Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə31/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
2-sinf Ona tili kons

1- usul O'qituvchi o'rganiladigan yangi mavzu nomini va so'z ichida
ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar yoziladigan ma'lumotni darslikdan
o'qishni topshiradi, darsning maqsadini aytadi: «Bugun sizlar so'z ichida
ikkita birxil undosh harf ketma-ket yoziladigan so'zlarni bilib olasiz».
Xattaxtaga yozilgan yoki jadval tarzda tayyorlangan so'zlar ko'rsatilib, topshiriq beriladi:
— So'zlarni o'qing va so'z ichidagi bir xil harfga qarab, uch ustun
shaklida yozing.
Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora.
2- usul. O'qituvchi o'quvchilarga ikkita bir xil undosh ketma-ket
yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. O'qituvchilar aytadilar. Masalan:
Abbos, Muzqffar, Nuriddin, Muazzam, Muattar, Mukarram, Muyassar,
Muhabbat, Qahhor, Qimmatxon kabi.
Xattaxtaga 4 — 5 ta ism yoziladi.
— Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (So'z ichida ikkita bir
xil undosh harf ketma-ket yoziladi.)
O'qituvchi shunday so'zlardan 4—5 tasini aytib turib yozdiradi. Yozilganlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.
Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so 'zlarning talaffuzi va yozilishiga oid ko'nikmasini shakllantirish, darslik bilan ishlash.
I So'zlarni aytib turib yozdirish va yozganlarini darslikka qarab tekshirish. (Bunda yozilganlarni tekshirish yo'li, albatta, yodga tushiriladi.)
2. 139, 140, 141- mashqlarni ishlash.
IV. Darsni mustahkamlash; Darsda nimalami bilib oldingiz?
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:-142 mashq
MRO’TIBO’_______________
Sana
Mavzu . Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'inlab ko`chirish.
Maqsad:
Ta’limiy: . Bo'g'in ko'chirish qoidasini takrorlash; ketma-ket kelgan till \il undosh harfli so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun to'g'ri bo'lish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilar orasida do`stlik, hamjihatlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. Darsning maqsadi bilan tanishtirish; mavzimi tushuntirish. Bu darsda biz «Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo`g`in ko'chirish uchun qanday bo'linadi?»
So'zning bir yo'lga sig'may qolgan qismi keyingi yo'lga qanday ko`chiriladi? (Bo'g'inlab.)
Xattaxtaga yozilgan g'alla, lazzat, chittak, kakku so'zlarini bo`g`inlab o'qing va bo'g'inga bo'lib, chiziqcha bilan yozing. (O'quvchilar topshiriqni bajaradilar. O'qituvchi parta oralab tekshiradi, zarurat o'quvchilarga yordam beradi.) To'g'ri yozdingiz.
Demak, ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun bo'lganda, undosh harfning biri oldingi bo'g'in bilan oldingi yo'lga, ikkinchisi keyingi bo'g'in bilan keyingi yo'lga yoziladi.
O`quvchilar bunday so'zlarni darslikdagi bo'g'in ko'chirish haqidagi qoidani o'qiydilar.
Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so 'zlarni bo 'g'in ко 'chirish ko'nikmasini shakllantirish yuzasidan mashq.

  1. 143- mashqni bajarish.

IV. Darsni mustahkamlash;
144 —145- mashqlar. 144- mashqni quyidagi tartibda bajarsa ham bo`ladi: o'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar va ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni aniqlaydilar. Shu so'zlarning o'zini bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib, cjnziqcha bilan yozadilar: kat-ta; chiq-qanmiz, ehiqqan-miz; chi-niqqanmiz, chiniq-qanmiz, chiniqqan-miz.
«So'z toping» o'yini.
I. Nomida ketma-ket kelgan kk yoziladigan qush nomi. 2. Ketma-ket nn, zz, ff, dd, II, hh harflari yoziladigan o'g'il bolalar ismidan bittadan yozish. (Zunnun, Izzat, Muzaffar, G'affor, Faxriddin, Nuriddin, Siddiq, Quddus, Sa'dulla, Shukrulla, Fayzulla, Fattoh, Qahhor kabi.)
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:146- mashq
MRO’TIBO’ ___________

Sana
Mavzu Matnni og'zaki va yozma qayta hikoya qilish


Maqsad:
Ta’limiy: Matn qismlarini o'zaro bog'lash, har bir bo'limni xatboshidan yozish ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilar orasida mehnatsevarlikni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. Matn ustida Ishlash.
I. Matnni o'qish, savollarga javob berish va qayta hikoya qilish. 147- mashq.
Reja

  1. Ovchi kaptarni nima qilmoqchi bo'ldi?

  2. Chumoli nima qildi?

3. Kaptar to'rdan qanday qutuldi?
Matnga sarlavhaqo'yish. («Kaptar va Chumoli» ...) Matnni tahlil qilish,
Matn nechta qismdan iborat? Matn qismlaridan biri keyingisidan qanday ajratiladi? (Matnning har bir qismi xatboshidan yoziladi.)
4. Sariavhani qo'yib, matnni yozish.
Matn haqida yana nimalarni bilib oldingiz?
Ko'rgan-bilganlar haqida reja asosida og'zaki hikoya qilishga tayyorlanish.
IV. Darsni mustahkamlash;


Siz parranda va hayvonlardan biriga yordam berganmisiz, yoki boshqalar shunday ishni bajarganini ko'rganmisiz? Rejaga qarab hikoya qilib bering.

  1. Bu voqea qachon va qayerda bo'lgan?

  2. Parranda (yoki hayvon)ga nima qilgan?

  3. Buni qanday bildingiz?

4.Unga qanday yordam berdingiz?

V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.


VI. Uyga vazifa:148- mashq
MRO’TIBO’_______________
Sana
Mavzu 7-Nazorat ishi test
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilar bilimini tekshirish
Tarbiyaviy: O`quvchilar orasida orastalikni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Yangi mavzu bayoni. Test
1.Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar to`g`ri yozilgan qatorni toping
A)Sayy-ora B)Nov-vot D)ka-tta
2.Samarqan… so`zining ohirida qanday harf tushib qolgan?
A) D B)T D)N
3. Jarangsiz tovushlarni aytganda nima eshitiladi?
A)ovoz B)ovoz va shovqin D)shovqin
4.G jarangli undoshining jarangsiz juftini toping
A)G` B)K D)P
5Jarangli tovushni aytganda nima eshitiladi?
A)Ovoz B)Shovqin D)Ovoz va shovqin
6.Bir tovushni ko`rsatuvchi harf birikmasi keyingi yo`lga qanday ko`chiriladi?
A)Si-ngil B)Sin-gil D)Sing-il
7.Qaysi so`z satrdan satrga ko`chirish uchun bo`g`inga bo`linmaydi?
A)dada B)Bahrom D)ota
8. To`g`ri yozilgan so`zni toping
A)Kata B)Oppoq D)Achiq
9 . Bo`g`in qanday tovushlardan tuziladi?
A)harf birikmali tovushlar B)undosh tovushlar D)unli tovushlar
10 . Z jarangli undoshini jarangsiz juftini toping
A)s B)sh D)ch
11 .Mazmunan bog`langan ikki yoki bir necha gap nima deyiladi?
A)Sh`er B)Matn D)Ertak
12 . To`g`ri bo`g`inga bo`ligan qatorni toping
A)da-rs-lik B)dar-slik D)dars-lik
13 . Payvan… so`zining ohirida qaysi harf tushib qoladi?
A)B B)D D)T
14 . ……-bizning do`stimiz. Kerakli so`zni toping
A)ota-ona B)tengdoshim D)kitob
15 .Qaysi jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti yo`q?
A)M B)B D)Z
IV. Darsni mustahkamlash;
O`quvchilar javob berishga qiynalishgan savollar yuzasidan suhbat o`tkaziladi.
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa: O`tilganlarni takrorlash
MRO’TIBO’ ______________
Sana
Mavzu Gap va matn ustida ishlash.
Maqsad.
Ta’limiy: So'zlardan gap tuzish. Malnni savoliar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash ko'nikmasini o'stirish.
Tarbiyaviy: Oquvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. O`tilganlarni mustahkamlash.
О'mi almashib berilgan so'zlardan gap tuzing:
yaqinlashyapti, yil, Yangi.
kutib oladilar, yilni, Yangi, yaxshi, o'quvchilar.
Tuzgan gapingizni yozing. Birinchi gap nima haqida aytilganini bildirgan so'zni hamda u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni aniqlang va belgilang. Ikkinchi gap kimlar haqida aytilgan? O'quvchilar haqida nima deyilgan?

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin