Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni


II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya va ta’lim metodlari



Yüklə 124,04 Kb.
səhifə5/6
tarix12.06.2023
ölçüsü124,04 Kb.
#129182
1   2   3   4   5   6
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmu

II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya va ta’lim metodlari
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi
Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim etakchi rol o‘ynaydi. CHunki u ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniy – gigienik ko‘nikmalar, asosiy xarakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish muvofiqdir:
Birinchi yo‘l - bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati vash u kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo‘li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan Fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.

2.2 Aqliy tarbiya va ta’lim metodlari
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:


Ko‘rgazmali

Og‘zaki

Amaliy

O‘yin metodlari

Kuzatish

Tushunish

Mashq

Didaktik o‘yinlar

Ko‘rsatish

O‘ikoya qilish

Mustaqil ish

O‘arakatli o‘yinlar

TV dan foydalanish.

So‘zlab berish

Oddiy tajriba

Mashqli o‘yinlar




o‘qib berish




Insenirovkalar




Suhbat






Kuzatish metodi: Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi.


Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum ob’ektlarni kuzatishda etakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi: Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi.
O‘ikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish.O‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi: 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi. 1. Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi. Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi. Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik. SHuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim. Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiya.
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb hisoblaydi.
2. Sinf — dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni sinf — dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi. Dars vaqtida o’tgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar beradi. Har bir darsning o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytadi. O’qituvchi o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini uqtiradi. O’quv jarayonini tashkil qilishni haddat tashqari oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan dars olib borishi mumkin, deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini yordamchi qilib olishi mumkinligini aytadi.
3. . Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi. ». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda yetkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. SHu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtatmoq kerak» deb hisoblaydi. Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Bolalarga insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi, deydi. O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar. Komenskiy o’z davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. O’qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi.
4. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi. Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni tabiat borlig’iga moslab olib borish kerak, degan g’oya ilgari suriladi. Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko’rsatmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.
5. «Buyuk didaktika» asarida «pan sofiya g’oyasini» (pan gerkcha — butun, hamma, sofiya — donolik, aqllilik) hamma narsani bilish, hamma uchun bilim berish» demakdir. Pan sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini beradi. Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini ko’ramiz. Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar. SHvetsiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi.
6. Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi» Konstitantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi. Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So’ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O’sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o’qishga kirdi va o’sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi. Ushinskiy 22 yoshida YAroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoq bilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, eng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.
7. 1861 yilda uning I va II o’quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo’llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa III o’quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo’linib nashr qilina boshladi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yil II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning hamma jildlarini qisqartirib ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida zo’r g’ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo’lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab qoldi. Bu shamollash va zo’r berib ishlashi hamda xizmati bilan bog’liq bo’lgan ko’ngilsizliklar orqasida zaiflashib toliqqan edi. Natijada 1870 yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot etdi.
K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g’oyasi asosida qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, — deb aytgan edi u, — xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan». «Hamma uchun umumiy bo’lgan birgina tug’ma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin; bu biz xalqchilik deb atagan narsadir. Xalqning o’zi tomonidan yaratilgan va xalqchilik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g’oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham yo’qdir».Ushinskiy xalqchillik deb har bir xalqning o’ziga xosligini tushunar ediki, bu o’ziga xoslik o’sha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bo’lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi. U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» sarlavhali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruhida bo’lishi kerakligini aytib, boshqa xalq pedagogikasini mexanik suratda rus tuprog’iga ko’chirishni aqlga mutlaqo muvofiq emasligini ta’kidlaydi. Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligiga, rus bolalarini o’qitishda rus tili asos bo’lishligini; boshlang’ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog’i lozim deydi. Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati tarbiyaning asosi bo’lgan xalqchillik bilan chambarchas bog’liqdir.

8. K.D.Ushinskiy tarbiya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir etishdan iboratdir, bu aqlni umuman o’stirish, boshni bilimlar bilan to’ldirishdan ko’ra ham muhimroqdir», — deb yozgan edi.Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bo’lishni o’stirishi kerak. Ushinskiy ko’r-ko’rona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, «Eski maktabda intizom nihoyatda g’ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o’qituvchidan qo’rqish asosiga qurilgan edi. Bu qo’rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keldi» deb u bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bo’lishni talab qildi. Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g’arazgo’ylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi. Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1. Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o’rni); 2. O’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi»); 3. E’tiqod; 4. O’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish (pedagogik odob); ogohlantirish choralari; 6. Rag’batlantirish va jazolash. . Uning fikricha «agar tarbiya kishini baxtli qilmoqchi bo’lsa, uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni o’stirish kerak.


9. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o’zining chuqurligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to’g’risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo’li bilan tarbiya oluvchilarda o’z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko’rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi. Ushinskiy ko’rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rsatmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rsatmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, deb bildi.
10. Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o’qituvchi o’rtasida tarbiya va ta’lim (funktsiyasini) jarayonini bo’lib qo’yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi. Darsda mashg’ulotlar turlicha bo’lishi mumkin: yangi bilim berish, o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrorlash, o’quvchilarning bilimini hisobga olish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi lozim. Ushinskiy mashg’ulotlarni almashtirib va metodlarni xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi. Rossiyada o’qishga o’rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi.
K.D.Ushinskiyning xizmati shundaki, u o’z vataniga, o’z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pedagogik faoliyatining asosiy g’oyasi va yo’nalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bog’liqdir. K.D.Ushinskiy pedagogikaning o’ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiya xalqchil bo’lishi lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt-saodatining asosiy sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotining mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqishda ham ko’p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko’rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O’qitish shakl va metodlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta’sirini yuqori baholadi. Ushinskiy o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi marta ishlab chiqdi. Ushinskiy boshqa xalqlarning ham pedagogikasi va xalq maktablari taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1895 yilda Ushinskiyning vafotiga 25 yil to’lishi munosabati bilan bo’lgan yig’ilishda, uning ishini davom ettiruvchilardan biri, Modzalevskiy aytib o’tganidek, «Xuddi Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka — bizning xalq kompozitorimiz bo’lganidek, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq edi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi.


Yüklə 124,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin