Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə28/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
2-sinf Ona tili kons

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xadicha
1 Matnni eshitib yozish.
2. Matndagi bir necha so'z bog'in ко'chirish uchun bo'lib, chiziqcha
bilan yozish vazifasini bajarish.

IV. Darsni mustahkamlash;O`quvchilar yozgan diktantlarini ichda o`qib tekshirishadi


V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa: 4 ta gap tuzish

MRO’TIBO’ ____________


Sana
Mavzu Diktant tahlili, xatolar ustida ishlash.
Maqsad:
Ta’limiy: Diktantda yo'l qo'yiigan xatolar ustida ishlash ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarga chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish. O`quvchilar bilimi rag`batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
1.O`quvchilar diktantlaridagi xatolar ko`rsatiladi.
2.O`quvchilar xato yozgan so`zlari o`rganiladi.
3.Barcha xato yozilgan so`zlar yozdirilib o`quvchilar eslab qolishiga erishiladi

Hadicha---- Xadicha


Gulchexra--- Gulchehra
Oyisha--- Oysha
Hurshida--- Xurshida
Qora harfdagi so`zlar to`g`ri yozilgan so`zlar
V. Darsni mustahkamlash;
O`quvchilar orasida qiyin so`zlar yozdirilib, mashq qildiriladi.
Xusnora 2-sinfda o`qiydi. Uning ikkita singlisi bor. Katta singlisi bu yil maktabga keladi. Kichigi esa endi bir yoshda. Ular juda ahil va inoq.
O`quvchilar tezda baholanib xatolari bilan tanishtiriladi..
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa:So`zlar topib bo`g`inga bo`lib kelish.


MRO’TIBO’_____________


Sana :
Mavzu Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.


Maqsad:


Ta’limiy: O'quvchilarda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh invushlarni farqlash ko'nikmasini shakllantirish, so'zni tovush tarkibi jihatidan tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: O`zaro do`stlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish: /. Unli va undosh tovushlami takrorlash, uch xususiyatiga qarab uarni bir-biridan farqlash ko'nikmasini yodga tushirish, suhbat yordamida umumlashtirish.
- Nutqimizda ishlatiladigan tovushlar qanday katta ikki guruhga bo`linadi? (Unli tovushlar va undosh tovushlar.)
Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz? (Uch belgisiga ко`ra: 1) unli tovushni talaffuz qilganimizda havo og'izdan to'siqqa uchramay, erkin o'tadi, unli tovushni qancha cho'zib aytsak ham shu tovush eshitiladi; undosh tovushni talaffuz qilganimizda havo og'izda to`siqqa uchraydi, undosh tovushni cho'zib aytib bo'lmaydi, cho'zilsa hoshqa tovushga aylanadi; 2) unli tovushni aytganimizda ovoz eshitiladi, undosh tovushni aytganimizda, asosan, shovqin eshitiladi; 3) unli tovushning o'zi ham bo'g'in hosil qiladi; undosh tovush unli tovush bilnn birgagina bo'g'in hosil qiladi.) O'quvchilar bu savolga javob berishda qiynalsalar, ularga quyidagi kabi yo'llovchi savollar beriladi:
— Qanday tovushni aytganimizda havo og'izdan to'siqqa uchramay erkin o'tadi? Undosh tovushni aytganimizda-chi? 2. Qaysi tovushni aytganimizda faqat ovoz eshitiladi? Undosh tovushni aytganimizda nima eshitiladi? 3. Qaysi tovush bo'g'in hosil qiladi? Undosh tovush-chi?
O'qituvchi qisqa umumlashtiradi.
III. Yangi mavzu bayoni. Darsning maqsadini aytish. Bugun biz yangi mavzuni o'rgana boshlaymiz. Mavzu yuzasidan Nima uchun ba'zi so'zlarda bir undosh tovush eshitiladi, ammo u yozuvda boshqa undosh half bilan belgilanadi?» degan savolga javob topishda bizga darslik yordam beradi. Darslikdan shu mavzuning nomini o'qing. ///. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ku.atish. 119— I2O maashqlaming materialidan foydalaniladi.
O'qituvchi «Men jufti bilan aytgan so'zlar qaysi tovush bilan farqlanishini ayting» topshirig'ini berib, so'zlarni jufti bilan o'qiydi: bol — pol, vaza — fazo, gul — kul, dil — til, joy — choy, zina — sina; o'quvchilar so'zlarni farqlayotgan tovushlami jufti bilan aytadilar, qiyoslab aytib ko'radilar: b — p, v - f, g - k, d — t, j - ch, z - s.
Ular tovushlarning aytilishi va so'z ma'nosini farqlashni kuzatib, O'qituvchi yordamida b, v, g, d, j, z tovushlarini aytganda, shovqin bilan birga ovoz ham eshitilishini, ularning jufti bo'lgan p, f, k, t, ch, s tovushlarini aytganda esa faqat shovqin eshitilishini aniqlaydila.
IV. Darsni mustahkamlash;Qoida ustida ishlash. O'quvchilarqoidani darslikdan o'qiydilar, o'qituvchi savollarigajavob beradilar.121- mashq.— Jarangli undosh tovush jarangsiz undosh tovushdan nimalar bilan farqlanadi?
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:122- mashq
MRO’TIBO’____________

Sana
Mavzu Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.


