Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə11/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
2-sinf Ona tili kons

2. O'quvchilar darslikdagi xulosani o'qiydilar va tutuq belgisi
oldingi bo'g'inga qo'yilishini bilib oladilar.
Tutuq belgisi qo'yiladigan so'zlarni bo'g'inlarga bo`lish, tutuq belgisini to'g'ri qo'yish.
So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib, to'g'ri o'qing.
Ra'no, ma'no, Sa'di. Ma'ruf, San'at, Sur'at, Jur'at.
So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib, chiziqcha bilan yozing. Tutuq belgisini to'g'ri qo'ydingizmi?
Matn mazmunini savollar yordamida qayta hikoyalash va yozish
ко'nikmasini о'stirish.
58- mashq topshiriqlari tartibida bajariladi.
59- mashqni bajarish
IV. Darsni mustahkamlash;Darsda nimalarni bilib oldingiz? (Tutuq belgisi oldingi bo'g'inda qoldirilishi, uni to'g'ri qo'yish qayta ta'kidlanadi.)
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:60- mashq
MRO’TIBO’ ___________________________
Sana :
Mavzu .3-nazorat ishi.Diktant
Maqsad: .
Ta’limiy: Tovushlar va harflar, harf birikmasi bilan yoziladigan so'zlar, gapning yozilishi haqidagi o'quvchilar bilimini sinash.
Tarbiyaviy:
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Bugun diktant yozish darsi . O`quvchilarga diktant daftarlari tarqatiladi . Diktant mavzusi o`quvchilarga o`qib eshittiriladi . Diktantdagi yozilishi qiyin bo`lgan so`zlar haqida o`quvchilarga tushuncha berib borish .
III. Diktant mavzusi bilan tanishganlaridan so`ng o`qituvchi matnni sekin astalik bilan o`qiy boshlaydi . O`quvchilar chiroyli husnixat bilan yozishga kirishadilar .
Yozuv taxtadan sana va matn sarlavhasini to`g`ri ko`chiradilar . So`ng esa diqqat , e`tibor bilan matnni tinglaydilar . O`qituvchi o`rtacha ovoz bilan matndagi so`zlarni dona – dona qilib o`qiydi . Bolalar bilan mazmunli tahlil qiladi .

Halollik .


Sobir maktabga kelayotgan edi . Yo`lda pul topib oldi . Atrofga qarasa , hech kim yo`q. Maktabga kelib , o`qituvchiga aytdi . Pul Yoqub Kamolovniki ekan . Yoqub Sobirga rahmat aytdi .

O`qituvchi avval gapni to`liq o`qiydi , so`ng so`zma-so`z aytib , o`quvchilarning ulgurishlarini kuzatgan holda diktant yozdirishni davom ettiradi .


Diktant uchun tanlangan matnda ko`p bo`g`inli yoki talaffuzi qiyin so`zlar bo`lsa , yozuv taxtaga yozib qo`yilsa ham bo`ladi .

IV. Darsni mustahkamlash;


Diktantni yozib bo`lganlaridan so`ng , yozilgan matnni mustaqil o`qib chiqish , xatolarini tuzatib chiqishga ruxsat berish kerak .
1. Gapning birinchi so'zini xat boshidan va bosh harf bilan boshlash.

  1. Kishilarning ismi va hayvonlarga qo'yilgan nomlar bosh harf bilan yozish kerakligi aytib o`tiladi .

Xatosiz va chiroyli yozilgan ishlar ko'rsatiladi va egalari rag'batlantiriladi.

V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.


VI. Uyga vazifa:takrorlash
MRO’TIBO’ ________________________________

Sana :
Mavzu .Diktant tahlili va xatolar ustida ishlash .


Maqsad:
Ta’limiy: . Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy:
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
O'qituvchi diktantning umumiy natijasini qisqa tushuntiradi. O'quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashda xatosiz yozilgan, 1-2 xatoga, 3-5 xatoga, 6 va undan ortiq xatoga yo'l qo'yib yozilgan ishlarini belgilab olgan bo'ladi.)
Xatosiz va chiroyli yozilgan ishlar ko'rsatiladi va egalari rag'batlantiriladi.
Qaysi so'zlarda ko'proq xatoga yo'l qo'yilgan? (Ko'pchilik o'quvchi xato bilan yozgan so'zlar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib tayyorlanadi va o'quvchilarga ko'rsatiladi.)
Guruhlarga ajratib tayyorlangan xatolar ustida ishlash.
1. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash.

  1. Kishilarning ismi va hayvonlarga qo'yilgan nomda bosh harf.

  2. So'zdagi harflarni tushirib qoldirish va o'rnini almashtirib yozish.

4, Ng, ch, sh harf birikmasi va tutuq belgisi bilan yoziladigan so`zlar.
Gapni kichik harf bilan boshlagan, kishilar ismi va hayvonlarga qo'yilgan nomda harf birikmali va tutuq belgili so'zlarni yozislida xatoga yo'l qo'ygan o'quvchilar o'sha gapni, xato yozilgan so'zlarni to'g'rilab yozadilar. Boshqa o'quvchilar tutuq belgisi va harf birikmasi bilan yoziladigan 4-6 so'z tanlab yozadilar. Yozganlarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin