Toy, don so'zlari bilan ham analogik ish o'tkaziladi (toy—soy—choy— joy—moy—loy—boy; don—non—
4.14- mashqni og'zaki bajarish.
V. Darsni yakunlash va baholash. Darsda nimalarni bilib oldingiz? Talaffuz qiladigan so'zlarimiz nimalardan tuziladi? Tovushlar yozuvda nimalar bilan belgilanadi? Harf nima? VI. Uyga vazifa.15- mashq. MRO`TIBO`_______________
Sana
Mavzu. Unli tovushlar va harflar.
Maqsad.
Ta`limiy:Unli va undosh tovushlar haqidagi o'quvchilar tasavvurini aniqlash,
Tarbiyaviy: Chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: so'zlar talaffuzini kuzatish va ularni tovush tomonidan tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish.
O’tish usuli:Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
—Qanday vazifani bajardingiz? So'zlarni ikkitadan o'qing va shu so'zlarni farqlagan harflarni ayting.
O'yin: «So'z.ni toping». 1. Shirmoy no... Shirin no...
Ko'm-ko'k may...a. Sayroqi may...a .
Katta makt...b. Mazmunli makt...b.
Oltin k...z. Qora k...z. O'quvchilar non—nok, maysa—mayna, maktab—maktub, kuz—ko`z so`zlarini yozadilar.
III.Yangi mavzu bayoni.
Bugun unli tovushlar va harflarni takrorlaymiz: unli tovushlar harflar qanchaligini, unli tovushning undosh tovushdan qanday farqlashni bllib olamiz.
Darslikda berilgan savolni o'qing. Javob berishga harakat qiling
Unli va undosh tovushlar hamda harflar yuzasidan kuzatish.
Unli tovushni undosh tovushdan qanday ajratamiz? degan savolberiladi. O'quvchilar bilganlaricha javob berishga harakat qiladilar so'ng quyidagi topshiriqlarni bajaradilar, so'roqlarga javob beradilar.
Avval a, o, i, u, o', e tovushlarini talaffuz qiling. Shu tovushla talaffuz qilganingizda havo og'izda to'siqqa uchradimi yoki erkin o'tdir (Erkin o'tdi.) Talaffuz qilganimizda havo og'izda to'siqqa uchramay erkin o'tadigan va ovoz eshitiladigan tovushning nomi nima? (U tovush.) Unli tovush haqida yana nimalarni bilasiz? Bo'g'in hosil qiladimi? (Unli tovush bo'g'in hosil qiladi.) Unli tovush bo'g`in hosil qilgan so'z ayting. (O-na, a-na, u-ka.)
IV. Mustahkamlash. 16—17- mashqlarni bajarish. O'yin: «Men o'ylagan so'zni topib ayting». Doskaga o, a tovushlari yozilgan. Topadigan so'zingiz qarindoshlikni bildiradi, uch tovushdan tuzilgan.
(Ona, opa, ota, aka.)
V. Unli tovushlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishva darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa.18- mashq. Unli tovush haqida darslikda berilganlarni o'qish. MRO`TIBO`_______________
Sana:
Mavzu. A va o unlilari.
Maqsad.
Ta`limiy: A va o unli tovushlarni alohida va so'z ichida to'g'ri talaf qilish;
Tarbiyaviy:O`quvchilatda ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.