Maqsad:
Ta’limiy: Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko'nikmasini o'stirish; yozishdan oldin tekshirish zarur bo'lgan so'zlar va tekshiruvchi so'z bilan tanishtirish
Tarbiyaviy: Ota- onaga hurmat tuyg`usini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.

  1. II. Uy vazifani tekshirish: 122- mashqni o'zaro tekshirish (yoki o'quvchilardan biri so'zlarni aniq bo'g'inlab topishmoqni o'qiydi), boplab, toblab, kitob so'zlari oxiridagi b harfi jarangsiz undosh p tovushini bildirishi birgalikda aniqlanadi.

  2. — Jufti bor jarangli undosh tovushni bildirgan harfni yozing. Alifbodan foydalaning. (Alifbo sinfda osilgan bo'ladi.) Keyingi yo'lga jarangsiz undosh tovushlarni bildirgan harflarni yozing.Yozadilar:

b d g j j v z g'

p t к ch sh f s x


Siz nechta harfni yozdingiz? (15.) Jufti bor undosh tovushlar nechta? (16) Nega harf soni kam?
Jurnal so'zidagi j tovushi va jiyda so'zidagi j tovushi bitta harf bilan yoziladi.
Bu vazifalarni o'quvchilar, albatta, o'qituvchi yordamida bajaradilar. //. Tekshirish uchun ко 'chirib yozish. 123- mashq.
III. Yangi mavzu bayoni. Darsning mavzusini aytish.
Darslikda berilgan savolni o'qing. («Qaysi so'zlarning yozilishini
tekshirish kcrak?» savolini o'qiydilar.) Bu darsda siz qaysi so'zlarni
yozishdan oldin tekshirish kerakligini bilib olasiz. So'z oxirida va unlidan oldin kelgan jufti bor undosh tovushlarni taqqoslash. 124- mashq.
Xulosa: so'z oxirida kelgan jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitiladi. Shuning uchun bunday so'zlarni tekshirish kerak.Darslikda yozilgan qanday so'zlarni tekshirish kerakligi haqidagi qoidani toping va o'qing.Yana qanday savolga javob berishga o'rganamiz? Shu so'roqni va unga berilgan javobni darslikdan o'qing. O'quvchilar vazifani bajargach, suhbat asosida tekshiruvchi so'zni topish yo'lini misollar bilan tushuntiriladi: Maktabi va maktab so'zlarini taqqoslang. Bularning qaysi biri tekshiruvchi so'z? (Maktabi.) Qaysi so'zni tekshirish kerak? (Maktab.) Yozing: maktabi- maktab. (Yozadilar.) - Endi avlod so'zini tekshirish kerakligini isbotlang. (So'z oxirida jufti bor t tovushi eshitilyapti, shuning uchun tekshirish kerak.) Avlodi tekshiruvvchi so'z ekanini isbotlang (avlodi so'zi oxirida unlidan oldin d harfii yozilgan, shuning uchun avlod so'zida ham d harfi yoziladi). Yozing: avlodi - avlod. Maqsuda — Maqsud so'zlarini taqqoslang. Yozishdan oldin qaysi .so`zni tekshirish kerak? (Maqsud.) Isbotlang.
IV. Darsni mustahkamlash;
Darsda nimalarni o'rgandik? (Savolga o'quvchilar saviyalariga mos izoh beradilar. O'qituvchi umumlashtirib xulosalaydi.)
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:125- mashq; qoidalarni darslikdan o'qish.

MRO’TIBO’________________


Sana
Mavzu Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so'z.


Maqsad.
Ta’limiy: Tekshirish lozim bo'lgan so'zni aniqlash (topish), lokshiruvchi so'ztanlash; tekshirilgan va tekshiru
Tarbiyaviy: Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so`zlar haqida tushuncha berish orqali o`quvchilar orasida hushmuomalalilikni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish: Vazifaning qanday bajarilganini ko'rib chiqish.
Suhbat yordamida o'rganilganlarni qayta yodga tushirish.

  • Qanday so'zlarni tekshirish kerak? Darslikdan o'qing. («So'z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish kerak».)

  • So'z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini qanday tekshiramiz? Darslikdan o'qing. («So'z oxirida kelgan jufti bor undoshdan so'ng unli tovush qo'shib aytamiz: avlodi avlod».)

  • Qaysi so'z tekshiruvchi bo'ladi? (Undoshdan so'ng unli kelgan so'z tekshiruvchi so'z bo'ladi.) Shu so'z tekshiruvchi so'z ekanini isbotlang. Xurshida so'zida unlidan oldjn d yozilgan, Xurshid so'zida ham d harfi yoziladi. Habiba so'zida unlidan oldin b yozilgan, Habib so'zida ham b harfi yoziladi.)

III. Yangi mavzu bayoni. Lug'at ustida ishlash.
Bir so'z bilan ayting va yozing.
I. Biror davlatning bayroq, muhr, tanga kabilarga tushiriladigan belgisi, tamg'asi. (Gerb.) 2. Matn yozilgan varaqlardan iborat, tikib muqovalangan asar, (Kitob.) 3. Bir ota-bobodan tarqalgan, qolgan nasl, zurriyot. (Avlod.) 4, .Jamiyatda, kishilar bilan muomalada o'zini tuta bilish; axloq, tarbiya. ((Mob.) 5. Biror ishni bajarish uchun belgilangan qurol; ish quroli. (Asbob.) O'quvchilar yozgan so'zlarga tekshinivchi so'z tanlab tekshiradilar: gerbi — gerh,...
///. Mustaqil ish. 126- mashq.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin