zdagi bo'g'inlar sonini aytadilar.
IV. Bo'g'in nechta tovushdan tuzilganini kuzatish. 101-mashq.
O'quvchilar a-nor, u-zum, ol-xo'-ri kabi so'zlarni bo'g'inlab ayta­dilar, bo'g'in nechta tovushdan tuzilganini, har bir bo'g'inda bir unli tovush va ikki-uch undosh tovush borligini aytadilar. Tuzgan so'zlarini bo'g'inlarga bo'lib, chiziqcha bilan yozadilar va unli harf tagiga chizadilar.
V. Qoida ustida ishlash.
Qoidalar o'qiladi, bo'g'in bir unli tovushdan, bir unli va bir necha undosh tovushdan tuzilishini bilib oladilar.
VI. O'rganilganlarni mustahkamlash. 102—103- mashqlar. 104-mashqdagi «Narxlar» matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. So 'ng mashqning grammatik topshirig 7 bajariladi.
VII Darsni yakunlash.

  • So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz? Misollar bilan isbotlang.

  • Bo'g'inda nechta tovush bo'ladi? Bu haqda darslikdan o'qing. Misollar ayting.

VIII. Uyga vazifa. 105- mashq.
MRO’TIBO’__________________
Sana
Mavzu Bo'g'in ko'chirish.
Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarni so'zni bo'g'inlab'ko'chirish qoidalari bilan tanishtirish; so'zning bir qatorga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chirish ko'nikmasini shakllantirish..
Tarbiyaviy: Chiroyli yozuv malakalari orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.


Darsning borishi.
/. Uy vazifasini tekshirish.
II Darsning maqsadini aytish va so 'zni bo 'g'inlarga bo 'lib ko 'chirish qoidasi bilan tanishtirish.
1. Bugun navbatchilar juda yaxshi ishladilar gapi aytib turib yozdiriladi. O'quvchilar ishladilar so'zini bir qatorga sig'dira olmaydilar. So'zni bo'lib yozish zarurati tug'iladi. O'qituvchi bunday holatda so'zni bo'g'inlarga bo'lib ko'chirish kerakligini aytadi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, ulardan o'zlariga kerakli variantni tanlaydilar: ish-ladilar, ishla-dilar, ishladi-lar.
Bugungi darsda biz so'zning bir qatorga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab to'g'ri ko'chirishni o'rganamiz, — deb darsning maqsadi e'lon qilinadi. O'quvchilardan so'raladi: — Buni bilish bizga nima uchun kerak? Siz qaysi bo'g'in ko'chirish qoidasini ayta olasiz? O'quvchilar: «So'z bir qatordan keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chiriladi», deb javob berishlari kutiladi.
2. Kesma harf bilan ishlash.
O'quvchilar (yoki xattaxtaga chiqarilgan o'quvchi) mashina, do'stlik so'zlarini kesma harflardan tuzadilar. So'zlarni awal bo'g'inlarga boiib aytadilar, so'ng bo'g'in ko'chirish uchun bo'linadi: mashina, mashi-na, do'st-lik.
3. Qoida ustida ishlash.
O' qi, aka nechta bo'g'inli so'z? To'g'ri, ikki bo'g'inli, ammo bularni bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydi. Nima uchun? Bu savolga javobni darslikdan toping va o'qing.
O'quvchilar bo'g'in ko'chirish qoidasi bilan tanishgach, bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydigan shu kabi so'zlar aytish topshirig'i beriladi. Ona, ota, aziz kabi bir necha so'zlarni yozdirish maqsadga muvofiq.
///. Bo 'g'in ko 'chirish yuzasidan mashq. 106—107- mashqlar ishlatiladi.
Rebusni topish. 108- mashq. O'quvchilar ayiq yonida q harfi turganini ko'radilar va ayiq so'zidan qayiq so'zini hosil qiladilar; bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib yozadilar: qa-yiq. Tovuq rasmi ustiga (') belgisi qo'yilgani uchun tovuq so'zi oxiridagi q harfini olib tashlaydilar va tovuq dumidagi s harfini q harfi o'rniga qo'yib, so'z hosil qiladilar, uni bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib yozadilar: to-vus.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin