Matnni o'qib, qayta hikoyalash, savollarga javob yozish. O'quvchilar matnni o'qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
Matn yuzasidan berilgan savollarga javob beradilar. (Savollar doskaga yozib qo'yiladi.)
O'qituvchi sarlavhani qo'yib, har bir savolga berilgan javobni yozishni tushuntiradi. O'quvchilar yana bir bor matnni o'qib, savollarga javob topadilar. O'quvchiga birinchi savol o'qitiladi Shu savolga bir yoki ikki o'quvchi javob beradi.
O'qituvchi berilgan javobni to'g'rilab, qayta o'qib beradi. O'quvchilar javobni xatboshidan boshlab yozadilar. Ikkinchi savol o'qitiladi.O`quvchilardan biri javob beradi. Bu javobni ham xatboshidan boshlab yozadilar. Shu tarzda 5savolga berilgan javoblar xatboshidan yoziladi.
IV.Mustahkamlash. Yozilgan matnni tekshirish.
O'quvchilar oldin birinchi savolni doskadan o'qiydilar, so'ng unga yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib, tekshiradilar. Yo'l qo'ygan kamchiliklarini to'g'rilaydilar. Keyingi savollar va unga berilgan javoblar ham shu tarzda tekshiriladi. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatib
boradi.
V. O'quvchilar daftari tekshirish uchun yig'ib olinadi.
VI. Uyga vazifa. Alifbo tartibida meva nomlaridan so`zlar yozib kelish.
MRO`TIBO`_______________
Sana.
Mavzu.Takrorlash
Maqsad.
Ta`limiy:O'quvchilar ishini tekshirib, ko'pchilik yo'l qo'ygan xato aniqlash va xatolar ustida birgalikda ishlash uchun mashqlar tayyorlash.ayrirn o'quvchilargina yo'l qo'ygan shaxsiy xatolarni aniqlash va ularga mos topshiriqlar tayyorlash.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Xatolar ustida ishlash ko'nikmasin shakllantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
O'quvchilar yozgan so'zlarini o'qiydilar. O'qituvchi tavsiya etgan ikkita so'z tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi: o'quvchilar so'zlarn bo'g'inlab o'qiydilar, har bir bo'g'in qaysi tovushlardan tuzilganin aytadilar. Bir-ikki undosh tovushni to'g'ri talaffuz qilib ko'rsatadilar shu undosh tovushni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi shovqin eshitilishini bilganlaricha aytadilar.
Suhbat yordamida o'zbek tilida 24 ta undosh tovush, 20 ta harf va 3 ta harf birikmasi bilan belgilangani yodga tushiriladi.
III.Yozgan ishlarining tahlili.
O'quvchilar bayonni qanday yozganlari yuzasidan o'qituvchi xulosasini eshittirish.
O'qituvchi o'quvchilar bayonni, asosan, yaxshi yozganlarini, ammo ayrim xatolarga yol qo'yilganini o'quvchilar nomini aytmay, bir-ikki misol bilan izohlaydi.
Bayonni xatosiz, chiroyli yozuv qoidalari va xatboshilarga rioya qilib yozgan o'quvchilarni hamda bu ishni oldingilariga nisbatan yaxshi yozgan ayrim o'quvchilarni rag'batlantiradi.
Gapni yozishda ayrim so'zlarni tushirib qoldirib, gap oxiriga nuqta qo'ymay, gapni kichik harf bilan boshlab yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.
O'quvchilar xato yozgan gaplar darsdan oldin xattaxtaga yozib qo'yiladi. O'qituvchi yoki o'quvchi gapni o'qib beradi. Gapni bosh harf bilan boshlash, oxiriga nuqta qo'yish haqidagi qoidalar eslatiladi. Xattaxtadagi gap berkitiladi. Shundan so'ng gap aytib turib yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini xattaxtada yozilgan gapga qiyoslab tekshiradilar.
So'zni yozishda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.
Xato yozilgan so'zlar bilan lug'at diktant o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilar xatoga yo'l qo'ygan so'zlarni aytib turib yozdiradi. Ular yozganlarini imlo lug'atiga qarab tekshiradilar.
