Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə17/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
2-sinf Ona tili kons

Ona tilidan olingan bilimlarni mustahkamlash.

  1. topshiriq. Matnda nechta gap bor? Birinchi gapda nechta so'z bor ?

  2. topshiriq. Barcha gapni ko'chiring. Unli harfiar tagiga bitta, undosh harflar tagiga ikkitadan chiziqcha chizing.

  3. topshiriq. Matndan barf birikmalari ishlatilgan so'zlarni toping, daftaringizga yozing, harf birikmalarining tagiga chizing.

IV. Darsni mustahkamlash;


O'qituvchi ko'pchilik o'quvchi xato yozgan so'zlarni aytadi. Oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan bu so'zlarni ko'rsatadi. O'quvchilar o'zlari xatoga yo'l qo'ygan so'zlarni to'g'rilab yozadilar.
Bir-ikki so'z tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
O'qituvchi tayyrlab kelgan mashqlarini birgalikda bajarish. Rasmga qarab 2—3 gapli matn tuzish. Matnni yozish. Tekshirish.

V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.


VI. Uyga vazifa: Sinfdosh do`stlarining ismlarini alifbo tartibida yozib kelish .

MRO’TIBO’ _____________________________


Sana
Mavzu: Bo`g`in-so`zning qismi.Nutq haqida umumiy tushuncha. Og'zaki va yozma nutq. Maqsad:
Ta’limiy: Nutq nimaligi va kishilar hayotida qanday vazifani bajarishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish. III. Yangi mavzu bayoni. Darsning mavzusi va maqsadini bayon etish.

  • O'qing, bugun qaysi yangi mavzuni o'rgana boshlaymiz?

  • Qanday so'roqqa javob beramiz? (O'quvchilar so'roqni o'qiydilar: «Nutq kishilarga nima uchun kerak? O'ylab ko'ring».)

Darsimizning maqsadi shu savolga javob berish. Bunda bizga darslik yordam beradi.
1. O'quvchilar «Qurilishda» mavzusidagi rasmni ko'radilar. Savollarga javob beradilar.
— Kim qurilish maydonida bo'lgan?
Qurilish maydonida bo'lgan bolalar u yerda nimalarni ko'rganlari, quruvchilar nimalarni qurayolganlari haqida gapirib beradilar. Boshqalar qurilish haqida eshitganlari, telcvizorda yoki filmda ko'rganlarini so'zlab berib, o'rloqlari hikoyasini to'ldiradilar.
Keyin bergan javoblarini yozadilar. 73- mashq.
Xulosani o'qiydilar: «Nutq kishilarga biror narsa haqida xabar berish yoki so'rash uchun kerak». Nutq kishilarga nima uchun kerak ekan?
Demak, nutq kishilarga biror narsa haqida aytish (xabar berish) so'rash uchun kerak. Sizlar «Qurilishda» mavzusida savollarga javob berdingiz. Qurilish haqida ko'rganlaringizni gapirib berdingiz bu og`zaki nutq,bergan javobingizni yozdingiz. Bu — yozilgan nutq, ya'ni yozma nutq.
IV. Darsni mustahkamlash; Nutq ikki xil og'zaki nutq va yozma nutq bo`ladi.
Kishilar gapirganlarida og'zaki nutqdan foydalanadilar; yoki yozganlarida yozma nutqdan foydalanadilar. Aytingchi siz darsda qachon og'zaki nutqdan foydalanasiz?
2, Og`zaki nutq qachon kelib chiqqanini bilishni istaysizmi? 74- mashqni o`qing
Uchta gapni ko`chiring
3, 75- mashqni topshiriqlari tartibida bajaradilar. Nutq va undan foydalanish haqidagi o'qituvchi savollariga javob beradilar.
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:76- mashq Gapni ko`chiring. Yozganingizni tekshiring.
MRO’TIBO’_________________
Sana:
Mavzu :So`zlarni bo`g`inlarga bo`lish. Bog`lanishli nutqni o`stirish.
Maqsad:
Ta’limiy: Nutqda gapdan foydalanish bilan o'quvchilarni tanishtirish; Til o`z aro aloqa vositasi ekani haqida umumiy tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish: O'qituvchi o'quvchilardan so'raydi: «Mashqda nimalarni bajarish talab qilingan edi? Gapdan nimalarni bilib oldingiz? Aytib bering. O'quvchilar daftarlari tekshiriladi. Birinchi partada o'tirgan o'quvchilarga daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozuvlarini tekshirtirish ham mumkin
Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. //. Darsning maqsadini bildirish.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin