So'zni tovush-harf tomonidan tahlil qilish. O'quvchilar o'qituvchi aytgan topishmoqlarning javobini aytadi
Javobni bildirgan so'zlarni (karam, sabzi, anor, yong'oq) bo'g'inga bo`ladilar va tovushlarni tartibi bilan aytadilar.
So'zlarni yozib, unli harflar tagiga chizadilar,
III.Yangi mavzu bayoni.
Talcfffuzi yozilishiga mos bo'lgan so'zlarda a va o tovushining talqffuzinl kuzatish. 19- mashq.
Mashq berilgan topshiriqlari tartibida bajariladi. O'qituvchi bunday so`zlaming birinchi bo'g'inida a tovushi ba'zan o tovushiga yaqin talaffuz qilinsa ham doim a harfi yozilishini yodda tutishni tushuntiradi.
So'z diktant.
Vatan, mashina,jahon, havo, vazifa so'zlari aytib turib yozdiriladi; talaffuzi, ma'nosi, yozilishi aniqlatiladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdagi lug'atga qarab tekshiradilar.
(«Harf kassasi»dan foydalanib, kesma harflar bilan yozib tekshirish ham mumkin.)
IV.Mustahkamlash.Ava o unlilarini to 'g'ri yozish, so 'zlarni guruhlash ko'nikmasini o 'stirish. 20- mashq.
Mashqni bajarishdan oldin sabzavotlar va poliz ekinlariga nimaiar kirishi so'rab aniqlanadi, so'ng mashq topshiriqlari tartibida mustaqil bajartiriladi.
«Tarqatma materiallar»! bilan ishlash. V. Darsni yakunlash va darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz?
(A va o tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilishni; shu harfli so'zlarni to'g'ri yozishni. So'zni to'g'ri yozilganini lug'atdan tekshirishni.)
VI. Uyga vazifa.21- mashq. MRO`TIBO`_______________
Sana.
Mavzu. U va o' unlilari.
Maqsad.
Ta`limiy:U va o' unli tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qihsh,
Tarbiyaviy:O`quvchilatda ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
U tovushini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish va u harfli so 'zlarni to 'g'ri yozish ko 'nikmasini o 'stirish. Bulbul, uzum kabi ikki so'zni tovush tomonidan tahlil qilish, u unli tovush ekanini tasdiqlash.
Uzum— ikki bo'g'inli so'z: u - zum; to'rt tovushdan tuzilgan: u-z-u-m; u — unli tovush; u tovushini talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi (qancha cho'zib talaffuz qilsak ham u tovushi eshitiladi), ovoz eshitiladi; o'zi bo'g'in hosil qiladi: u-zum; z — undosh tovush, m — undosh tovush; bulbul so'zi ham shunday tahlil qilinadi.
22- mashq.
Mashq topshiriqlari tartibida bajariladi. Birinchi bo'g'inda i 'Iran so'zlarning ikkinchi bo'g'inida ham u tovushi talaffuz qili ii harfi yozilishini yodda tutish uqtiriladi.
Berilgan bo'g'inga rasm yordamida bo'g'in qo'shib so'z tuzish va uni yozish.
23- mashq. Bu mashq ham topshiriqlari tartibida bajariladi.
IV.Mustahkamlash.Oi va i unli tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish