Alifbodan amaliy foydalanishga oid yozma mashqlar.
70—71- mashqlar topshiriqlari tartibida bajariladi.
So'zni to'g'ri yozish uchun so'zdagi har bir tovushni yaxshi eshitish va yozuvda qaysi harf yoki harf birikmasi bilan yozilishini bilish zarur. Bu darsda biz so'zni tovush-harf tomonidan quyidagi tartibda tahlil qilishni o'rganamiz. So'zni ng tovush-harf tomonidan tahlil rejasi.
So'zda nechta bo'g'in bor?
Tovushlar nechta?
Harf birikmasi qaysi tovushni bildiradi?
Harflar nechta?
Unli tovushlarni tartibi bilan ayting. Ular qaysi harflar bilan bog`lanadi ?
Undosh tovushlarni tartibi bilan ayting. Undosh tovushlar qaysi bilan ifodalangan?
Tekshirish uchun so'zlar: quyosh, singil, havo.
IV. Darsni mustahkamlash; ■ Darsda nimalarni o'rgandingiz?
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:72- mashq
MRO’TIBO’ ____________________________
Sana :
Mavzu :Ona tili va o`qish materiallaridan foydalanfan holda o`tkaziladigan uyg`unlashgan dars .
Maqsad:
Ta’limiy: Alifbodan foydalanish ко'nikmasini o'stirish, so'zni tovush-harf tomonidan tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish
Tarbiyaviy: O'zbek alifbosi va uning kishilar hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish:
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. Darsni tashkil etish; dars maqsadini e 'lon qilish,
Tabiat fasliari haqida suhbat.
- Tabiatda nechta fasl bor?
- Ularni tartibi bilan sanang.
- Siz qaysi faslni ko'proq yoqtirasiz? Nima uchun?
- Nima uchun kuz faslini oltinga qiyoslashadi? Bu haqdagi sizning fikrlaringiz ?
- Kuz tabiatini so'z bilan tasvirlab bering.
“O`qish kitobi” (2- sinf) darsligi bilan ishlash. Darslikda «Kuz» mavzusi berilgan. Matnni o'qiymiz. (Matn o'qilib, o`quvchilar so'zlatiladi.)
Kuz tasviri berilgan rasmga qarang va so'zlab bering.
Ona tilidan olingan bilimlarni mustahkamlash.
topshiriq. Matnda nechta gap bor? Birinchi gapda nechta so'z bor ?
topshiriq. Birinchi gapni ko'chiring. Unli harfiar tagiga bitta, undosh harflar tagiga ikkitadan chiziqcha chizing.
topshiriq. Matndan barf birikmalari ishlatilgan so'zlarni toping, daftaringizga yozing, harf birikmalarining tagiga chizing.
IV. Darsni mustahkamlash;
O'qituvchi ko'pchilik o'quvchi xato yozgan so'zlarni aytadi. Oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan bu so'zlarni ko'rsatadi. O'quvchilar o'zlari xatoga yo'l qo'ygan so'zlarni to'g'rilab yozadilar.
Bir-ikki so'z tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
O'qituvchi tayyrlab kelgan mashqlarini birgalikda bajarish. Rasmga qarab 2—3 gapli matn tuzish. Matnni yozish. Tekshirish.
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa: Sinfdosh do`stlarining ismlarini alifbo tartibida yozib kelish .
MRO’TIBO’ _____________________________
Sana :
Mavzu : 4-nazorat ishi . Test .
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash .
Tarbiyaviy: O'quvchilarni vaqtdan unumli foydalanishga o'rgatish .
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
O`quvchilarga test haqida qisqacha tushuncha berish . I-chorak tugashi munosabati bilan chorak uchun test yozish zarurligini tushuntirish .
1 . Hozir o`lkamizda qanday fasl ..– shu gap oxiriga qanday tinish belgisini qo`yish lozim?
a) nuqta b) so`roq d) undov
2 . Lotin yozuvida nechta undosh tovush bor ?
a) 23 b) 24 d) 25
3 . Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi ?
Dostları ilə paylaş: |