VI. Darsni yakunlashva baholash
Sizlar yo'l qo'ygan xatolarning oldini olish uchun nimalarni yodda tutishingiz zarur ekan?
V.Uyda:Gap tuzish. MRO`TIBO`_______________
Sana. Mavzu. Tovushlar va harflar.
Maqsad. Ta`limiy:O'quvchilarda tovush va harfni aniqlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy: Chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi:tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati haqidagi boshlang'ich tasavvurni shakllantirish, so'zlarni taqqoslay olishga o'rgatish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
—Nechta gap yozdingiz? Q'qing. Har bir gap oxirida to'xtam (pauza) qiling. (O'quvchilar vazifani bajaradilar.)
— Gapni to'g'ri yozish uchun qaysi qoidani bilish zarur? (Bu haqdagi qoidani darslikdan o'qish mumkin.)
III.Yangi mavzu bayoni
— Bugungi mavzuning nomini o'qing. (Xattaxtaga yozilgani ochiladi yoki o'quvchilar darslikdan o'qiydilar: «Tovushlar va harflar».)
— Siz tovushlar va harflar haqida nimalarni bilasiz? Yana nimalarni bilishni xohlaysiz? Bugungi darsimizda tovushlar va harflarni ajratishga, so'zni to'g'ri aytishga, talaffuz qilishga o'rganasiz.
— Darslikda berilgan savolni o'qing. Bu savolga javob berish uchun topshiriqlarni bajaramiz. 12- mashq.
O'quvchilar darslikdan savolni va unga javobni o'qiydilar.
O'qituvchi «Aytgan maqolimning mazmuniga mos so'zlarni topib
;iytasiz» topshirig'iniberib, «Ko'p o'qigan —...» deydi; o'quvchilar ko'p biladi davomini aytadilar.
Siz eshitgan yoki o'zingiz talaffuz qilgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.) Biladi so'zidagi tovushlarni tartibi bilan ayting. Biz so'zni yozishda nimalardan foydalanamiz? (Harflardan.) Tovushlarni yozuvda ifodalaydigan belgi nima deb ataladi? (Harf.) Maqolni yozing.
Tovush bilan harfni taqqoslang. Tovushni nima qilamiz? Harfni-chi? — so'raydi o'qituvchi. (Tovushni eshitamiz va talaffuz qilamiz; harfni ko'ramiz va yozamiz. Harf — tovushning belgisi.)
. Ko'rish — eshitish diktanti.
O'qituvchi doskaga tinchlik, uy, vatan so'zlarini yozadi va so'raydi:
— Har bir yozilgan so'z nimalardan tuzilgan? (Harflardan.) Biz talaffuz qilgan yoki eshitgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.) Tinchlik, uy, vatan so'zlari aytib turib yozdiriladi.
O'qituvchi bir unli va bir undosh bilan farqlanadigan so'zlarni juftlab aytadi: don—non, kuz—ko'z, kabi. O'quvchilar o'qituvchi topshirig'iga ko'ra shu so'zlar qaysi tovushlar bilan farqlanayotganini aytadi lar.
O'qituvchi tovushning so'z ma'nosini o'zgartirishdagi ahamiyatini tushuntiradi:
— Mana ko'rdingizmi, so'zdagi har bir tovush muhim. So'zdagi bitta tovushni boshqasi bilan almashtirsangiz, so'zning ma'nosi ham o'zgaradi.
IVI.Mustahkamlash
Tovus— tovuq, etik—eshik, stol—stul, etak—etik so'zlari aytib turib yozdiriladi.
O'quvchilardan so'raladi: — Bu so'zlarni talaffuz qilganimizda (ayt-ganimizda) ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Tovush bilan.) Shu so'zlarni yozganimizda ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Harf bilan.) So'z ma'nosini o'zgartirayotgan harming tagiga chizing.
13- mashqni bajarish.
Mustaqil yozma ish: «Kim ko'p so'z tanlaydi?» O't so'zi beriladi. O'quvchilar yozuvda faqat bitta harf bilan farqlanadigan so'z tanlaydilar (o 't—ot—it).